TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #sayyor_qabul #Yakkasaroy #Mirobod
SAYYOR QABULDA MUROJAATLAR HAL ETILDI

🔷 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlari aholisining kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.

🔷 Unda o‘ndan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

🔷 O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur
NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan poytaxt tumanlarida yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Shayxontohur tumani boʻlimi masʼul xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida Labzak MFY, Labzak koʻchasi 12-uydagi oʻzboshimchalik bilan egallangan 145 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

📝 Shundan soʻng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🏠🏢 Uy-joyni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazmaslik ko’plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo’lmasligi uchun ko’chmas mulkingizni o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazing.

🌟 Kadastr agentligi

#ijtimoiy_rolik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-martdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ayrim shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish uchun moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim hududlarga "ekomahalla", "ekoqishloq" va "ekoovul" maqomi beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yo'lga qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Vasiylikdagi shaxsning mol-mulki bilan bog'liq bitimlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishiladi.
👉 Batafsil

⚜️ 22 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Nogironlar uchun Uzbekistan.travel portalidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
👉 Batafsil

⚜️"Qizlar akademiyasi" platformasi ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Xorijiy tillar bo'yicha tanlovlar o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️Toshkentda tig‘iz vaqtlarda yuk mashinalar harakati taqiqlanadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿Bugun 2024-yil bahorining birinchi kuni.
Uyg‘onish, yangilanish, yosharish pallasi boshlandi.


🌱 Bahor atrofga go‘zallik, yashillik sepini yoyuvchi beqiyos fasl. Ushbu navbahor yurtimizga, shahrimizga qut-barakali kelsin, atrof fayzga burkansin!

🌷 Bahor ayyomingiz muborak aziz toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬🌎🌎🌎🌎


🌍 Yer hisobi va kadastr xizmatlarini yaxshilash choralari ko'rilmoqda.

▶️ Batafsil "O'zbekiston24" telekanalining "Qisqa satrda" informatsion dasturida.

#OAV_biz_haqimizda #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

👉 Manzil — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yig‘indisi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Yashnobod #noqonuniy_qurilma
NOQONUNIY ISH – KELTIRAR TASHVISH

🔷 Poytaxtimizning Yashnobod tumanida kommunal va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarning qulayligi va xavfsizligini oshirish, poytaxt hududini hamma uchun qulay muhitga aylantirish maqsadida tartibsiz, yagona uslubsiz va ko‘p hollarda tegishli shahar xizmatlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz qurilgan binolarni demontaj qilish ishlari faol ravishda davom ettirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #sayyor_qabul #Yakkasaroy #Mirobod
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏢 Xabaringiz bor, kuni kecha Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlari aholisining kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.

🔷 Mazkur tadbir bir necha OAV e’tiborini o‘ziga jalb qildi va ularda keng yoritildi:

👉 Ochun.uz internet nashrida
👉 Hurfikr.uz internet nashrida
👉 “Davrnews” internet nashrida
👉 Mirobod tumani hokimligi telegram kanalida.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli
‼️

😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda onlayn audio muloqotlar davom etadi!

▶️ Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

🌟 Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqotlar o‘tkaziladi.

Ushbu infografikada joriy yilning mart oyida rejalashtirilgan ochiq audio muloqotlar sanasi bilan tanishishingiz mumkin.

🏃‍♂️ Jonli efirlar rejaga muvofiq quyidagi hududiy boshqarmalarning rasmiy telegram platformasi orqali o‘tkaziladi:

▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Toshkent shahar

😮 Kadastrga oid savollaringiz bilan o'z hududingizning telegram kanali orqali o'tkaziladigan audiomuloqotda qatnashing va hududiy mutaxassislarimizga to'g'ridan-to'g'ri savolingizni berib, javob oling!

#DavKadastrPalata #audio_ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #noqonuniy_qurilma #Yashnobod
NOQONUNIY QURILMALAR BARTARAF ETILMOQDA

⬜️ Xabaringiz bor, Toshkent shahrida tartibsiz, yagona uslubsiz va koʻp hollarda tegishli shahar xizmatlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz qurilgan binolarni demontaj qilish ishlari davom etmoqda.

🔷 Hurmatli poytaxtimiz fuqarolari va tadbirkorlari!

👉 Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli asabbuzarlik, ovoragarchilik, ortiqcha xarajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asraysiz.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Poytaxt_adliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vakolatli idoralar tomonidan qonunbuzilish holatlariga yo’l qo’yilgan

👨🏻‍💻 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, 2023-yilda davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida bir qator qonunbuzilish holatlari ko’paygani ma’lum bo‘ldi.

👉 Jumladan, vakolatli idoralar tomonidan qurilish sohasiga oid 1168 ta hamda 2 725 ta kadastr sohasiga ta’luqli qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

✔️ Yuqoridagi holatlarning oldini olish maqsadida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi, Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi hamda barcha tuman tuzilmalari rahbarlari uchun o’quv seminar o’tkazildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
#Kadastr #e_lon #korrupsiyaga_qarshi_kurash
DIQQAT E’LON!

📝 Joriy yilning 5-mart kuni soat 10:00 da Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi majlislar zalida “Kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tadi.

🏢Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari faoliyatining ustuvor vazifalari, shuningdek, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot beriladi.

📲 Ushbu tadbirda ishtirok etmoqchi bo‘lgan mustaqil jurnalist va ommaviy axborot vositalari xodimlari (+99899) 007-23-55 telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

📌 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, KXAY koʻchasi, 9-uy.

📍Lokatsiya.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍Yer olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun ushbu video rolikni tomosha qiling.

❗️Yer sotishni vada qilayotgan firibgarlarga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.

#ijtimoiy_rolik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Olmazor
INSON MANFAATLARI - OLIY QADRIYAT!

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Kadastr - aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida fuqarolarning kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish bo‘yicha "Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Olmazor tumani filiali mutaxassislari “Allon”, “Universitet” hamda “Forobiy” mahallalarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlarning sohaga oid masalalari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube