TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
IJRO INTIZOMI MUHIM VAZIFA

🔷 Ijro intizomi, ochiqlik va halollik davlat idoralari faoliyatini baholashda muhim mezonlardan hisoblanadi.

🔷 Bugun Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Chilonzor tumani filialida tashkil qilingan navbatdagi davra suhbatida ham ayni jihatlar kun tartibida bo‘ldi.

🔷 Unda o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosida talabchan bo‘lish, murojaatlarni vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, shu bilan birga ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir xodimning jamoa va fuqarolar oldidagi hurmatini oshirishi ta’kidlab o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tezkor_munosabat
TEZKOR MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan maqolada Olmazor tumanida joylashgan “Jomiy” qurilish mollari hududidagi umumfoydalanuvdagi yo‘lning qatnov qismi tadbirkor tomonidan noqonuniy tarzda egallab olingani bayon qilingan.

⬜️ Mazkur murojaat Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz.

⬜️ Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #intervyu
FILIAL BOSHLIG‘I UZA SAYTIGA INTERVYU BERDI

1️⃣ Kadastr pasporti qanday hujjat va u qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

2️⃣ Elektron ko‘rinishdagi kadastr pasportining qog‘oz shakldagi kadastr hujjatidan qanday afzal tomonlari bor?

3️⃣ Joriy yilning 10 oyida Shayxontohur tumani aholisiga qancha kadastr pasporti tayyorlab berildi?

4️⃣ Kadastr hujjatini olish uchun yuborilgan arizalar nima sababdan rad etilishi mumkin?

🎙UzA saytida e’lon qilingan suhbatda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Shayxontohur tumani filiali boshlig‘i To‘lagan Karimov yuqoridagi savollarga to‘liq javob berdi.

💻 Batafsil: UzA maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda 🇰🇷Koreyaning geografik axborot instituti rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidan:
🟣Idoralararo taqdimotlar;
🟣Koordinatalar tizimi yo‘nalishida pilot loyihalar;
🟣Ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashgan kartografik maxsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ijtimoiy ahamiyatga loyiha amalga oshirish;
🟣Agentlik xodimlarini Koreyada almashinuv dasturi asosida malakasini oshirish, geodeziya va kartografiya yo’nalishidagi ta’limni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish o’rin oldi.

💠 Uchrashuv yakuniga ko’ra tomonlar yuqoridagi yo’nalishlarda yaqindan amaliy hamkorlik va loyiha oldi tadqiqotlari qilishga kelishdilar.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #infografika
2 077 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maʼlumot.

🔰 Ushbu maʼlumotda 2023-yilning 15–22-noyabr oraligʻida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar soni bilan tumanlar kesimida tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📍Охирги 3 йилда UZKAD тизими орқали республиканинг 96% (43,1 млн гектар) ер майдонларининг электрон харитаси яратилди

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари иштирокида Неъматжон Атамуратов маълум қилди.

Шунингдек, 40,2 млн гектари давлат рўйхатидан ўтказилди.

Жумладан, 24,4 млн гектар қишлоқ хўжалиги ерлари, 11,1 млн гектар ўрмон фонди ерлари, 3,1 млн гектар табиатни муҳофаза қилиш ерлари, 125 минг гектар саноат ерлари ва 2,7 млн гектар захира ерлари ҳисобга олинди.

Бугунги кунга қадар республикада мавжуд 827 минг гектар сув фонди ерларидан 318,3 минг гектари ҳамда 172,1 минг гектар ички автомобиль йўлларидан 5,1 минг гектари давлат рўйхатидан ўтказилган.

Қолган 509 минг гектар сув фонди ва 167 минг гектар ички автомобиль йўлларнинг ер ажратиш қарорлари ва чегаралари белгиланмаганлиги сабабли, ушбу ерлар ҳисобга олинмасдан қолмоқда.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy web-sayti ishga tushirildi


🌐 Endilikda bizni uzdkp.uz rasmiy web-sayti orqali ham  kuzatishingiz mumkin. Bunda Siz tizimga oid xabar va yangiliklardan birinchilardan voqif bo‘libgina qolmay, tashkilotning faoliyati, yo'nalishlari haqida ma'lumotga ega bo'lish va murojaatlaringizni to'g'ridan-to'g'ri yuborish imkoniyatiga egasiz.

🫥 Navbatda, Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati tomonidan web-saytning barcha asosiy imkoniyatlarini namoyon qiluvchi 2 qismdan iborat videoqo'llanmaning 2-qismini taqdim etamiz.

📹 Mazkur videoqo'llanma orqali Siz uzdkp.uz web-saytiga virtual sayohat qilasiz.

Bizni kuzatishda davom eting.

#DavKadastrPalata #uzdkp_uz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 16-noyabrida Toshkent shahar hokimligida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda komissiya raisining o‘rinbosari – A.Xen, hokim maslahatchisi A.Ro‘zitoyev, Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i J.Karimov, Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Toponimika va tashqi bezash bo‘limi boshlig‘i S.Rahimov, Raqamli rivojlanish departamenti mutaxassislari, tuman hokimlarining davlat tili bo‘yicha maslahatchilari hamda komissiyaning boshqa a’zolari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ko‘rilgan asosiy masala – Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio
RADIODA KADASTRGA OID SAVOL-JAVOB

📻 “Oʻzbekiston” radiokanalida efirga uzatilgan “Oqshom to‘lqinlarida” eshitirishida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining malakali mutaxassislari O‘ktam Saliyev hamda Bekzod Nazarov tinglovchilarning kadastrga oid savollariga javob berdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Olmazor tumani, “Jomiy” qurilish mollari hududidagi umumfoydalanuvdagi yo‘lning qatnov qismi tadbirkor tomonidan noqonuniy tarzda egallab olinganligi haqidagi maqola yuzasidan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Mavjud arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar, Olmazor tumani, “Miskin” MFY, Usta-Shirin ko‘chasi 125 V hamda 125 E-uy manzilida joylashgan noturar joy obyektlariga nisbatan “YORQIN NUR YO‘LI” MCHJ nomiga 2023-yil 5-aprelda kadastr pasporti shakllantirilgan.

⬜️ Shuningdek, Toshkent shahar, Olmazor tumani, “Miskin” MFY, Usta-Shirin ko‘chasi 125-uy manzilida joylashgan obyektga bo‘lgan huquq “CLEANLINESS SOURCES” MJCH nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

⬜️ O‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur obyektlarda o‘zboshimcha egallangan yer maydoni yo‘qligi hamda Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan yangi chegara tavsifi bo‘yicha "YORQIN NUR YO‘LI" MCHJ, "CLEANLINESS SOURCES" MCHJ va "GHG FOREIGN GROUP" MCHJlarning aniq chegaralari belgilangan bo‘lib, mazkur tavsif bo‘yicha avval "YORQIN NUR YO‘LI" va "CLEANLINESS SOURCES" MCHJlarning umumiy foydalanishida bo‘lgan yer maydoni bugungi kunda umumiy foydalanishda emas deb belgilanganligi bildiriladi.

⬜️ Qo‘shimcha o‘rnida holat yuzasidan, ya’ni ikkita tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi nizolarni hal etish kadastr organlari vakolatida emasligini inobatga olib, o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal etish yoki amaldagi qonunchilik talablariga asosan sudga murojaat etish tavsiya etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Yer resurslari va kadastr sohasida geofazoviy ma’lumotlarning ahamiyati⚡️

Samarqandda 🌟Kadastr agentligi mezbonligida Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevroosiyo tashabbusi (EuraAsia SDI)ning navbatdagi konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi 🌟Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A.Allaberganov, 🇰🇷Koreya Respublikasi milliy geografik tadqiqotlar instituti direktori Vo Sug Cho so‘zga chiqib, bu galgi tadbirning asosiy mavzusi, undan kutilayotgan natijalarga to‘xtaldi.

Batafsil: 📰 UzA maqolasida

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar to'g'risida 🌟Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Behzod Nishonov O'ZBEKISTON24 telekanali STUDIYA24 informatsion dasturi jonli efirida ma'lumot berdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati
YANGIHAYOT TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI

🔷 Joriy yilning 1-noyabriga qadar poytaxtimizning Yangihayot tumani bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 134 ta holatda fuqarolar tomonidan 5.83 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlangan.

Shundan tushuntirish ishlari natijasida 70 ta holatda 4.72 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, asl holatiga qaytarilgan.

Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Yangihayot tumani bo‘limi boshlig‘i Xayrulla Yunusov “Davrnews” internet nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

💻 Batafsil: Davrnews maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube