TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.13K subscribers
9.11K photos
1.11K videos
6 files
5.5K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #huquqiy_savodxonlik
XODIMLARNING HUQUQIY BILIMLARINI OSHIRISH YO‘LIDA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasida
xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va ularni sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

🔷 Bugungi seminar mashg‘ulotida Mirobod, Olmazor, Shayxontohur, Yangihayot, Yakkasaroy hamda Yashnobod tuman bo‘lim xodimlari qatnashdi.

🔷 Dastlab Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish haqida to‘xtalib, firibgarlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarning huquqiy oqibatlariga e'tibor qaratdi.

🔷 Boshqarma bosh yuristkonsulti F.Mahmudov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.09.2020 yildagi 6061-son Farmoni va 4819-son Qarori mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.

🔷 Shuningdek, Ma’muriy amaliyot sho‘basi bosh mutaxassisi A.Ahmedov tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

✍️ Bilishingiz muhim

📃 Tashkilotimizga taaluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun mazkur loyihamiz foydali bo‘lmoqda.

🤝 Sizlarning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimingizni yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ Yerimni e-auksion platformasi orqali savdoga chiqarib bering degan savol bilan kadastrga murojaat qilishlari ko‘p uchramoqda.Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tabrik #bayram_shukuhi
USTOZLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

🔷 Bugun, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

🔷 Tadbir avvalida, ZOOM platformasi orqali kadastr tizimida 25 yildan ziyod uzluksiz, halol mehnat qilib, faoliyat olib borayotgan hududiy boshqarma xodimlari Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

🔷 Jumladan, taqdirlanganlar qatorida DKP Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani filiali arxiv ishi muhandisi Qodirjon Mirsaidov hamda Yunusobod tumani filiali kadastr muhandisi Natalya Muxamediyevalarning ham uzoq yillik faoliyati, soha rivojiga qo‘shgan hissasi munosib e’tirof etildi.

🔷 Tadbir tafsilotlari mazkur reportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturida Yashnobod tumani, “O‘rta masjid” mahallasidagi ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqaro O.Tuykinaning uyiga kadastr hujjati berilmagani sababli gaz va issiqlik ta’minotiga ulanmagani aytilgan murojaati e’lon qilindi.

◻️ Mazkur murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ Toshkent shahar Yashnobod tumani, “O‘rta Masjid” mahallasi hududida joylashgan Ohanrabo mavzesi, 32-ko‘p qavatli uyning birinchi qavatidagi, murojaatda qayd etib o‘tilgan xonadonlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022-yil 29-dekabrdagi qaroriga, Yashnobod tumani hokimining 2023-yil 12-yanvardagi farmoyishiga asosan Yashnobod tumani hokimligi nomiga operativ boshqaruv huquqi bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

◻️ Mazkur xonadonlarni murojaatda qayd etilgan fuqarolar nomiga mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan boshqarmaga murojaatlar kelib tushmagan bo‘lib, ushbu xonadonlar biron-bir fuqaroga xususiylashtirilganligi bo‘yicha boshqarmada ma’lumotlar mavjud emas.

◻️ “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 16-moddasiga asosan xonadonlarni xususiylashtirish masalasi tuman hokimliklari tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilanganligi munosabati bilan, murojaatda qayd etilgan xonadonlarni xususiy mulk sifatida xususiylashtirish (privatizatsiya) masalasi Yashnobod tumani hokimligi tomonidan ko‘rib chiqilishi lozimligi, shuningdek, 2022-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-803-sonli “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 35-moddasida qayd etilgan, huquqni vujudga keltiruvchi hujjatlardan biri davlat xizmalari markazi orqali taqdim etilgan taqdirda, vujudga kelgan huquq boshqarma tomonidan o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #e_lon

💠DIQQAT E’LON!💠

🔰Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaatlar #infografika
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

📊 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 25-29-sentabr kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOKA #Brifing

🌟Kadastr agentligining Geoinnovatsiya markazi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berish maqsadida brifing o‘tkazildi.

Bugungi kunda markazda 100 ga yaqin sanoat 👌 dronlari mavjud bo‘lib, ular iqtisodiyotning 20 dan ortiq yo‘nalishlarida turli xil vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.

🟢Ushbu dronlardan foydalangan holda Markaz tomonidan o‘tgan davr mobaynida Topografiya, Fotogrammetriya va Geofazoviy maʼlumotlarni yangilash bo‘yicha 22 719 gektarda surʼatga olish ishlari amalga oshirildi.

👌2022 yildan shu kunga qadar maxsus dronlar yordamida jami 21 marotaba, shu jumladan xorijiy davlatlarda 4 marotaba dron-shou tadbirlari o‘tkazildi.

🎬 Batafsil videoda 🎬

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer bilan bog‘liq qoidalar takomillashtirilmoqda

🌏 Senatining qirq beshinchi yalpi majlisida “Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

◼️Muhokama etilgan ushbu Qonun o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini amalga oshirish tartibini, yer ijarasi bilan bog‘liq munosabatlarni va xususiylashtirilgan yer uchastkalariga oid qoidalarni takomillashtirishga qaratilgan qator normalarni o‘z ichiga olgan.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #yer #senat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tabrik
1-OKTABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI

🇺🇿 Bir necha yildirki, yurtimizda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlab kelinmoqda.

📚 Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini sochadigan, o‘z o‘quvchilariga hayot maktabini beradigan mo‘tabar zot — o‘qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo‘lsin deymiz!

💐Qadrli ustozlar! Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat bilan,

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-oktabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Suv xavzalari "E-auksion" elektron platformasi orqali ijaraga beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Munitsipal mulklar to'g'risidagi ma'lumotlar "Raqamli Toshkent" kompleks dasturiga integratsiya qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Seysmik xavfsizligi II-IV toifadagi bino va inshootlar bo'yicha mutaxassislar sertifikatlashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar faqat sud tomonidan qo'llaniladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tabiiy gaz shartnomalariga oid ma'lumotlar Soliq qo'mitasining axborot tizimiga kiritiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Shamol stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr uchun "Yashil energiya" sertifikati beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim fuqarolarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlari qoplab beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim nafaqa va moddiy yordam bo'yicha arizalar "Yagona milliy ijtiomiy himoya" axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Eksklyuziv huquqlar berilgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning reyestri shakllantiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ustozlarga_ehtirom
TA’ZIM SIZGA, AZIZ USTOZLAR!

🏢 Har bir sohaning o‘z ustunlari, o‘zining tajribali mutaxassislari bo‘ladi. Kadastr tizimida esa bunday ustunlar talaygina.

🌺 Faxriylarimiz o‘zlarining ko‘p yillik halol mehnati, boy tajribalari bilan tizim rivojiga ulkan hissa qo‘shishgan. Ularning hayot yo‘llari, xalq xizmati yo‘lidagi fidokorona faoliyati yosh xodimlar uchun ibrat maktabi vazifasini o‘taydi.

💐 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Respublikamizdagi barcha kadastr sohasi fidoyilari – hurmatli ustozlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube