Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
601 subscribers
6.22K photos
511 videos
8 files
1.04K links
Download Telegram
#Ochiq_dars
#Xiva_1_son_IMI

📔 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida rus tili fani o'qituvchisi G'ulomjonova Munira boshchiligida 6-a sinfiga ochiq darsi bo'lib o'tdi.

💫 Darning mavzusi "Магия чисел" (Raqamlar sehri) bo'lib, o'quvchilar sonlarga oid turli xil moslashtirish, xato topish kabi uddaburonlik talab etiladigan o'yin va viktarinalarda 3 ta guruhga bo'lingan holda, qatnashishdi. Dars davomida " Aqliy hujum" metodi asosiy ustuvorlik kasb etdi. Umumiy jihatdan, dars qiziqarli qilib tashkil qilindi.
Xorazm viloyatida ham 🌓 Fizika va 🏛 tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

📆 2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 1-smenada o‘tkazildi.

💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritildi.

Test sinovlarida 493 nafar talabgorlardan 487 nafari ishtirok etishdi.

🕰 Talabgorlarga test topshiriqlarini ishlash uchun (javoblar varaqalarini to'ldirish bilan birga) (Fizika 2 soat 30 daqiqa; Tarix 1 soat 30 daqiqa) vaqt ajratildi.

✍️ @BBAXorazm
#Loyiha_ishi
#Xiva_1_son_IMI

📑 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 6-b sinf o'quvchilariga ingliz tili fanidan loyiha ishi bo'lib o'tdi. Loyiha ishiga ingliz tili fani o'qituvchisi Komiljanova Shaxrizoda boshchilik qildi.

🏢 Loyiha ishining mavzusi "Writing a leaflet" bo'lib, o'quvchilar o'zlari tahsil olayotgan maktab va uning hayoti haqida yasagan ijodiy ishlarini namoyish qilib, gapirib berishdi.
#harbiy_vatanparvarlik

Har bir inson ona Vatanni ko'z qorachig'iday asrashga intiladi. Vaqti kelganida harbiy xizmatni o'tab o'z burchini ham bajarishi lozim. Yoshlarimizni harbiy mashg'ulotlar, ularning o'tkazilish jarayonlari doim qiziqtirib kelgan.

⚡️Ogahiy nomidagi ijod maktabi
⚡️
Xiva shahar 1-son IMI
⚡️
Xiva shahri 2-son IM larning 11-sinf o'g'il bolalari Yangiariq dala-oʻquv poligonida dala-oʻquv yigʻini hamda oʻq otish bo'yicha bir kunlik amaliy mashgʻulotlarida ishtirok etdilar.

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rejasiga ko'ra tashkil qilingan ushbu yig'inlarda o'quchilar qurol-aslahalar va harbiy texnikalardan BTR-80, ZENIT artilleriya jangovar mashinasi, minamyot, havo hujumiga qarshi oʻqotar qurollar, granatamyot, pulemyotlardan foydalanish, tibbiy bilim asoslari va jangovar harakatlar haqida, AK-74 qurolidan oʻq otish mashgʻulotlarida amaliy ko'nikmalar hosil qildilar.

Mashg'ulotlar yigitlarda harbiy sohaga bo'lgan qiziqishni yana bir pog'onaga ko'tardi.

🌐 Telegram | Facebook