Qashqadaryo yuridik texnikumi
1.09K subscribers
11.2K photos
810 videos
101 files
4.66K links
🏛 Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining rasmiy kanali

🗺 Manzil: Qarshi shahri, I.Karimov ko'chasi, 52-uy

Murojaat uchun:
📥 @yuridik_texnikum_bot
☎️+998906176655
+998993791922
+998907204565
Download Telegram
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#LIVE

Navbatdagi manzil G'uzor tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida  boʻldi. Adliya vaziri ushbu mahalla fuqarolar yig'inida "mahalla yettiligi" ning amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi.

Uchrashuvda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Shuningdek, vazir “Adliya mahalla” va “Onlayn mahalla” platformalari bilan ishlash bo‘yicha faoliyat bilan tanishib, ishlarni to'g'ri tashkil etish, xato-kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik hamda belgilangan talablarga qat'iy amal qilish bo'yicha o'zining ko‘rsatmalarini berdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda 1208 ta huquqiy muammo aniqlanib, 741 tasi qanoatlantirilgan.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
#Adliya_xabari

#adliya_xabari

Adliya vaziri A.Tashkulov xizmat safari davomida viloyat markazdan olisdagi Dehqonobod  tumanining  “Zavqiy” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.


Uchrashuvda “Online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar, mavjud muammolarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, bugunning dolzarb masalalaridan biri - aholi tomonidan noqonuniy egallab olingan yerlarni hujjatlashtirish borasida yer-kadastr bo'limi xodimlari bilan alohida suhbatlashildi.

Uchrashuv davomida Adliya vaziri aholiga qonunning mazmun-mohiyatini xalqchil tilda tushuntirish hamda adolatli va samarali ijro etilishi yuzasidan fikr yuritdi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi