TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.23K subscribers
9.22K photos
1.14K videos
6 files
5.59K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Тоифаси ўзгарган ерлар эвазига шу йилнинг охиригача 15 минг гектар янги ерлар ўзлаштирилиши керак эди. Бироқ, 8 минг гектар ерлар ҳалигача ўзлаштирилмаган.

Йил якунигача янги ерларни ўзлаштириш ваъдасини бажармаган ҳокимлар жаримага тортилиши, уларнинг ер тоифасини ўзгартириш бўйича таклифлари умуман қабул қилинмаслиги кўрсатиб ўтилди.

Кадастр агентлигига 2024 йил 1 мартга қадар барча саноат ерларини тўлиқ хатловдан ўтказиш, вилоят ҳокимларига эса 2021 йилгача ажратилиб, қурилиш бошланмаган 7 минг гектар ерни захирага қайтариш топширилди.

Бош прокуратурага бу борада қонун устуворлиги ва жазо муқаррарлигини таъминлаш вазифаси қўйилди.

Бундан буён вилоят кадастр бошлиғини ишга қўйиш ва ишдан олиш Бош вазир томонидан амалга оширилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда кадастр соҳаси учун кадрлар тайёрлаш, уларнинг малакасини ошириш муҳим вазифалардан бири бўлиб қолаётгани таъкидланди.

Кадастр соҳасида 9 мингдан ортиқ мутахассис ишлайди. Лекин бугунги кунда соҳага кадр тайёрлаётган 10 та олийгоҳдаги ўқитиш сифати замондан орқада қолгани қайд этилди.

Уларда факультет ва кафедралар тушуниб-тушунмасдан очилгани, ўқув дастурлари ва таълим методикалари эскиргани айтилди.

Шу боис, 10 та олийгоҳ ректорларига Кадастр агентлиги билан биргаликда келгуси йилда замонавий лабораториялар ташкил қилиш, янги ўқув адабиётлари ва хориждан малакали мутахассисларни олиб келишга кўрсатма берилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларининг сифатини яхшилаш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам рационального использования земельных ресурсов, ведения учета земли и улучшения качества услуг кадастра.

#Mirziyoyev #videoselektor #yer #kadastr

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Olmazor
KADASTR AHOLI MANFAATLARI YO‘LIDA

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida fuqarolarning kadastr bilan bog‘liq muammolarini hal etish yuzasidan “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Olmazor tumani filiali mutaxassislari “Guzarboshi”, “Hazrati Imom” hamda “Miskin” mahallalarida bo‘lib, fuqarolarning sohaga oid masalalari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy web-sayti ishga tushirildi

🌐 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi o'zining barcha ijtimoiy tarmoqlarida faol. Bugungi kunda esa aholining kadastr masalalarida qiziqishlari va murojaatlari soni ham ortib bormoqda.

💠 Endi bizni Uzdkp.uz rasmiy web-sayti orqali ham  kuzatishingiz mumkin. Bunda Siz tizimga oid xabar va yangiliklardan birinchilardan voqif bo‘libgina qolmay, tashkilotning faoliyati, yo'nalishlari haqida ma'lumotga ega bo'lish va murojaatlaringizni to'g'ridan-to'g'ri yuborish imkoniyatiga egasiz.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati tomonidan web-saytning barcha asosiy imkoniyatlarini namoyon qiluvchi 2 qismdan iborat videoqo'llanma tayyorlandi.

▶️ Mazkur videoqo'llanma orqali Siz uzdkp.uz web-saytiga virtual sayohat qilasiz.

📝 Davomi bor...

#DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
IJRO INTIZOMI MUHIM VAZIFA

🔷 Ijro intizomi, ochiqlik va halollik davlat idoralari faoliyatini baholashda muhim mezonlardan hisoblanadi.

🔷 Bugun Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Chilonzor tumani filialida tashkil qilingan navbatdagi davra suhbatida ham ayni jihatlar kun tartibida bo‘ldi.

🔷 Unda o‘ziga yuklatilgan vazifalar ijrosida talabchan bo‘lish, murojaatlarni vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, shu bilan birga ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish har bir xodimning jamoa va fuqarolar oldidagi hurmatini oshirishi ta’kidlab o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tezkor_munosabat
TEZKOR MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan maqolada Olmazor tumanida joylashgan “Jomiy” qurilish mollari hududidagi umumfoydalanuvdagi yo‘lning qatnov qismi tadbirkor tomonidan noqonuniy tarzda egallab olingani bayon qilingan.

⬜️ Mazkur murojaat Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz.

⬜️ Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #intervyu
FILIAL BOSHLIG‘I UZA SAYTIGA INTERVYU BERDI

1️⃣ Kadastr pasporti qanday hujjat va u qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

2️⃣ Elektron ko‘rinishdagi kadastr pasportining qog‘oz shakldagi kadastr hujjatidan qanday afzal tomonlari bor?

3️⃣ Joriy yilning 10 oyida Shayxontohur tumani aholisiga qancha kadastr pasporti tayyorlab berildi?

4️⃣ Kadastr hujjatini olish uchun yuborilgan arizalar nima sababdan rad etilishi mumkin?

🎙UzA saytida e’lon qilingan suhbatda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Shayxontohur tumani filiali boshlig‘i To‘lagan Karimov yuqoridagi savollarga to‘liq javob berdi.

💻 Batafsil: UzA maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Bugun 🌟Kadastr agentligi hamda 🇰🇷Koreyaning geografik axborot instituti rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidan:
🟣Idoralararo taqdimotlar;
🟣Koordinatalar tizimi yo‘nalishida pilot loyihalar;
🟣Ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashgan kartografik maxsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ijtimoiy ahamiyatga loyiha amalga oshirish;
🟣Agentlik xodimlarini Koreyada almashinuv dasturi asosida malakasini oshirish, geodeziya va kartografiya yo’nalishidagi ta’limni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish o’rin oldi.

💠 Uchrashuv yakuniga ko’ra tomonlar yuqoridagi yo’nalishlarda yaqindan amaliy hamkorlik va loyiha oldi tadqiqotlari qilishga kelishdilar.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM