TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.05K photos
1.11K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
▫️"Korrupsiyaga qarshi kurashda" ▫️

◻️ Korrupsiya bu — jamiyat taraqqiyotiga to'siq bo'ladigan yomon illatdir. Bu illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi. Uni oldini olish yo'lida sohada ham qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.

◻️ Quyida, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan fikrlar olg'a surildi:

▪️ Andijon viloyati
▪️ Samarqand viloyati
▪️ Jizzax viloyati
▪️Toshkent viloyati
▪️Toshkent shahar

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
▫️Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda▫️

⚜️Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘tkazilmoqda. Unda deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.

⚜️Ta’kidlanganidek, bugungi kunga qadar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 57 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, umumxalq muhokamasining dastlabki kunlarida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar kuniga 700 ga yaqinni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib, ularning soni kuniga 10 mingga yetmoqda.

⚜️Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza bildirishda fuqarolarning faolligi ortib borayotganligi, kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligidan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddati 2022 yil 15 iyulgacha uzaytirish haqida qaror qabul qildilar.

⚜️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74 va 75-moddalari o‘zgarishsiz qoldirilib, amaldagi normalarni saqlab qolish maqsadga muvofiq deb topdilar.

#DavKadastrPalata #live #konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Kadastr #live

Ayni damda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida "Kadastr agentligi xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi" mavzusidagi 7-8-oktabr kunlarga mo‘ljallangan seminar trening o‘z ishini boshladi.

Seminarda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari, "Geoinnovatsiya markazi" DUK direktori A. Abdullayev, Davlat kadastrlari palatasi raisi M. Valiyev hamda Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi xalqaro eksperti, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti respublika komissiyasi aʼzosi, Respublika targ‘ibotchilar guruhi rahbari J. Shermuhammedova ishtirok etishmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #live #oav_biz_haqimizda
КАДАСТРЧИЛАР РАДИО ЖОНЛИ ЭФИРИДА

🔴 Давлат кадастрлари палатаси
Тошкент шаҳар бошқармаcининг масъул ходимлари айни дақиқаларда “Ўзбекистон” радиоканали жонли эфирида иштирок этишмоқда.

👉🏼 “Шу куннинг мавзуси” эшитиришида “Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида”ги Қонун мазмун-моҳияти, унда аҳоли учун кўзда тутилган қулайликлар ҳақида сўз боради.

🔷 Сиз ушбу дастурни ФМ 103.1 тўлқинига созланиб тинглашингиз ва мавзу юзасидан ўзингизни қизиқтирган саволларга жавоб олишингиз мумкин.

Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Geoinnovatsiya #dronlar_shousi #live

❤️‍🔥 Tayyorgarlik avjida! ❤️‍🔥

🟢 Bugun Xalqaro etnosport festivali ochilish marosimida 👌"DRONLAR SHOU"si 🛸 bo‘lib o‘tadi.

➡️Xorazm viloyatining Xiva shahrida ilk Xalqaro etnosport festivali munosabati bilan Xiva shahridagi “Ichan qal'a” majmuasida “Geoinnovasiya markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan dronlar shousi boʻlib oʻtadi. Ayni paytda tayyorgarlik avjida.

📍Festivalning ochilish marosimi bugun Xiva shahridagi “Ichan qal'a” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

📌Ushbu festivalga barcha yurtdoshlarimizni va Respublikamiz mehmonlarini taklif qilamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM