TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.13K subscribers
9.1K photos
1.11K videos
6 files
5.49K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #qutlov #ehtirom
KASBIDAN QADR TOPGAN SOHA FIDOYISI

⚜️ Kimki kasbiga sadoqatli bo‘lsa, halollik, mehnatsevarlik, sabr-qanoatni o‘ziga do‘st tutsa, u albatta kasbidan qadr topadi, atrofdagilar uchun kerakli va sevimli insonga aylanadi.

⚜️ Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Umumiy bo‘lim boshlig‘i Shoyev Alijon Akbarovich ham yuqoridagi ta’riflardan ham ko‘prog‘iga munosib inson. Salkam 40 yil davomida kadastr tizimida faoliyat yuritib soha rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, yuzlab shogirdlarni tarbiyalab, ularning yetuk kadr bo‘lib yetishishiga zamin yaratgan haqiqiy Ustoz, o‘z kasbining chinakam ustasi A.Shoyev qutlug‘ 60 yoshni qarshiladi.

🏢 Ushbu sana munosabati bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarmalar boshliqlari, turli yillarda A.Shoyev bilan birga faoliyat yuritgan hamkasblar, shogirdlar tomonidan tavallud kunini nishonlayotgan soha fidoyisi sha’niga iliq so‘zlar bildirildi, esdalik sovg‘alari taqdim etilib, maxsus videorolik namoyish etildi.

⚜️ Kadastr sohasining turli avlod vakillarini bir yerga jamlagan, go‘zal xotiralar yodga olingan, sohaning buguni va ertasi uchun qimmatli fikrlar bildirilgan ushbu tadbir ko‘pchilikning yodida uzoq vaqt saqlanib qolsa ajabmas.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
2023 йил 1 майдан бошлаб:

оиланинг меҳнатга лаёқатсиз ҳар бир аъзосига боқувчисини йўқотганлик пенсияси пенсияни ҳисоблаб чиқиш учун олинадиган пул таъминотининг (иш ҳақининг) 50 фоизи миқдорида белгиланди.

Оила аъзолари (ота-онаси, турмуш ўртоғи, 23 ёшга тўлмаган фарзандлари) даромадлар қайси ойда олинган бўлса, ўша ойда ҳар бир ой учун меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 3 баравари миқдоридаги даромадлар бўйича жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғидан озод этилади.

Оилалар белгиланган тартибда тураржойга муҳтож деб тан олинган тақдирда, тураржой билан биринчи навбатдаги тартибда таъминланади.

Қонунчиликда белгиланган ҳарбий хизматчиларга (ходимларга) тураржой сотиб олиш (қуриш) учун узоқ муддатли имтиёзли ипотека кредитлари бериш тартибига мувофиқ узоқ муддатли имтиёзли ипотека кредитларини олиш ҳуқуқи сақлаб қолинади.

Ҳалок бўлган ҳарбий хизматчининг (ходимнинг) янги никоҳга кирмаган турмуш ўртоғи ва (ёки) ҳарбий хизматчининг (ходимнинг) қарамоғида бўлган ота-онасидан бирига Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларининг ҳарбий хизматчиларига тураржойни ижарага олганлик (ижарада турганлик) учун ҳар ойлик пул компенсациясини тўлаш тартиби татбиқ этилади (мулкида тураржой бўлмаган тақдирда).

Каналга уланиш:
@uzauz
#Kadastr #UzKad #seminar
UZKAD DASTURI BO‘YICHA SEMINAR

🏢 Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida “UzKad” dasturiga yerlarni hisobga olish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

🔷 Boshqarmaning Axborot tahlili va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan mazkur seminarda barcha tuman filiallarining ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi, topograf, davlat kadastr yagona tizimi (DKYAT) muhandislari ishtirok etdi.

🔷 Unda, noturar obyektlarni UzKAD dasturiga kiritish jarayonlari, tizimga kiritishdagi ahamiyatli jihatlar yuzasidan tinglovchilarga amaliy tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Uyimni kadastr qilganimdan keyin hovlimda qoʻshimcha qurilish boʻlgan. Bu holatda kadastr hujjatiga oʻzgartirish kiritiladimi?

Javob: Kadastr hujjatlari tayyorlangan turar-joyingiz qoʻshimcha qurilgan uy-joyni ham kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishingiz zarur boʻladi. Bunda Sizga mavjud kadastr hujjatingizga oʻzgartirish kiritib, yangilab beriladi. Kadastr xizmatlariga toʻlanadigan belgilangan xizmat haqqi faqat qoʻshimcha qurilgan (kadastr hujjatida mavjud boʻlmagan) binolarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ

🏢 Korrupsiya illatiga qarshi kurashish yo‘nalishida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida muntazam targʻibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

🔷 “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” mavzusidagi navbatdagi davra suhbatida Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov so‘zga chiqib, ishtirokchilarning diqqat-eʼtiborini mehnat intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, fuqarolarga xushmuomala bo‘lish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob berish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilishga qaratdi.

🔷 Davlat fuqarolik xizmatchisining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi va korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarning (harakatsizlikning) oldini olishi shart ekani alohida ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #matbuot_anjuman

🟥🟥🟥🟥🟥🟥

📆 17-mart kuni Soat: 15:00 da

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida
🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari boshliqlari ishtirokida matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi.

🟢 Mavzu: Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to'g'risida".

⭕️ Matbuot anjumanga Ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlarni taklif etamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

⚜️ Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi:

👉 maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sugʻorish tarmogʻi, sohil boʻyi yerlari va shu kabi yerlar;

👉 aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bogʻlar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

👉 kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar).

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, 64-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Navro_z #dam_olish_kunlari
NAVROʻZ BAYRAMIDA NECHA KUN DAM OLAMIZ?

🔷 Prezident farmoniga koʻra, 2023-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilangan.

🔷 Shunga koʻra, Navroʻz bayrami munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun dam oladi.

Xususan:

18-mart (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni;
19-mart (yakshanba) – dam olish kuni;
20-mart (dushanba) – dam olish kuni;
21-mart (seshanba) – Navroʻz bayrami;
22-mart (chorshanba) – dam olish kuni.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Hafta davomida 5 562 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃 Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yizasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM