TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.27K subscribers
9.46K photos
1.21K videos
6 files
5.8K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

🔷 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

🔷 Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🔷 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan “Yunusobod-15: ikkita bog‘cha o‘rtasidagi noqonuniy qurilish” sarlavhali murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar Yunusobod tumani, 15-mavze, 26a-uy manzilida joylashgan Savdo va maishiy shahobchalari obyekti Toshkent shahar hokimining 25.04.2018 yildagi, Yunusobod tumani hokimining 16.05.2018 yil hamda 01.06.2020 yildagi qarorlariga asosan 24.08.2020 yilda jismoniy shaxs T.G. nomiga kadastr hujjatlari tayyorlangan. Kadastr hujjatlariga ko‘ra, obyekt egallab turgan 1000,0 kv.m. ga teng yer maydoni Ijara huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

⬜️ Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan noturar bino va inshootlarning 12.02.2021 yildagi foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan 13.02.2021 yilda jismoniy shaxs T.G. nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan bo‘lib, kadastr hujjatlariga ko‘ra, obyekt egallab turgan 1000,0 kv.m. ga teng yer maydoni Ijara huquqida hamda 17,0 kv.m. ga teng imorat Mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

⬜️ Ushbu hudud yuzasidan qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan noturar bino va inshootlarning 12.02.2021 yildagi 27543210-sonli foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olingan 05.11.2020 yildagi “XOROSHIE LYUDI” MCHJning ustavi hamda Davlat xizmatlari markazining 06.11.2020 yildagi ma’lumotnomasiga asosan 16.02.2021 yilda “XOROSHIE LYUDI” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

⬜️ Bugungi kunda, “XOROSHIE LYUDI” MCHJ va “HI TECH TOWER” MCHJ o‘rtasida 22.06.2021 yilda tuzilgan o‘zaro oldi-sotdi shartnomasiga asosan 25.06.2021 yilda “HI TECH TOWER” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, kadastr hujjatlariga ko‘ra, obyekt egallab turgan 1000,0 kv.m. ga teng yer maydoni Ijara huquqida va 17,0 kv.m. ga teng imorat Mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

⬜️ Qo‘shimcha o‘rnida, 25.06.2021 yildan shu kunga qadar kadastr hujjatlarga qo‘shimcha o‘zgartirish kiritish uchun buyurtmachi tomonidan murojaat kelib tushmaganligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli qarori hamda 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq ish olib borilganligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr_agentligi #mustaqillik
❗️❗️❗️

📌 Bayramda necha kun dam olamiz 📌

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:

😎 1 sentabr — juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
😎 2 sentabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
😎 3 sentabr — yakshanba (dam olish kuni).

➡️ Demak, 4-sentabr, dushanba ish kuni hamda barcha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 8-14-avgust, 2023-yil

⚖️ Jami: 330 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

◻️ Ixtisoslashishini o‘zgartirish — bino va inshootlarni yoki alohida xonalarni, shu jumladan, qurilishi yakunlanmaganlarini ularning dastlabki loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadli yo‘nalishining rekonstruksiya qilingan va rekonstruksiya qilinmagan o‘zgarishi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️DXMdagi xizmatlarimiz▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining bir qancha xizmatlari aynan Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

♻️ Mazkur ma’lumotlar jamlanmasida siz kadastr pasportingiz yo‘qolganda uni tiklash uchun qanday yo‘l tutishingiz lozimligi tartiblari batafsil keltirilgan.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #seminar

🟢 Bugun Toshkent shahridagi Inha universitetida Jahon banki loyihasi doirasida “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi seminar-trening 1-kuni boshlandi.

Seminar 16-18 avgust kunlari bo'lib o'tadi.

Unda
🌟Kadastr agentligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari, shuningdek, Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar tuman, shahar filiallari rahbarlari ishtirok etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

🏢 Kadastr agentligi
va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallarida “Korrupsiya - taraqqiyot dushmani” mavzusidagi davra suhbatlari davom etmoqda.

🔷 Sergeli tumanida tashkil etilgan ochiq muloqotda DKP Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi T.Yuldashev, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirovlar tomonidan tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida belgilangan ustuvor vazifalar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🔷 Shuningdek, tartib-intizom, halollik va mas’uliyat har bir sohada muvaffaqiyatga yetaklovchi muhim jihatlardan ekanligi qayd etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #statistika
2 240 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maʼlumot.

🔰 Ushbu maʼlumotda 2023-yilning 9-16 avgust oraligʻida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar soni bilan tumanlar kesimida tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Issiqxona va tomorqalar maydoni ▪️

⚪️ Aholi tomorqalari va xonadonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan:

▫️ issiqxonalar va uy issiqxona majmualari uchun yer soligʻi stavkalari,
▫️ uy issiqxona majmualari tarkibidagi turar joylar uchun mol mulk soligʻi stavkalari ular foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 3 yil davomida 50 % miqdorda mol-mulk va yer soliqlaridan imtiyoz
qoʻllaniladi.

👔Bunda:
▫️ aholi tomorqalari va xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalar maydoni kamida 10 sotix, uy issiqxona majmualarining maydoni kamida 20 sotix boʻlishi lozim;
▫️ issiqxona va uy issiqxona egasi oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyat olib boradi va ushbu faoliyat boʻyicha olingan daromadi soliqqa tortilmaydi;
▫️ uy issiqxona tashkil etish uchun yer maydonlari investorlar oʻrtasida oʻtkaziladigan ochiq tanlov yakunlari boʻyicha ijara huquqi asosida ajratadi. Ijara muddati yakunlangandan soʻng uy issiqxona majmuasi mulk huquqi asosida, joylashgan yeri ijara huquqi asosida (ijara shartnomasi amal qilish muddatiga) beriladi;
▫️ issiqxonalar va uy issiqxona majmualari investorlar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy va energiya tejamkor uskuna-jihozlardan foydalangan holda tashkil etilishi lozim.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
INTIZOM VA HALOL XIZMAT – OLIY MAQSAD

🔷 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, uning tuman filial-bo‘lim xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔷 Unda so‘zga chiqqan DKP Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi T.Yuldashev, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirovlar firibgarlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiste’mol qilish hamda boshqa shu kabi illatlarning ijtimoiy va huquqiy oqibatlariga to‘xtalib o‘tdilar.

🔷 Shuningdek, yig‘ilishda DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i J.Karimov tomonidan soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube