Kartografiya_Press
225 subscribers
1.81K photos
231 videos
5 files
939 links
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligining Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi bosh mutaxassisi Yusupjanovna Amina Mexraliyevna ham taqdirlandi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2018-yilda ta’sis etilgan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni mukofot jamiyat va davlat hayotida faollik, tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilalarning mustahkamlanishiga, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishda ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga berib kelinmoqda.

💠 Joriy yilning 5-mart kunida Davlat boshqaruvi akademiyasida bo'lib o'tgan navbatdagi taqdirlov marosimida 900 ga yaqin nomzodlar orasidan tanlab olingan 🌟Kadastr agentligining Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi bosh mutaxassisi Yusupjanovna Amina Mexraliyevna ham taqdirlandi.

🌟Kadastr agentligi jamoasi Amina Mexraliyevnani navbatdagi yutug'i bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi. 💐

#Kadastr_agentligi #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💬Bugun butun dunyoda 8-mart ayollarimizni, opa-singillarimizni eʼzozlash, xursand qilish kuni nishonlanmoqda.💐

🌟Kadastr agentligi tizimida bugungi kunda 1 200 dan ortiq ayollar faoliyat yuritib kelmoqda va ularni har birining sohamizda o‘z o‘rni bor.

💠 Respublikamizdagi barcha opa-singillarimizni, shu qatori, Kadastr tizimida mehnat qilayotgan, sohani rivojlantirishdek sharafli ishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimalarimizni nafosat bayrami bilan jamoamiz nomidan tabriklaymiz.

💐 Istaymizki, mana shunday quvonchli kunlaringiz ko‘p bo‘lsin!

💐Barchangizga bugungi bahor va nafosat, go‘zallik bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin.💐

#Kadastr_agentligi #bayram

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastr agentligi xodimlari 🇰🇷Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi Yer va fazoviy ma’lumotlarni axborotlashtirish (LX) korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirmoqda.

💬 Malaka oshirish davomida 🇰🇷Koreya manzillar reestri tizimi, Koreya yer siyosati va kadastr tizimi, Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati bilan tanishiladi, Geofazoviy axborot akademiyasi faoliyati o‘rganiladi.

➡️Batafsil: UZA.uz maqolasida

#Kadastr_agentligi #xalqaro

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kunlarning ulug'i Iyd al-adha - Qurbon hayiti bayrami muborak bo'lsin!💐

🌟Kadastr agentligi jamoasi

#Kadastr_agentligi #qurbon_hayiti

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

➡️27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

📰 Axborotdagi tezkorlik, tahlillardagi xolislik, chuqur mushohada bularning barchasida soʻz yuki, masʼuliyati mujassam. Bugun mana shu fazilatlarni o‘zining hayotiy va kasbiy aqidasiga aylantirgan soha vakillari Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan barcha ijod ahlini samimiy muborakbod etamiz.💐

📝 Oʻtkir qalami va qudratli soʻzi bilan matbuotimiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan, xalqimiz dardu tashvishlarini xolisona yoritishni oʻzlarining sharafli va muqaddas burchi, deb bilgan soha vakillarining mehnatini har qancha eʼtirof etsak arziydi.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi yana bir bor qutlugʻ va sharafli kasb egalarini bayram bilan samimiy tabriklab barchangizga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilaydi.

#Kadastr_agentligi #Bayram_tabrigi #27_iyun

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢Bugun 2-iyul 🅰 O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi.

📄“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

🅰 O'zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O'zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g'o'zа shoxlаri vа bаrglаri, tog'lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O'zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog'ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.

#Kadastr_agentligi #davlat_ramzi #gerb

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM