TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #ma_rifat_soati
“SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI”

❇️ Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bugun davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.

🏢 Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, uning tarkibidagi barcha tuman-filiallar xodimlari faol ishtirok etishdi.

Bugungi “Siyosiy-maʼrifat soati”da:

👉 Davlat xizmatchilari sog‘lom ovqatlanishi uchun muhim tavsiyalar mavzusida ekspert sharhi,

👉 “Konstitutsiyaviy savodxonlik” hamda “Mutolaa vaqti” ruknlari tinglovchilar e’tiboriga taqdim qilindi.

💠 Shuningdek, oʻquv soatida yurtimiz va xorijda roʻy berayotgan ahamiyatga molik voqealar haqida ham maʼlumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Ayrim aholi qatlamlari yer uchun barcha to‘lovlardan ozod qilinadi▪️

🇺🇿 Ayni dam, Buxoro shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

➡️ Ta’kidlanishicha, 10 yil muddatga ajratilgan 73 ming gektar maydonning ijara muddatlari 30 yilga uzaytirib berilishi belgilandi.

◼️ Bo‘sh turgan 100 ming gektar yaylovlar chorvasi bor aholiga kamida 10 gektardan 10 yil muddatga ijaraga olishiga ruxsat beriladi.

◼️ “Ijtimoiy himoya reestri”ga kiritilgan ehtiyojmand aholiga yerlarni berishda ular yer uchun barcha to‘lovlardan ozod qilinadi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjuman

2023 йил 1 январьдан бошлаб Кадастр ва кўчмас мулкларни рўйхатдан ўтказиш интеграцион ахборот тизими (UZKAD тизими) кўчмас мулк объектларига бўлган ҳуқуқларнинг давлат реестри ҳамда кўчмас мулк объектлари ҳақидаги маълумотлар юритиладиган, маълумотларининг ҳақиқийлигини ва ишончлилиги давлат томонидан кафолатланадиган ягона ахборот тизими этиб белгиланди.

Ер фонди тоифалари ва ер турлари бўйича 44,8 млн. гектар ер майдонларини “Uzkad” дастури орқали ҳар бир ер эгалари ва ердан фойдаланувчиларнинг ер турлари бўйича ҳисобга олиш белгиланган.

🌟Кадастр агентлиги бошқарма бошлиғи
Бехзод Нишанов

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan “Shikoyat: Noqonuniy qurilish” sarlavhasi ostida Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani “Yangi Avayxon” MFY fuqarolarining videomurojaati yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari quyidagilarni maʼlum qiladi.

⬜️ Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-6 mavzesi, 10-, 15- va 6-uylar oralig‘i manzilidagi obyekt Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining 2018-yil 16-yanvardagi qaroriga asosan “DIMADI” MCHJga “Zamonaviy mahalla” loyihasi asosida mahalla markazlari hamda savdo va maishiy shaxobchasi tashkil etish uchun 2 400 kv.m. yer maydoni ajratilgan bo‘lib, 500 kv.m. yer maydoni “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “DIMADI” MCHJ o‘rtasida rasmiylashtirilgan 2020-yil 25-maydagi mulkni beg‘araz topshirish shartnomasiga asosan “Mahalla” xayriya jamoat fondiga topshirilgan.

⬜️ Hozirgi kunda yuqorida qayd etilgan manzildagi 1 900 kv.m. yer maydoni “DIMADI” MCHJga tegishli bo‘lib, qurilish ishlari boshlanmaganligi bildiriladi.

‼️Qo‘shimcha o‘rnida, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga huquqiy baho berish yoki ularni bekor qilish Kadastr idoralarining vakolatiga kirmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Murojaatlar tahlili▪️

📃 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2023 yil 7-11- avgust kunlari jami 1 509 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 25
Andijon viloyati - 37
Buxoro viloyati - 127
Samarqand viloyati - 85
Sirdaryo viloyati - 44
Surxondaryo viloyati - 169
Qashqadaryo viloyati - 161
Toshkent shahar - 188
Toshkent viloyati - 181
Navoiy viloyati - 32
Namangan viloyati - 30
Xorazm viloyati - 130
Jizzax viloyati - 57
Farg‘ona viloyati - 114
🌟 Davlat kadastrlari palatasi - 129

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #demografik_koʻrsatkich #tumanlar
TOSHKENT SHAHRI AHOLISINING HUDUDLAR KESIMIDA TAQSIMLANISHI

📊 Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, poytaxtimizda doimiy aholi soni 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra 2 million 999 ming 500 kishini tashkil etmoqda.

Hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi quyidagicha:

🔷 Olmazor tumani – 395,0 ming kishi

🔶 Yunusobod tumani – 366,9 ming kishi

🔷 Shayxontohur tumani – 360,5 ming kishi

🔶 Mirzo Ulug‘bek tumani – 323,1 ming kishi

🔷 Uchtepa tumani – 293,5 ming kishi

🔶 Yashnobod tumani – 289,4 ming kishi

🔷 Chilonzor tumani – 271,9 ming kishi

🔶 Yangihayot tumani – 161,0 ming kishi

🔷 Mirobod tumani – 150,1 ming kishi

🔶 Sergeli tumani – 162,3 ming kishi

🔷 Yakkasaroy tumani – 126,9 ming kishi

🔶 Bektemir tumani – 55,7 ming kishi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazoratchisi #infografika
SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI

⚜️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘lim xodimlari tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, undan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

⚜️ Ayni yo‘nalishda boshqarmaning Shayxontohur tumani xodimlari tomonidan 2023-yilning 7 oyi davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #OAV_biz_haqimizda

🌟Kadastr agentligi mas'ullari ishtirokida mulk huquqiga oid qonunchilikka bag‘ishlangan matbuot anjumani "O'zbekiston24" telekanalining "Yangiliklar24" hamda "Новости24" informatsion dasturida

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

🔷 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

🔷 Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🔷 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan “Yunusobod-15: ikkita bog‘cha o‘rtasidagi noqonuniy qurilish” sarlavhali murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar Yunusobod tumani, 15-mavze, 26a-uy manzilida joylashgan Savdo va maishiy shahobchalari obyekti Toshkent shahar hokimining 25.04.2018 yildagi, Yunusobod tumani hokimining 16.05.2018 yil hamda 01.06.2020 yildagi qarorlariga asosan 24.08.2020 yilda jismoniy shaxs T.G. nomiga kadastr hujjatlari tayyorlangan. Kadastr hujjatlariga ko‘ra, obyekt egallab turgan 1000,0 kv.m. ga teng yer maydoni Ijara huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

⬜️ Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan noturar bino va inshootlarning 12.02.2021 yildagi foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan 13.02.2021 yilda jismoniy shaxs T.G. nomiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan bo‘lib, kadastr hujjatlariga ko‘ra, obyekt egallab turgan 1000,0 kv.m. ga teng yer maydoni Ijara huquqida hamda 17,0 kv.m. ga teng imorat Mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

⬜️ Ushbu hudud yuzasidan qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan noturar bino va inshootlarning 12.02.2021 yildagi 27543210-sonli foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olingan 05.11.2020 yildagi “XOROSHIE LYUDI” MCHJning ustavi hamda Davlat xizmatlari markazining 06.11.2020 yildagi ma’lumotnomasiga asosan 16.02.2021 yilda “XOROSHIE LYUDI” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

⬜️ Bugungi kunda, “XOROSHIE LYUDI” MCHJ va “HI TECH TOWER” MCHJ o‘rtasida 22.06.2021 yilda tuzilgan o‘zaro oldi-sotdi shartnomasiga asosan 25.06.2021 yilda “HI TECH TOWER” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, kadastr hujjatlariga ko‘ra, obyekt egallab turgan 1000,0 kv.m. ga teng yer maydoni Ijara huquqida va 17,0 kv.m. ga teng imorat Mulk huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

⬜️ Qo‘shimcha o‘rnida, 25.06.2021 yildan shu kunga qadar kadastr hujjatlarga qo‘shimcha o‘zgartirish kiritish uchun buyurtmachi tomonidan murojaat kelib tushmaganligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli qarori hamda 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq ish olib borilganligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr_agentligi #mustaqillik
❗️❗️❗️

📌 Bayramda necha kun dam olamiz 📌

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:

😎 1 sentabr — juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
😎 2 sentabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
😎 3 sentabr — yakshanba (dam olish kuni).

➡️ Demak, 4-sentabr, dushanba ish kuni hamda barcha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Auksionga taqdim etilgan yer uchastkalari statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun respublika miqyosida yer uchastkalarini elektron onlayn auksionga taqdim etish boyicha haftalik statistikani havola etadi:

📆 Hisobot davri: 8-14-avgust, 2023-yil

⚖️ Jami: 330 tа

🗣 e-auksion.uz - elektron onlayn auksionda qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

◻️ Ixtisoslashishini o‘zgartirish — bino va inshootlarni yoki alohida xonalarni, shu jumladan, qurilishi yakunlanmaganlarini ularning dastlabki loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadli yo‘nalishining rekonstruksiya qilingan va rekonstruksiya qilinmagan o‘zgarishi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️DXMdagi xizmatlarimiz▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining bir qancha xizmatlari aynan Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

♻️ Mazkur ma’lumotlar jamlanmasida siz kadastr pasportingiz yo‘qolganda uni tiklash uchun qanday yo‘l tutishingiz lozimligi tartiblari batafsil keltirilgan.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM