TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.23K subscribers
9.21K photos
1.14K videos
6 files
5.59K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
XALQQA HALOL XIZMAT

🔲 Korrupsiya – tanazzulga yetaklovchi salbiy illat. Shu bois uni ildizi bilan yoʻq qilish, kelib chiqish omillarini bartaraf etish juda muhim.

🏢 “Korrupsiyasiz halol xizmat” mavzusidagi navbatdagi davra suhbati Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Yakkasaroy tumani filiali xodimlari uchun tashkil qilindi.

🔷 Muloqot davomida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov xodimlarning tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob berishi odamlarda ushbu sohaga bo‘lgan ishonchning yanada ortishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

◻️ Shuningdek, korrupsiya, ta’magirlik kabi salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #referendum #befarqemasman

📝 Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

📝 Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni taʼminlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk boʻlishi mumkin.

🇺🇿 Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining 68-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ayni_dam #sayyor_qabul
SAYYOR QABULDA MUROJAATLAR O‘RGANILMOQDA

🔴 Ayni dam, Yashnobod tumani aholisining kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazilmoqda.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari hamda soha mutaxassislari murojaatchilarning masalalarini oʻrganishmoqda.

🔷 Qabul tafsilotlari haqida yana batafsil maʼlumot beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun toʻlovlarni toʻlashda nogiron yoki nafaqaxoʻrlarga imtiyozlar bormi?

Javob: Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun toʻlovlarni toʻlashda nogiron yoki nafaqaxoʻrlarga imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 535-son qarori bilan tartibga solinadi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #brifing #ro_yxatdan_o_tkazish
BOʻLIM BOSHLIGʻI ISHTIROKIDA BRIFING

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi B.Abdumalikov ishtirokida boʻlib oʻtgan brifing.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #murojaatlar
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Kadastr agentligi
hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 27-31-mart kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul
KADASTR XODIMLARI XALQ BILAN

🏢 Kadastr agentligi
va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan Yashnobod tumanida sayyor qabul o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

👉 Fuqarolarning kadastr sohasi bilan bogʻliq murojaatlari koʻrib chiqilgan qabul tafsilotlari mazkur reportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #referendum #befarqemasman

📝 Xususiy mulk daxlsizdir.

Mulkdor oʻz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.

🇺🇿 Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasining 65-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #sayyor_qabul
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan Yashnobod tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul haqida 📺 "Toshkent" telekanalining "Poytaxt" informatsion dasturida o‘zbek va rus tillaridagi lavha efirga uzatildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #ijara_narxlari
TOSHKENT SHAHRIDA UYLARNING IJARA NARXLARI PASAYMOQDA

📊 Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari Toshkent shahrida mart oyida xonadonlar uchun ijara narxlarining oʻzgarishini tahlil qildi.

🔷 Joriy yilning mart oyida ijara uchun oʻrtacha narxlar fevral oyidagiga nisbatan 2 foiz pasaygan va 411 AQSH dollarini tashkil etgan.

🔷 Oʻrtacha taʼmirlangan 2 xonali uy uchun ijara narxi 340 dollardan (Sergeli) 460 dollargacha (Yakkasaroy) oʻzgargan holda Toshkent shahri uchun oʻrtacha 411 dollarni tashkil etgan.

🔷 3 xonali uylar uchun esa narxlar 380 dollardan (Sergeli) 600 dollargacha (Mirobod) oʻzgargan holda Toshkent shahri uchun oʻrtacha 480 AQSH dollarini tashkil etgan.

🔷 Taʼmirlangan 1 xonali uy uchun oʻrtacha ijara narxi 320 dollarni, 4 xonali uy uchun 600 dollarni, 5 xonali uy uchun 660 dollarni tashkil etgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #sayyor_qabul
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan aholining sohaga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Yashnobod tumanida sayyor qabul o‘tkazilgandi.

📻🎙 Mazkur tadbir tafsilotlari “Oʻzbekiston 24” radiokanalining “Yangiliklar” dasturida keng yoritildi.

👉 Unda Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev, DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i J.Karimov hamda fuqarolarning fikrlari efirga uzatildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube