TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Янги Тошкент шаҳри лойиҳаси концепциясига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о концепции проекта города Новый Ташкент.

#Mirziyoyev #taqdimot #YangiToshkent #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #statistika #mart #kadastr_pasporti
MART OYIDA 4 181 TA KADASTR PASPORTI SHAKLLANTIRILGAN

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 2023-yilning mart oyida tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #infografika
YER NAZORATI TADBIRLARI RAQAMLARDA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 1-choragida yer nazorati yo‘nalishida olib borilgan ishlar to‘g‘risida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида янги уй-жой қурилиши ва 2023 йилги ипотека дастури бўйича устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам строительства нового жилья и приоритетам ипотечной программы на 2023 год.

#Mirziyoyev #videoselektor #qurilish #ipoteka

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
HURMATLI FUQAROLAR!

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

‼️ Agarda Siz, kadastr tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz 👉🏼 @mykadastr_bot manziliga hamda ☎️ (71) 233-74-88, (71) 231-68-51 (ichki 246) telefon raqamlariga murojaat qiling.

‼️ MUROJAATCHI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

💻 Ijtimoiy tarmoqlardan birida eʼlon qilingan “Yashovchilarni norozi qilgan qoʻshni yoki befarq hokimiyat!” nomli sarlavha ostidagi murojaat yuzasidan Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◻️ Fuqaro Y.N. tomonidan Shayxontohur tumani, Beshyogʻoch koʻchasi 15-uy, 22-xonadon oldida 180 kv. m. yer maydoni noqonuniy tarzda egallab olinganligi va mazkur yer maydonida 45.0 kv. m. yer maydonida oʻzboshimchalik bilan bino-inshootlar qurilganligi holati Kadastr agentligining tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan 2022-yilning 28-sentabr kuni joyiga chiqib oʻrganishlar natijasida aniqlanib, qonunchilikda belgilangan tartibda hujjatlashtirilgan.

◻️ Noqonuniy qurilmalarni belgilangan tartibda oʻz hisobidan buzib tashlash va yerni oʻz holatiga keltirish yuzasidan ogohlantirish xati berilganligiga qaramay noqonuniy egallangan yer maydonini oʻz holiga keltirilmaganligi sababli 2022-yil 13-oktabr kuni Fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilgan.

◻️ Fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2022-yil 19-dekabr kungi hal qiluv qarorida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining daʼvo talabi toʻliq qanoatlantirilib, fuqaro Y.N. ga noqonuniy egallangan yer maydoni va undagi qurilgan bino-inshootlarni oʻz hisobidan buzish majburiyati yuklatilgan.

◻️ Mazkur noqonuniy qurilmani buzish hamda yer maydonini boʻshatib oʻz holiga keltirish qonunchilikda belgilangan tartibda Majburiy ijro organlari tomonidan majburiy tartibda amalga oshirilishi belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #aholi_murojaatlari
OAV BIZ HAQIMIZDA

📻 “Oʻzbekiston” radiokanalida efirga uzatilgan “Oqshom to‘lqinlarida” eshitirishida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining aholi murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati yoritildi.

🎙Jumladan, dasturda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar va ularning natijalari haqida ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Hafta davomida 8 048 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃 Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев табиатни муҳофаза қилишга қаратилган чора-тадбирлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мероприятиях в сфере охраны природы.

#Mirziyoyev #taqdimot #tabiat #ekologiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Davlat reyestridan ko‘chirmada quyidagi axborot
ko‘rsatiladi:

👉 ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;

👉 huquq egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, huquq egasi bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami, har bir huquq egasi ulushining miqdori;

👉 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va cheklovlarning ro‘yxati, huquqlarning va cheklovlarning amal qilish muddati, huquq egalari hamda cheklovlar belgilanishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslar, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami, ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning qiymati yoki uni aniqlash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

👉 davlat reyestridan ko‘chirmaning tartib raqami, berilgan sanasi va vaqti.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #9_aprel_temuriylar #tadbir
TEMURIYLAR DAVRIDA YER MUNOSABATLARI

🏢 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan sana arafasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🎙 Tadbirda Oʻzbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Alimardonov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

📝 Tarixchi o‘z ma’ruzasida Ikkinchi renessans davri bunyodkori hisoblangan Amir Temurning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasiga to‘xtaldi.

🔷 Shuningdek, Temur va Temuriylar davrida amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, yer munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar keltirib o‘tildi.

⚜️Tadbir yakunida kadastr xodimlari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube