Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
633 subscribers
6.52K photos
533 videos
8 files
1.1K links
Download Telegram
#Olimpiada
#Natija
#Xiva_1_son_IMI

🎯 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida olimpiada natijalari davom etadi!

🎗 TIFT universiteti, KHISO olimpiada maktabi va Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan olimpiadalar marafonida internatimiz o'quvchilari matematika va ingliz tili fanidan faol ishtirok etishdi. Xususan, ingliz tili bo'yicha:

1. Komilov Shohjahon - 100 ball (5-a)
2. Shomuratov Azizbek - 100 ball (5-b)
3. Ruzibayev Akmal - 100 ball (5-b)
4. O'ktamboyev Samandar - 100 ball (6-b)
5. Qo'ziboyeva Gulmira - 100 ball (8-a)
6. Reyimberganov Mirziyo - 90 ball (9-a) larni olib, maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

🏆 8-a sinf o'quvchisi Qo'ziboyeva Gulmira matematika fanidan ham qatnashgan bo'lib, 90 ballni qo'lga kiritdi va bu orqali Respublikada 🥇-o'rinni egallab, maxsus kitob sohibasi bo'ldi.

6- b sinf o'quvchisi O'ktamboyev Samandar esa, ingliz tilidan ko'rsatgan natijasi bilan Respublikada 🥉- o'rinni egalladi. 🥳🥳🥳🥳🥳
Prezident Shavkat Mirziyoyev Gʻalaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda

Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan joriy qilingan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi.

❤️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkonini beradi.

🔁 English

#Prezident #grant #muhandislik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Uchrashuv
#Davra_suhbati
#Xiva_1_son_IMI

♻️ Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida "Jasorat - millat g'ururi va iftixori" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

🔰 Ushbu uchrashuvda Xiva tuman Mudofa ishlari safarbarlik bo'limi boshliği U.Komolov, Veteran jangchi faxriylar uyushmalar raisi M.Tangriyev, Veteran jangchi uyushmasi a'zosi D.Niyozov ishtirok etdi. Ular so'zga chiqib Afg'on urishidagi xotiralar, Vatanga sadoqat, hurmat va albatta, zamonamizning tinchligi undagi sharoitlar haqida aytib o'tdilar. Ushbu uchrashuv o'quvchilarimizga alohida ilhom bag'ishladi!