TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN UY VA IMORATLAR AYOVSIZ BUZILADI

- Hujjati yo‘q uylarga kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin ayrim “uddaburonlar” tezkorlik bilan imorat qurib olib, “bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam hujjatlashtirib olaman” deb o‘ylashi natijasida hududlarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish qilayotganlar ham uchramoqda.

🏢 Bu haqida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev ma’lum qildi.

👉 Uyim buzilmasin desangiz ushbu maqolani albatta o‘qing!!! 👈

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchilikda Ma’muriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio #arxiv
RADIODA “NAMUNALI ARXIV” LOYIHASI YORITILDI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani filiali arxiv ishi muhandisi H.Zayniddinova 📻 “O‘zbekiston” radiokanaliga intervyu berdi.

🎙 Mutaxassis “Jarayon” eshitirishi orqali Toshkent shahridagi “Namunali arxiv” loyihasi va arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

💻 Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri — manzillar, ularning geokodlari, o‘zgarish tarixi va hozirgi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot tizimi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilishingiz muhim

Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi:

🔹 ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda;
🔹 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda, obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
🔹 ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
🔹 nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
🔹 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🌟 Kadastr agentligiga 2024-yil 1-may holatiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida.

‼️ Kadastr agentligiga:

🖥 [email protected] elektron pochtasi orqali;
💻 kadastr.uz rasmiy veb-sayti orqali;
📞1097 ishonch telefoni orqali;
🌟 Kadastr agentligi binosi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “M” mavzesi, 6-“v” uy manziliga kelib murojaat qoldirishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #karyera_kuni
BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

🔷 O‘quv yili yakunlanib borar ekan, bitiruvchi talabalarni asosan - o‘qishni bitirib qayerda ishlasam bo‘larkin? - degan savol qiynaydi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘z talabalariga bu savolga tezroq yechim topishlariga imkon berdi. Bugun bu yerda "Karyera kuni" tashkil etildi.

🔷 Bir necha tashkilotlar qatori Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari masʼullari ham sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

🔷 Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar boshqarma hamda hududiy bo‘limlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ularga qo‘yiladigan talablar va ishga qabul jarayonlari haqida ham kerakli tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda
OAV BIZ HAQIMIZDA

- “Aksiya" chiqsa, uyimga hujjat qilib olaman” deb yerni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish qilayotganlar xato o‘ylashadi. Ulardan o‘zboshimchalik bilan boshlangan qurilishni to‘xtatishni va yerni asl holatiga qaytarishlarini so‘raymiz”.

🏢 Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayevning “Daryo” hamda Darakchi uz internet nashrlarida e’lon qilingan maqolasida aytib o‘tildi.

💻 Shuningdek, yuqoridagi murojaat turli ommabop telegram kanallarda ham keng yoritildi.

👉 “Daryo”ning rasmiy kanalida;
👉 Darakchi uz saytining rasmiy telegram kanalida;
👉 O‘zbekiston 24 telegram kanalida;
👉 Uzbekistanofficial telegram kanalida;
👉 Dunyo TV telegram kanalida;
👉 Toshkentliklar_24 telegram kanalida;
👉 Uzbek video channel telegram kanalida;
👉 Jahon xabarlari telegram kanalida;
👉 Qoraxabar - Tezkor xabarlar telegram kanalida;
👉 Militsiya Uzb telegram kanalida;
👉 Hokim buva telegram kanalida.
16:00:00-17:00:00
RADIO 24
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda #radio
"DOLZARB 40 KUNLIK" DOIRASIDA TOSHKENT SHAHRIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Ma’muriy amaliyot sho‘basi bosh mutaxassisi A.Ahmedov 🇺🇿"O‘zbekiston 24" radiokanaliga intervyu berdi.

🎙Mutaxassis intervyu davomida "Dolzarb 40 kunlik" doirasida poytaxt hududida amalga oshirilayotgan yer nazorati tadbirlariga to‘xtalib, yurtdoshlarimizdan yerga oid qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlarini, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab, huquqbuzarlik holatlariga yoʻl qoʻymasliklarini soʻradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #yer_nazorati
KADASTR SOHASI – QONUN USTUVOR SOHA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida ham “Dolzarb 40 kunlik” doirasida Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonunbuzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish uchun doimiy Ishchi guruhlari tuzilib, o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Shayxontohur tumani boʻlimi masʼul xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida Yangi Kamolon MFY hududida bir necha fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan 250 kv.m. yer maydonida noqonuniy avtoturargohlar qurilganligini aniqladi.

📝 Qonunchilikda yer qonunbuzilish holatlari bo'yicha ma'muriy va jinoiy javobgarlik mavjudligi tushuntirilganda fuqarolar tomonidan o'z xohishi bilan ushbu yer maydonlarining o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Haftalik murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2024 yil  29-aprel - 3 may kunlari  jami  1 655 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida videoinfografika orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

🔷 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

‼️ Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

Yangi qurilayotgan ko'p qavatli uylarga kadastr berilishi kechikishishiga sabab nima?


💠 Bugungi kunda yurtimizda yangi ko'p qavatli turarjoy binolari ko'paygan sari uy hujjatlarini qo'lga kiritishda bir qancha muammolar kuzatilmoqda.

🧊 Fuqarolarning yangi sotib olgan uylariga joylasha olmayotganliklariga kadastr hujjatini berishmayotganligini sabab qilgan holdagi noroziliklari ham uchramoqda.

Xo'sh, bu kabi muammolarga "kadastr" aybdormi?

▶️ Batafsil Zo'r TV telekanalida efirga uzatilgan "O'zimizda" tok-shousi orqali javob topishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #yer_nazorati
TOSHKENT SHAHRIDA YER NAZORATI TADBIRLARI KUCHAYTIRILGAN TARTIBDA OLIB BORILMOQDA

🏢 Bugungi kunda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ham yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

🔷 Boshqarmaning Olmazor tumani bo‘limi inspektorlari Yangi Sebzor MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 75 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladilar.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

📝 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytarildi.