TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.12K subscribers
9.13K photos
1.13K videos
6 files
5.54K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Huquqiy_asoslar #Davlat_kadastrlari_palatasi #Vazifalar

🔰 Loyiha doirasida:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda – faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq xo‘jaligi maqsadlarida;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda – qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

⚠️ Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investisiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investisiya loyihasi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

🖥 Bo‘sh turgan yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali tayyorlanadi.

BATAFSIL
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #korrupsiyaga_qarshi_kurash
КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШИШ АГЕНТЛИГИ ХОДИМЛАРИ ЖАЗОНИ ИЖРО ЭТИШ МУАССАСАЛАРИГА МОНЕЛИКСИЗ КИРА ОЛАДИ

💠Ўзбекистон Республикасининг коррупсияга қарши курашиш тизимини такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисидаги Қонун (ЎРҚ–729-сон, 18.11.2021 й.) Президент томонидан имзоланди.

💠Киритилган қўшимчаларга кўра, Коррупцияга қарши курашиш агентлиги ходимлари коррупциявий ҳуқуқбузарликлар содир этилишини ўрганиш ва таҳлил қилиш учун жазони ижро этиш муассасаларига монеликсиз киришга, ҳужжатлар билан танишишга ҳақли эканлиги белгиланди.

💠Коррупцияга қарши курашиш агентлиги томонидан ҳар йили коррупцияга қарши курашиш тўғрисидаги миллий маъруза Олий Мажлисга тақдим этилиши кўзда тутилган.

💠Асосий янгиликлардан, эндиликда коррупцияга оид ҳуқуқбузарликлар тўғрисида ахборот бераётган шахсларнинг қариндошлари ҳам давлат ҳимоясида бўлади.
Forwarded from Kadastr - Live
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #kadastr

190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

“Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yana-da takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5263-son, 22.10.2021 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Bunda:

amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar bosqichma-bosqich to‘liq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha namunaviy shakldagi savolnoma (cheklist) to‘ldirilib, loyiha qabul qilingunigacha bo‘lgan bosqichlarda unga ilova qilinadi;

cheklist to‘ldirilmagan loyihalar adliya organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaydi va ishlab chiquvchiga qaytariladi;

normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarida aniqlangan korrupsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanadi.

🔎 Qarorga ko‘ra, 2021 yilda amaldagi 190 ta normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi.

2022 yil 1 yanvardan ilmiy tashkilotlar va OTM vakillari hamda jismoniy shaxslar – mustaqil ekspertlar normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan o‘tkazishi mumkin.

❗️Ekspertizadan o‘tkazish natijalari bo‘yicha xulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ko‘rib chiqiladi.

📊 Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyati har olti oy yakunida baholanadi.

📌 Shunga ko‘ra, xodimlarni lavozim maoshlarining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mablag‘lari berish orqali rag‘batlantirish yoki ularga nisbatan intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

📋 Qaror bilan shuningdek, qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy taʼlim va davlat xaridlari sohalaridagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📁⚡️Yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
gi Hukumat qarori (610-son, 18.10.2022 y.) qabul qilindi

📔 Qarorga ko‘ra, Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u 2023-yil 1-yanvarga qadar ishga tushiriladi.

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

☑️ 2024-yil 1-yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

🔵Davlat kadastrlarini yurituvchi vakolatli organlar 2022-yil oxiriga qadar o‘zlarining maʼlumotlar bazalari axborot tizimiga to‘liq integratsiya qilinishi taʼminlanadi.

❗️ Malaka shahodatnomasiga ega bo‘lgan kadastr muhandislari axborot tizimidan foydalanilganligi uchun har oyda BHMning bir baravari miqdorida to‘lov amalga oshiradi.

📱 Ochiq maʼlumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boshqaruvi organlariga bepul, jismoniy shaxslar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa yuridik shaxslarga to‘lov evaziga taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi yer uchastkasi kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi TO‘G‘RISIDAgi maʼlumotlarni foydalanuvchilar tomonidan bepul olish imkoniyati yaratiladi.

Telegram 📸 Instagram 📹YouTube 🌐 Facebook 🌍Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #qonunchilikdagi_yangiliklar
MAʼMURIY JARIMALAR 15 KUN ICHIDA TOʻLANSA, CHEGIRMA QOʻLLANILADI

🔷 Prezident qaroriga (PQ–99-son, 23.03.2023-y.) muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtiriladi.

Shunga koʻra, 2023-yil 1-maydan:

👉 huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi.

👉 Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qoʻllaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #qonunchilikdagi_yangiliklar
KO‘P KVARTIRALI UYLARDA ZILZILABARDOSHLIKKA TA’SIR QILADIGAN KONSTRUKSIYALAR ANIQLANADI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.05.2023 yildagi PQ-158-son qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrdan:

👉 seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yo‘laklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar;

👉 ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlar aniqlanadi.

❇️ Aniqlangan noqonuniy holatlar bo‘yicha qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube