TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.39K photos
1.19K videos
6 files
5.75K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
▪️Kadastr filialining yangi binosi▪️

⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Jarqo‘rg‘on tuman filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi.

💰 Ushbu tantanali ochilish marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov, tuman hokimligidan vakillar hamda tizim mutasaddilari ishtirok etib, binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

🏛 Ushbu zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan binoda jami 17 ta xona mavjud bo‘lib, unda majlislar zali, arxiv xona va ma'naviyat xonalari hamda boshqa bo‘limlar uchun ish xonalari qurilib, yangi mebellar, zamon talablariga javob beradigan turli texnik vositalar bilan ta'minlandi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #dronlar_shousi

👌 OFK U-20 Osiyo kubogi ochilish marosimida Dronlar shousi 💫

🟢 Joriy yilning 1-mart kunida U-20 Osiyo kubogi 2023-musobaqasining ochilish marosimida 🌟Kadastr agentligining Geoinovatsiya DUK markazi tomonidan 💫"Dronlar shousi" o'tkazildi.

⭕️⭕️⭕️⭕️Mazkur tadbir dunyo bo'ylab 100 dan ortiq mamlakatlar televideniyasi orqali jonli teletranslyatsiya qilindi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #qurilish
TOSHKENT SHAHRIDA 49,5 % INVESTITSIYALAR YANGI QURILISHLARGA YO‘NALTIRILDI

📊 2022-yil yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida jami 56,7 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Ulardan 49,5 foizi yangi qurilishlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha 28,0 foiz hamda boshqa xarajatlarga 22,5 foiz investitsiyalar yo‘naltirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ma_rifat_soati
“SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI”

⚜️ Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bugun davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.

🏢 Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, uning tarkibidagi barcha tuman-filiallar xodimlari faol ishtirok etishdi.

👉 Bugungi “Siyosiy-maʼrifat soati”da:

🔷 Davlat dasturiga munosabat

🔷 Tashkilotlarda inson resurslarini samarali boshqarish (HRM) jarayonini tashkil etish mavzularida ekspertlar sharhi, “Bir chimdim maʼnaviyat” rukni tinglovchilar e’tiboriga taqdim qilindi.

◻️ Shuningdek, oʻquv soatida yurtimiz va xorijda roʻy berayotgan ahamiyatga molik voqealar haqida ham maʼlumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Uyimni kadastr qildirmoqchiman. Qayerga murojaat qilish kerak?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Maʼmuriy reglamenti talablariga muvofiq, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazi orqali, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda qayd etilgan huquq turining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlardan birini taqdim etgan holda, Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilib kadastr hujjatlarini shakllantirish va huquq turini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #803_son_qonun
QONUN VA IJRO

🔷 Xabaringiz bor, 2023-yil 1-mart sanasidan boshlab “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirdi.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi xodimlari tomonidan ham mazkur qonun talablari asosida ishni to‘g‘ri tashkil qilish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan buyurtmalar ijrosini ta’minlash, kelgusida ko‘chmas mulklarga oid yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Zakovat
“ZAKOVAT”DA BELLASHGAN “KADASTR AYOLLARI”

🌺 Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Zakovat” intellektual klubi NTT va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔷 Unda Respublikamizning 14 hududidan jami 400 dan ortiq jamoa va 2 400 nafardan ziyod ayollar ishtirok etdi.

👉 Mazkur turnirning Toshkent shahridagi hududiy bosqichida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi xotin-qizlaridan iborat “Kadastr ayollari” jamoasi 50 dan ortiq jamoa orasida kuchli 10 talikdan o‘rin egalladi.

🏢 E’tiborli jihati, mazkur jamoaga sardorlik qilgan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Bino-inshootlar va davlat yer kadastrini yuritish boʻlimi yetakchi mutaxassisi Dilnoza Mirzaraimova qo‘lga kiritilgan natijaga munosib hissa qo‘shdi.
#Kadastr #statistika #murojaatlar
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Kadastr agentligi
hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 27-fevral – 3-mart kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube