Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
549 subscribers
5.03K photos
407 videos
8 files
801 links
Download Telegram
#Toʻgarak_jarayoni #shaxmat
#Xiva_shahar_1_son_IMI

Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 6-sinf o'quvchilariga, jismoniy tarbiya fanidan Muxiddin Shixnazarov boshchiligida shaxmat sport turidan to'garak jarayonlari bo'lib o'tdi.

Bu sport turi qiziqarli bo'lishdan tashqari, bolalarning mantiqiy va tez fikrlash qobilyatlarini oshiradi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kitobxonlik
#Xiva_1_son_IMI

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida, 5-sinf o'quvchilariga maktabdagi kutubxona, uning faoliyati, kitoblar jamlanmasi haqida kutubxona xodimasi Jumaniyozova Ozoda boshchiligida suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.

📖 Xususan, o'quvchi yoshlarni kutubxonaga a'zo qilib, ular yoshiga mos kitoblarni taqdim qilib berdilar.

Bizni kuzatishda davom eting👇👇
🌐 Telegram 🌐 Instagram
🌐YouTube
#Sport
#To'garak_jarayoni
#Xiva_1_son_IMI

⚽️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida o'quvchilar yangi qurilgan sun'iy maydonchada to'garak mashg'ulotlarini olib borib, futbol o'ynashdi.

🎗 O'quvchilarimiz maktabimizdagi sharoitlardan samarali foydalanib, dam olishmoqda. Kelajakda bu islohotlar natija bermay qolmaydi degan, umiddamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
Shavkat Mirziyoyev har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini e’lon qildi. Bunda:

oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;

oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarning har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.

Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

Kambag‘al oilalar farzandlarini bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlarda sifatli ta’lim olishini tashkil qilish, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalarini muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar

Ko‘hna Xiva zamini yana bir nufuzli anjumanga
mezbonlik qiladi.

2024-yilning 12-13-sentabr kunlari Xiva shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ikkinchi parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tadi.

Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston parlamentlari palatalari rahbarlari, yoshlar parlamentlari, do‘stlik guruhlari vakillari va boshqa delegatsiya aʼzolari ishtirok etadi.

Forum tafsilotlarini Oliy Majlis Senatining Youtube platformasidagi sahifasi orqali kuzatib borishingiz mumkin!

🌐 Telegram | Facebook
#Natija
#Olimpiada
#Xiva_1_son_IMI

🏆 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 6-A sinf o'quvchisi Baxtiyorov Dastonbek Al-Xorazimiy xalqaro maktabi hamda Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati hamkorligida o'tkazilgan matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

📝 Bundan tashqari, uning tajribali, oliy toifali matematikachi ustozi Saidnazarova Dilfuza ham tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🎊 Ushbu yutuq bilan o'quvchimizni, ota-onasi, yaqinlari va albatta, ustozimiz Dilfuzani chin dildan tabriklab qolamiz. Kelajakdagi o'qishlariga omad tilab qolamiz.