TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ “Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali Toshkent shahar, Yashnobod tumanida qurilgan ko‘p qavatli xonadonlardan uy sotib olgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirolmayotgani haqida efirga uzatilgan lavha yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Yashnobod tumani, “Shirinobod” mahallasi hududida qurilgan Baku ko‘chasi, 83/1, 83/2, 83/3 va 83/4-sonli ko‘p qavatli turar joy binolariga kadastr xizmati tomonidan 12.03.2024-yilda kadastr pasportlari shakllantirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ushbu ko‘p qavatli turar joy binolari tegishli qurilish tashkilotlari tomonidan foydalanishga ruxsat berilmaganligi (foydalanishga qabul qilinmaganligi) munosabati bilan davlat ro‘yxatidan o‘tmagan.

◻️ Murojaatda qayd etilgan “fuqarolarga kadastr hujjatlari taqdim etilmayotganligi” vajlari, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolarining mulkdori bo‘lgan "S.L.B." MCHJ tomonidan mazkur turar joy binolaridagi xonadonlarni o‘rnatilgan tartibda notarial idora orqali tegishli shartnomalar (oldi-sotdi va h.k.) rasmiylashtirib berilmayotganligini anglatishi, mulkdor "S.L.B." MCHJga yuqorida qayd etilgan ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli qurilish tashkilotlari tomonidan qurilishi tugallangan binolardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilib, notarial shartnomalar rasmiylashtirilganidan so‘ng sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarni vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi-sotdi va h.k.) bilan murojaat etishgandan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kadastr hujjatlari shakllantirilishi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ “Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali Toshkent shahar, Olmazor tumanida qurilgan ko‘p qavatli xonadonlar bilan bog‘liq “Kadastr ham yo‘q, uy ham yo‘q” sarlavhasi ostida efirga uzatilgan lavha yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni talablariga muvofiq Toshkent shahar hokimi tomonidan qabul qilingan 2019-yil 11-martdagi qarorga asosan Olmazor tumani, Sag‘bon va Nurafshon ko‘chalari kesishuvida joylashgan yer maydoni “M.M.B.” MCHJ nomiga zaxiralangan.

◻️ Bugungi kun holatiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to’g‘risida”gi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Maʼmuriy reglamenti talablariga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazi orqali Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasiga Olmazor tumani, Sag‘bon va Nurafshon ko‘chalari kesishuvida joylashgan ko‘p qavatli binoga kadastr hujjatlari shakllantirish yuzasidan tegishli ariza taqdim etilmaganligi sababli kadastr hujjatlari shakllantirilmagan hamda bino davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube