TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.38K photos
1.19K videos
6 files
5.74K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (31 minutes)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulk bozori sarhisobi

🇺🇿 Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari mart oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorini sarhisob qildi.


📉 Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha 17,8 mingta shartnoma tuzildi, bu fevral oyiga nisbatan 20%ga kam.

📊 Mart oyida poytaxtning uy-joy ijara bozorida xaridorlarning faolligi 2,2%ga kamaydi va 1 kv.m. uchun 8,6 dollarni tashkil etdi.

📈 Narxlarning eng ko‘p pasayishi qayd etilgan tumanlar Yashnobod 10,3%, Mirobod 10,9% va Yakkasaroy 13,3% bo‘ldi.

📉Mart oyida ikkilamchi uy-joy bozori fevral oyidagi 0,8%ga nisbatan 0,5%ga o‘sdi. Yillik shartlarda ikkilamchi bozor narxlar 14,1%ga oshdi.

🇺🇿 Poytaxtda ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi ham sekinlashdi.

◼️ Umuman olganda, yil davomida poytaxtdagi ikkilamchi uy-joy bozori 14,3%ga o‘sdi.

#DavKadastrPalata  #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

👉 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi — bitimlarda, qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan yoki vakolatli organ tomonidan belgilanadigan, ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar, shuningdek ko‘chmas mulkning mulkdori bo‘lmagan shaxslarning (garovga oluvchilarning, ijarachilarning, kreditorlarning va boshqalarning) ushbu ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulkiy huquqlari.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joriy yilning 18-aprel sanasida 🌟Kadastr agentligi mas’ullari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yer boshqaruvi boʻyicha ishchi guruhi (WPLA) tomonidan tashkil etilgan “Yer boshqaruvidagi ekotizimlar va xavfsizlik masalalari” boʻyicha vebinarda ishtirok etdi.

➡️ Kun tartibidan Myunxen texnika universiteti professorlarining “Niderlandiya Kadastr tizimida ekotizimlar” mavzusi, 🇦🇲Armaniston Kadastr qo’mitasining “Milliy geoportalning yer boshqaruvidagi o’rni” borasidagi taqdimoti, 🇫🇮Finlyandiyaning Yer tuzish milliy agentligi tomonidan “Yer boshqaruvi xizmatlarining turli ekotizimlarda tutgan o’rni” masalalarida o’zaro tajriba almashinildi.

❗️Ma’lumot o’rnida: Mazkur platforma dunyodagi milliy yer boshqaruviga mas’ul yer agentliklarining sohani raqamlashtirishi jarayonida yuzaga kelayotga global megatrendlar borasida turli hukumatlarning yondashuvlarini hamda texnik, tashkiliy va huquqiy yechimlarni bo’lishish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni tartibga solish va global xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil qilingan.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Yashnobod #noqonuniy_qurilma
NOQONUNIY QURILMALAR BARTARAF ETILMOQDA

🔷 Poytaxtimizning Yashnobod tumanida ham tartibsiz, yagona uslubsiz va ko‘p hollarda tegishli shahar xizmatlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz qurilgan binolarni demontaj qilish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Hurmatli poytaxtimiz fuqarolari va tadbirkorlari!

⚠️ Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli asabbuzarlik, ovoragarchilik, ortiqcha xarajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asraysiz.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #matbuot_tadbiri #E_yer_nazorat #Uzkad
“RAQAMLASHAYOTGAN KADASTR” MAVZUSIDAGI MATBUOT TADBIRI

🔷 “22-aprel - Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida “Kadastr sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar: raqamlashayotgan kadastr” mavzusida matbuot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔷 Unda mas’ullar tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlariga kadastr sohasidagi raqamlashtirish jarayonlari, “E-yer nazorat” ATT hamda “Uzkad” dasturlarining afzalliklari, Toshkent shahridagi “Namunali arxiv” loyihasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔷 Tadbir yakunida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube