Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
537 subscribers
4.16K photos
306 videos
8 files
647 links
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda

Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan joriy qilingan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi.

❤️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkonini beradi.

🔁 English

#Prezident #grant #muhandislik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Uchrashuv
#Davra_suhbati
#Xiva_1_son_IMI

♻️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida "Jasorat - millat g'ururi va iftixori" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

🔰 Ushbu uchrashuvda Xiva tuman Mudofa ishlari safarbarlik bo'limi boshliği U.Komolov, Veteran jangchi faxriylar uyushmalar raisi M.Tangriyev, Veteran jangchi uyushmasi a'zosi D.Niyozov ishtirok etdi. Ular so'zga chiqib Afg'on urishidagi xotiralar, Vatanga sadoqat, hurmat va albatta, zamonamizning tinchligi undagi sharoitlar haqida aytib o'tdilar. Ushbu uchrashuv o'quvchilarimizga alohida ilhom bag'ishladi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jarayon
#Xiva_1_son_IMI

🇺🇿 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida ma'naviyat soati O'zbekiston Respublikasi madhiyasini jo'rovozlikda kuylash bilan boshlandi.

🌐 Telegram || 🌐 Instagram
#Ijod_namunalari
#Xiva_1_son_IMI

✏️ 7-a sinf o'quvchilari - Karimov Behruzbek va Xudaybergan Ilyos qalamiga mansub "Xotirot" she'ri

Polshaga hujum qilib,
Gitler boshladi urush
Xalq tilida nom oldi,
Ikkinchi jahon urush

* * * * *
Sababini izlasak,
Gitler xohlabdi shuni
Dunyoni qo'lga olib,
Hukmronlik qilishni

* * * * *
Yana qonli bu kunlar,
Qaqshatdi bu zamonni
Fashistlar g'azablanib,
Otdi har bir insonni

* * * * *
Din, millat saylamadi,
Yosh-u qari tanlamadi,
Xotin qiz-u yigitni
Dod-voyin tinglamadi

* * * * *
Amerika davlati,
Tayyorlabdi bir qurol
Qudratini ko'rsangiz,
Siz ham qolardingiz lol

* * * * *
Yaponning ikki shahri,
Portladi bu zamonda
Ular nomlanishardi,
Nagasaki, Xirosima

* * * * *
Xullas shu bombadan so'ng,
Tugadi bu qonli tush
Lek kimlardir nogiron,
Bo'lib qoldi shu zamon

* * * * *
Urush bu yomon holat,
Bo'lmagay u hech zamon
Osmonimiz musaffo,
Bo'lib tursin har zamon

* * * * *
Qalamimiz o'tkirmas,
Xato bo'lsa, kechiring
Yozdi bu she'rni bizmas,
Qurbonlari urushning
Forwarded from Alhamdulilloh.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

📑 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining matematika fani o'qituvchisi Yaxshimurotova Dilfuza boshchiligida 6-a sinfiga ochiq dars bo'lib o'tdi.


🧮 Ochiq darsning mavzusi "Loyiha ishi" bo'lib, o'quvchilar o'zlariga bo'lib berilgan mavzular asosida loyiha ishilarini namoyish qilib, mavzularini yoritib berishdi. Ustozimiz ko'rsatmalar berib, viktarinalar tashkil qildi. Ushbu metodika, o'quvchilar uchun nafaqat mavzularni mustahkamlash, balki omma oldida o'z fikrini erkin bayon qilish, creativlik, pedagogika kabi sohalarni o'rganishiga asos bo'la oladi!