TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.25K subscribers
9.44K photos
1.2K videos
6 files
5.79K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 🎤🎤🎤🎤

🌟 Kadastr agentligida "E-yer nazorat" AAT dasturining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🟢Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlarida Ommaviy axborot vositalari xodimlari va mustaqil blogerlar ishtirokida Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan yer va kadastr nazoratida shaffof mexanizmni shakillantirish maqsadida ishlab chiqilgan "E-yer nazorat" AAT dasturi taqdimoti bo'lib o'tdi.

🌟“E-YER NAZORAT” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasidan, Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.

▶️Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi PQ–138-son qaroriga asosan takomillashtirildi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan integratsiya qilingan Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” axborot tizimi o‘rtasida maʼlumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

“E-YER NAZORAT” AAT dasturi joriy qilinishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va huquqbuzarlikni bartaraf etishda muddatlar qisqarishi va hujjat almashishni samaradorligiga erishildi.

#kadastr_agentligi #taqdimot #e_yer_nazorat_aat

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ma’lumki, ayni paytda poytaxtimizda, jumladan, Shayxontohur tumanida, aholi farovonligini oshirish, kommunal va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llarning qulayligi va xavfsizligini oshirish bo‘yicha faol ishlar amalga oshirilmoqda.

◼️ Xususan, tuman hokimligi pokurotura, MIB, Kadastr agentligi, IIB xodimlari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tuman ko‘chalarida ayrim fuqarolarning o‘zboshimchaligi, o‘z manfaatini o‘ylagan holda belgilangan tartib va qoidalarga amal qilmasdan o‘rnatib olgan noqonuniy qurilmalar bo‘yicha aholidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

◼️ O‘rganish ishlari natijalariga ko‘ra, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish hamda buzilgan joylarni tartibga keltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Bektemir
BIZNING MANZILLAR: BEKTEMIR TUMANI FILIALI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Bektemir tumani filiali

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

📌 Manzil:
Toshkent shahri, Bektemir tumani Suvsoz dahasi 29-uy, 118-xonadon.

📍Lokatsiya:

☎️ Murojaat uchun telefon:
(+99871) 295-33-99.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Yashnobod #noqonuniy_qurilma
NOQONUNIY ISH – KELTIRAR TASHVISH

🔷 Xabaringiz bor, Toshkent shahrida yo‘llarning qulayligi va xavfsizligini oshirish, poytaxt hududini hamma uchun qulay muhitga aylantirish maqsadida tartibsiz, yagona uslubsiz va ko‘p hollarda tegishli shahar xizmatlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz qurilgan binolarni demontaj qilish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Kuni kecha Yashnobod tumanining Mashinasozlar MFY, Mirzo Ulug'bek ko‘chasi manzilida fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab olingan 70 kv.m. yer maydonidagi noqonuniy qurilma bartaraf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 🎤🎤🎤🎤

🌟 Kadastr agentligida "E-yer nazorat" AAT dasturining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🌟Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlarida Ommaviy axborot vositalari xodimlari va mustaqil blogerlar ishtirokida 🌟Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan yer va kadastr nazoratida shaffof mexanizmni shakillantirish maqsadida ishlab chiqilgan "E-yer nazorat" AAT dasturi taqdimoti "O'zbekiston 24" telekanalining informatsion dasturida.

#OAV_biz_haqimizda #kadastr_agentligi #taqdimot #e_yer_nazorat_aat

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

🏪Hisobot davri: 16-22-fevral, 2024-yil

📁 Jami kelib tushgan: 13 049 ta
       Shakllantirilgan: 4 278 ta

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul #Yangihayot
SAYYOR QABUL – AHOLI MANFAATLARI UCHUN

🔷 Bugun poytaxtimizning Yangihayot tumani, "Yangi gulzor" MFY binosida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi, Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi hamda bir qator mutasaddi tashkilot rahbar va masʼullari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi.

🔷 Unda 10 dan ziyod fuqaro va tadbirkorlarning qurilish, kadastr masalalari bilan bog‘liq savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

🔷 O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🔷 Bundan tashqari, yig‘ilganlarga qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida ham batafsil ma’lumot taqdim qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sayyor_qabul #Yakkasaroy #Mirobod
🔸 DIQQAT E’LON! 🔸

📣 Poytaxtimizning Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlari fuqarolari va tadbirkorlari!

🏢 Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yakkasaroy tumani filialida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida o‘tkaziladi.

🗓 Kuni: 2024-yil, 29-fevral, soat 10:00 dan.

👉 Manzil: Yakkasaroy tumani, Askiya ko‘chasi, 29-uy.

☎️ Qabulga yozilish uchun: (+99871) 231-68-51 (ichki raqam 212), (+99871) 254-86-86.

📍Lokatsiya

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #ochiq_muloqot
KADASTRCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

🏢 Kuni kecha Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari hamda mas’ul xodimlari “Toshkent” telekanalining jonli efirida ishtirok etishdi.

📺 Mutasaddilar “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berib, teletomoshabinlarning kadastrga oid savollariga javob qaytarishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tashqarida yog'ingarchilik. Kadastr xizmatlaridan uyda qolib ham foydalanishingiz mumkin!

💸Bugungi kunda yurtdoshlarimiz hujjat ishlarini deb sovuqda yurishlari shart emas. Elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali uydan chiqmagan holda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishlari mumkin.

◼️Masalan, davlat tashkilotlariga bormasdan “Turarjoy obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish” ga kirish va ariza berish mumkin.

◼️ Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga onlayn ariza topshirish va davlat reyestridan ko'chirmalar olish mumkin.

◼️ O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish imkoniyati mavjud.

◼️Fuqarolar masofadan turib bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazishlari mumkin.

◼️ Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqi, yer uchastkasi bo'yicha servitutni davlat ro'yxatidan o'tkazsa ham bo‘ladi.

◼️Fuqarolarimiz ortiqcha ovoragarchilik bilan joyiga borib o'tirmasdan, onlayn ravishda nomlarida shaxsiy turarjoy bor yoki yo'qligi haqida ma'lumotga ega bo'lishlari mumkin.

◼️Shu va boshqa kadastr xizmatlari haqida Uzdkp.uz rasmiy veb-sayti yoki my.gov.uz dan ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Yakkasaroy tumanidagi ayrim ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash taklif etilmoqda

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yakkasaroy tuman hokimligining tuman hududidagi ayrim ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi, “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yakkasaroy tumanidagi “Yakkasaroy”, “Muhandislar”, “Rakatboshi”, “Qushbegi”, “Dilbuloq” mahallalari hududida joylashgan 5 ta nomsiz ko‘chani nomlash va 1 ta nomi qonunchilik hujjatlari talablariga zid ko‘chani qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida bildirishni taklif etadi.
Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov shohko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: [email protected] elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi o‘z fikrini joriy yilning 26-fevral kunidan 11-mart kuniga qadar bildirishi mumkin.