TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.13K subscribers
9.11K photos
1.11K videos
6 files
5.5K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #bayram_tadbiri
KADASTRDA NAVRO‘Z SHUKUHI

💐Goʻzal diyorimizga barchamiz sogʻinib kutgan Navroʻzi olam kirib kelmoqda. Tinchlik va sogʻliqni ulugʻlaydigan, hayotni, yasharish va yangilanishni sharaflaydigan bayram — Navroʻz shukuhi dillarga zavq ulashmoqda.

🏢 Bayram munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

💐 Unda so‘zga chiqqanlar BMT tomonidan xalqaro bayram deb eʼtirof etilgan Navroʻzning maʼnaviy hayotimizdagi ulkan o‘rni va taʼsiri haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

🌺 Navro‘z - insonlarni ezgulikka, bunyodkorlikka, mehr-oqibatga chorlovchi qadriyatlarimiz gultoji ekani ushbu tadbir davomida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

🏓 Stol tennis bo‘yicha mahoratlarini sinovdan o‘tkazgan kadastr xodimlari 🫖 bir piyola choy ustida oshdan tanovul qilib, bir-birlariga bayram tilaklarini bildirdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент ташаббуси билан амалга оширилиши бошланган Янги Тошкент шаҳри қурилиши лойиҳаси тўғрисида асосий маълумотлар #инфографикада

Facebook|Instagram|Twitter
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Барчамизга ғалаба муборак бўлсин!
#Kadastr #atamalar

👉 Shaharsozlik hujjatlari — hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlar degan ma’nonini anglatadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

👉 koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasport) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;

👉 koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;

👉 kadastr yigʻmajildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

⚜️ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

🔷 Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qutlov #Navro_z_bayramingiz_bilan
XUSH KELDING NAVROʻZI OLAM!

🌺 Navroʻzi olam - bahor va tabiat uygʻonishining timsoli hisoblanadi.

💐Koʻngillarga cheksiz xursandchilik ulashayotgan Navroʻz umumxalq bayrami joriy yil mamlakatimizda “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida koʻtarinki ruh va yuksak saviyada nishonlanmoqda.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni bahor bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Sizga uzoq-umr, sihat-salomatlik, hayotingizga quvonch, oilangizga farovonlik tilaymiz.

💐 Sharqona yangi yilimiz - Navroʻzi olamning qadami qutlug‘ va barakali kelsin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида "Янги Ўзбекистон" боғида Наврўз шодиёнаси бўлиб ўтмоқда. Давлатимиз раҳбари нутқ сўзлаб, халқимизни байрам билан табриклади.

В парке "Янги Узбекистон" с участием Президента Шавката Мирзиёева проходят торжества, посвященные Наврузу. Глава нашего государства выступил с речью и поздравил наш народ с праздником.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ochiq_muloqot #bekatlar
YO‘LOVCHILARGA QAYTARILAYOTGAN BEKATLAR

Savol:
Bugun ayrim tadbirkorlar bekatning fuqarolar tomonidan umumiy foydalanishda boʻlgan qismini qonunga zid ravishda oʻzboshimchalik bilan oʻzlashtirib olyapti.

Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi bu kabi holatlar yuzasidan qanday taʼsir choralarini koʻrmoqda?

Javob – videoda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqining vujudga kelishi

◻️ Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuzaga keladi.

◻️ Diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga oʻzlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshligʻining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda realizatsiya qilinganda vujudga keladi.

👉 Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, 18-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #komplaens_nazorat #korrupsiyaga_qarshi MUROJAAT QILING

▶️ Kadastr xodimlarining noqonuniy xatti harakatlari tug‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz bizga murojaat qiling!

🔹 Buning uchun maxsus @mykadastr_bot - telegram bot ishlab turibdi.

📲 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Komplaens-nazorat xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan mazkur bot orqali siz xodimlarning faoliyatidan qoniqmasangiz va korrupsiya xolatlari kuzatilgangan taqdirda ma’lumotlar berishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM