Khamidulla Inoyatov
654 subscribers
41 photos
3 videos
26 links
I am half and half. Half muggle and half magic coder. Speaking in Python language. Coffee, coding, no-smoking and sleeping.

Micro blog: @khamidulla_inoyatov_microblog
On YouTube: https://m.youtube.com/channel/UClxV0oe3u2gUzlybE2wTN_Q
Download Telegram
Live stream scheduled for
Ex Supper Dispatch, ex NovaLab and EPAM. Bollar biz yutdik. 🎉🎉🎉
Forwarded from Nuruddin Blogs
Assalomu alaykum bu xafta Amsterdam da Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika, O’rta Osiyo mintaqalari uchun bo’lib o’tayotgan I/O Connect tadbirida qatnashayapmiz.

Tadbirda 80dan ortiq mamlakatlardan 500+ GDG, GDSC, WTM hamda GDE vakillari, tashkilotchilari qatnashyapti. Bu yil O’zbekistondan O’rta Osiyodagi eng katta delegatsiya qatnashishi kk edi, afsuski 14 odamdan faqat 2kishigina viza ololdi holos.

Tadbirda shu mintaqadagi eng aktiv, va munosib tashkilotchilarni taqdirlashdi. U yerda O’zbekistondan 4ta yo’nalish bo’yicha g’oliblikka nominatsiya qilingan bo’lsa, 2 yo’nalishda men va Maftuna Soliyevani g’olib deb topishdi.

Bu yerda faqat 2 kishi nomi yozilgan bo’lsada, aslida bu yutuq butun jamoaniki. GDG Tashkent 2015-yildan beri bir nechta meetup, konferensiya va ma’ruzalar orqali juda ko’pchilikka yordam berganiga ishonaman.
Bu yutuqlar ortida bir necha yillik mehnat yotibdi.

Shuningdek, bizni shuncha yildan beri beminnat qo’llab kelayotgan oila a’zolarimiz, do’stlarimiz, ustozlarimiz va barcha homiy hamda qo’llab quvvatlovchi tashkilotlarimizga rahmat aytmoqchiman.

Biz GDG Tashkent ni O’zbekistondagi talantlarni dunyo darajasiga olib chiqish va dunyodagi yangi va oldi texnologiya va bilimlarni O’zbekistonda targ’ib qilish maqsadida boshlaganmiz. Shu maqsad yo’lida birlashmoqchi tashkilot va homiylarni kelajakda hamkorlikka chorlab qolaman.

Bollar biz yutdik!

@nuruddinblogs
👍242🌭21🔥1😁1
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Unumdorlikni oshirish uchun 11 hack.

Salom! Bugun men siz bilan “Dasturchi sifatida unumdorlikni keyingi darajaga olib chiqadigan 11 ta dasturlashga oid hack” bilan tanishtirmoqchiman. Ha, bu postdagi ba'zi hack'larni oldin ham aytgan bo’lishim mumkin. Lekin, mana bugun vaqti kelib bitta blog post qilib yozishga qaror qildim. Bu maslahatlar ko'p yillik tajribamga asoslangan bo’lib, mening unumdorligimni va ish jarayonini osonlashtirishga, qolaversa samarali dasturchi bo’lishimga yordam bergan.

Maqolani davomini o’qish.

@khamidulla_inoyatov
👍828🔥3🤩1
Xozirda yozgi tatil bo’lgani uchun Europe boyicha oila a’zolarim bilan aylanib yuribmiz. Shunga IT ga emas balkim meni sayoxatlarim xaqida xam o’qimoqchi bo’lsangiz @khamidulla_inoyatov_microblog kanaliga yozilib qoying. Bugun biz Paris, France 🇫🇷 dan Genve, Switzerland 🇨🇭 tomon yo’lga chiqdik.
👍16🔥1
Biz qanday esdan chiqaramiz yohud eng muxim ko’nikma.

TLDR: Bu maqolada Amsterdamdagi kitob do’koni, eslab qolishish ko’nikmasi va uning muximligi haqida so’z yuritiladi. Barchaga ham tavsiya qilmayman. Juda uzun va qiziqarsiz bo’lishi mumkin siz uchun.
Agar yo’q men baribir o’qiyman desangiz unda xavola orqali maqolani o’qing.

@khamidulla_inoyatov
🔥13👍103
Bugun, 2 Aprel, Xalqaro autizm haqida axborot tarqatish kuni. Mening autizm sindromli farzandim bor. U bilan o’tkazgan har bir kunim menga yangi qiyinchiliklar va shu bilan bir qatorda yangi g’alabalar (new challenges and triumphs) olib keladi; har bir yangi kun menga sabr-toqat, hamdardlik va farzandga bo’lgan cheksiz muhabbatning haqiqiy ma’nosini o’rgatadi. Farzandimning autizm sindromi - bu mening bu dunyoni tushunishim va uni boricha qabul qilishim borasida ko’zlarimni ochdi. Bu yerda har bir kichik o’zgarish juda muhim! Ta’lim va himoya orqali, men autizm haqida xabardorlikni oshirishga va autizm spektridagi barcha uchun inklyuzivlikni targ’ib qilishga intilaman. Keling, autizm bilan aloqador barchaga mehr ko’rsatib, ularni qo’llab-quvvatlab, bu spektr haqidagi to’g’ri ma’lumotni birga tarqataylik. Farzandlarimiz va kelajak avlodlarimiz uchun yanada inklyuziv va ularni boricha qabul qiladigan jamiyat qurishda davom etaylik. #autizm #autizmawareness

@khamidulla_inoyatov
80😢8👍5🔥5❤‍🔥2🥰1
Yana bitta g’alaba. 🎉 Shunaqa narsalarni eshitsam o’zimga offer kelganidan xam ko’proq xursand bo’laman.

Bolla biz yuttik. 🎉🎉🎉

@khamidulla_inoyatov

P.S: Javohirni o’zlarini kanallarida to’liqroq o’qing.
👍45🔥15❤‍🔥2