Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
544 subscribers
4.38K photos
336 videos
8 files
685 links
Download Telegram
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

📑 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining matematika fani o'qituvchisi Yaxshimurotova Dilfuza boshchiligida 6-a sinfiga ochiq dars bo'lib o'tdi.


🧮 Ochiq darsning mavzusi "Loyiha ishi" bo'lib, o'quvchilar o'zlariga bo'lib berilgan mavzular asosida loyiha ishilarini namoyish qilib, mavzularini yoritib berishdi. Ustozimiz ko'rsatmalar berib, viktarinalar tashkil qildi. Ushbu metodika, o'quvchilar uchun nafaqat mavzularni mustahkamlash, balki omma oldida o'z fikrini erkin bayon qilish, creativlik, pedagogika kabi sohalarni o'rganishiga asos bo'la oladi!
📢10-may, juma kuni AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar:

Brifing

⚫️Mavzu: Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli
⚫️Vaqti: 16:00
⚫️Ishtirok etadi: Jo‘rabek Jangirov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Musobaqa
#Xiva_1_son_IMI

🖼 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida 9-may "Xotira va qadirlash" kuni munosabati bilan "Jasorat - millat g'ururi va iftixori" deb nomlanuvchi rassomchilik musobaqasi uyushtirildi.

🏆 Musobaqa natijalariga ko'ra:
Bahramov Javharbek - 5 b
Baxtiyorova Maftuna - 6 b
Rajabboyev Fahriddin - 7 b
Baxtiyorov Boburbek - 6 b
Maratova Shaxrizoda - 6 a
Sadullayeva Mushtariybonu - 6 b
Komilov Shohjahonlar - 5 a - "Eng yaxshi rassom" deb topildi.

🎗"Eng yaxshi ixtirochi" nominatsiyasi bilan 5- b sinf o'quvchilari Baltabayev Mehriddin va Raximov Husanboylar taqdirlandi.
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
10-may - O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom tavallud topgan kun

G‘afur G‘ulom 1903-yil 10-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1963-yilda O‘zbekiston xalq shoiri bo‘lgan.
Adib “Dinamo”, “Yigit”, «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar», «Tirik qo‘shiqlar», “Ko‘kan”, “Sizga”, “Chashma”, «Yangi sheʼrlar», “Sheʼrlar”, «O‘zbek elining g‘ururi», «Sharaf qo‘lyozmasi», «Tanlangan asarlar» sheʼriy to‘plam va dostonlari, “Jo‘rabo‘za” hikoyalar to‘plami, «Muxbir sudi» pyesa hamda “Netay”, «Tirilgan murda», “Yodgor”, «Shum bola» kabi qissalar muallifidir.
Asarlari asosida spektakllar va kinofilmlar yaratilgan. “Otello”, «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan. U 1966-yil 10-iyulda Toshkentda vafot etgan.
Vafotidan so‘ng, 2000-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Agentlik_olimpiadasi
#Xorazm
#2_kun

🔘 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o'tkazilayotgan STEM fanlari olimpiadasi Agentlik bosqichida o'quvchilar Fizika, Biologiya va Kimyo fanlaridan laboratoriya topshiriqlarini bajardilar.

🌐 Telegram | Facebook