TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.27K photos
1.15K videos
6 files
5.62K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 5-11-dekabr, 2023-yil

⚖️ Jami: 246 tа

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида пахта хомашёсини етиштириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари муҳокама қилинди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве состоялось обсуждение мер по дальнейшему совершенствованию системы заготовки хлопка-сырца.

#Mirziyoyev #yigilish #paxtachilik #yangitizim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Mirobod
KADASTR AHOLI MANFAATLARI YO‘LIDA

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida fuqarolarning kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Mirobod tumani filiali mutaxassislari “Bilimdon”, “Baynalminal” hamda “Oltinko‘l” mahallalarida bo‘lib, fuqarolarning sohaga oid masalalari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

Ijtimoiy tarmoqlarda bo'sh turgan yoki foydalanilmayotgan yerlarga kadastr qilish aksiyasi bo'layotganligi to'g'risida tarqalgan xabarlarga 📺«MY5» telekanalining "Markaziy studiya" ko'rsatuvida batafsil javob berildi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Qanday holatlar kadastr pasporti berishni rad etish uchun sabab bo‘lishi mumkin?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

👉 so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

👉 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

👉 ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

👉 vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

⬜️ Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #murojaatlar #infografika
MUROJAATLAR TAHLILI

📊 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 11 oyi davomida ko‘rib chiqilgan murojaatlar va ularning natijalari haqida ushbu infografikada tanishasiz.

🔷 Muhim eslatma: Agar Sizda kadastr sohasiga oid murojaat bo‘lsa, DKP Toshkent shahar boshqarmasining (+99871) 231-68-51 orqali 212 ichki raqamiga qoʻngʻiroq qilib, mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Milliy Yer hisobotini tuzish jarayonlari


🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 389-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari holati to‘g‘risida- har yili 1-yanvar holatiga Milliy hisobotini tuzish ishlari Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan bajarilishi belgilangan.

🌟Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan, bugungi kunda belgilangan grafikka ko'ra hududlarda 2024-yil 1-yanvar holatiga Yer hisobotini tuzish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish hamda Milliy yer hisobotini yakunlash ishlari amalga oshirilmoqda.

💠 Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi xodimlari tomonidan aynan bugungi kunda dolzarb bo‘lgan yer hisobotini to‘g‘ri, sifatli yuritish va o‘z muddatida yakunlash yuzasidan tizimli ishlar bajarilib kelinmoqda.

➡️ Bu haqida yana qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #milliy_yer_hisoboti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

🔷 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

‼️ Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #intervyu
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Chilonzor tumani filiali boshlig‘i Omonjon Nosirov Ochun.uz internet nashriga bergan intervyusida kadastr xizmatlaridan foydalanishda amalga oshiriladigan to‘lovlar, bu jarayonda aholi uchun belgilangan imtiyoz/chegirmalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

💻 Batafsil: Ochun.uz maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

🌟Kadastr agentligi tomonidan barcha eski tizimlardagi ko‘chmas mulklarga oid maʼlumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

💻 Shu kunlarda agentlik mutaxassislari tomonidan navbatdagi 500 mingta noturar joy obyektlariga oid 4 milliondan ortiq ma’lumotlar UZKAD tizimiga o‘tkazish (migratsiya) ishlari amalga oshirilmoqda. Ko‘chmas mulk, uning egalari, unga bo‘lgan huquqlar to‘g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash o‘ta ehtiyotkorlikni talab qiladi. Migratsiya jarayonida qo‘shimcha mantiqiy tekshiruv va solishtiruv jarayonlarini ham joriy qilinganligi sabab, migratsiya jarayonlari belgilangan muddatdan ko‘p muddat talab qilmoqda.

🟢Hozirgi kunda 300 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari migratsiya qilinib, ushbu ko‘chmas mulklar bo‘yicha notarius, yagona portal va davlat xizmatlari markazlari orqali 2 mingga yaqin arizalar qabul qilindi.
Rejadagi yana 200 mingta obyektlar hozir migratsiya jarayonida. Ushbu jarayon hisob kitoblarimizga ko‘ra 19-dekabr kuniga qadar davom etadi.

Migratsiya jarayonidan o‘tib bo‘lgan ko‘chmas mulklar bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.

O‘z navbatida keltirilgan noqulaylik uchun yurtimiz aholisidan yana bir bor uzr so‘raymiz.


📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur
O‘YLAMAY QILINGAN ISH – KELTIRAR TASHVISH

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan poytaxt tumanlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar qurilishini aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Shayxontohur tumani bo‘limi mas’ul xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida Labzak MFY, Anhor bo‘yi oldidagi o‘zboshimchalik bilan egallangan 30,0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

📝 Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥 Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

◼️So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

- familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
- pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari);
- ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
- yashash manzili;
- elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
- ma’lumotnomaning hudud kesimida yoki respublika bo‘yicha bo‘lishi;
- obyekt joylashgan manzil;
- ma’lumotnoma davri (joriy holat yoki oxirgi 10 yillik davr).

🫥 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa):

◼️Nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) va yashash manzili.

◼️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida.

◼️Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM