Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
546 subscribers
4.53K photos
352 videos
8 files
707 links
Download Telegram
#Kitobxonlik

Agentlik maktablarida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish hamda kitob mutolaasiga qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida turli tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Jumladan:

📚Xonqa tuman IMda o‘tkazilgan kitob marafoni "Urganch kitob markazi" MChJ bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Kitob savdosida jami 157 dona 1mln.575 ming so‘mlik kitoblar sotib olinib, shundan 74 dona 1mln.380 ming so‘mlik kitoblar maktab kutubxonasiga hadya qilindi.

📚 Urganch shahar 1-son IMIda "Bir farzandga uch kitob" aksiyasi doirasida kitob yarmarkasi bo'lib o'tdi.

📚 Xiva shahar 1-son IMIning 11-sinf o'quvchilari Urganch shahridagi "Kitob bilim - xazina" xususiy muassasiga sayohat qilishdi.

📚 Yangiariq tuman IMda "Bir haftada bir kitob" shiori ostida jahon adabiyoti durdonalariga bag‘ishlagan davra suhbati 10-sinflar o'rtasida bo'lib o'tdi. O'quvchilar Rashod Nuri Guntekinning "Choliqushi" asari yuzasidan o'zaro fikr almashdilar, savol-javob qildilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Ekskursiya
#Xiva_1_son_IMI

🏦 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ixtisoslashtirilgan maktablar to'grisidagi farmonining 106 qismiga ko'ra, Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 10-sinf o'quvchilari maktab maslahatchisi Erkinova Ullijon va sinf rahbari Qodamov Surojbek boshchiligida Xiva shahar Xiva bank xizmatlari markazi "Xalq banki" AT iga tashrif buyurishdi.

⚡️ Ushbu tashrif davomida "Chakana bo'lim" xodimasi Saidova Saida bank va uning faoliyatini tanishtirib bordi. Xususan, o'quvchilar jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatuvchi bo'limlar, bank kassasi va uni yuritish, plastik kartochka va bankomat xizmatlari haqida ma'lumotlar olib, bankirlik kasbi va bank xizmati haqida o'zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
#Mantiqiy_matematika
#Xiva_1_son_IMI

🧮 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida navbatdagi "Mantiqiy matematika" bellashuvi 5-b sinf o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tdi. Unga matematika fani o'qituvchilari Abdullayeva Qamarjon va Saidnazarova Dilfuza ustozlar boshchilik qilishdi.

🎗 Tadbirda o'quvchilar
Algoritm va Al-Xorazimiy deb nomlanuvchi 2 ta guruhga bo'linishdi. Va quyidagi shartlar asosida bellashishdi:
1. Tanishtiruv
2. Kubik yig'ish
3. Shaxmat
4. Misol yechish
5. Matematik so'z tuzish

Tadbir jarayoni qiziqarli va bahsli jarayonlarga boy bo'ldi va oxirida Algoritm jamoasi g'alabalikni qo'lga kiritdi.

🏆🏆🏆🏆🏆