TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Кадастр агентлиги директор тайинланди

Фаррух Жахонгирович Пўлатов
Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги Кадастр агентлиги директори лавозимига тайинланди.

@uza_uz
#Kadastr #tilga_ehtirom
BUGUN XALQARO ONA TILI KUNI

📖 Bilamizki, til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning maʼnaviyati, madaniyati, urf-odati, tarixi, eng muhimi mustaqillik timsoli hisoblanadi.

📚 YUNESKO tashkiloti tomonidan 21-fevralXalqaro ona tili kuni deb eʼlon qilingan bo‘lib, mazkur sana 2001-yildan buyon butun dunyoda nishonlab kelinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos
OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YERLARNI QAYTARISH

👉🏼 Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga gʻayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga koʻra qaytariladi.

👉🏼 Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

👉🏼 Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, 91-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat

ЗАХИРАДАГИ ЕРНИНГ ЭГАСИ ЧИҚДИМИ?!

Ижтимоий тармоқларда ерини ундан тортиб олишаётганидан норози фуқаронинг мурожаати айрим муҳокамаларга ва тушунмовчиликларга сабаб бўлди.

‼️Аслини билмай туриб хулоса қилишга шошилманг!

БАТАФСИЛ БУ ЕРДА ЎҚИНГ👇
https://telegra.ph/Zahiradagi-erning-ehgasi-chi%D2%9Bdimi-02-21

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

👔 So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon. Shu sababli Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

➡️ YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TAMAGIRLIK HOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #ko_chmas_mulk
SIZ UCHUN MA’LUMOT

📊 2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra, jami koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlarining hajmi 9 674,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, ulardan 50,1 % yoki 4 847,3 mlrd. soʻmi Toshkent shahar hissasiga toʻg‘ri kelgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – USTUVOR VAZIFA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev tomonidan boshqarma xodimlari hamda tuman bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

❇️ Unda soha xodimlarining tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishi, korrupsiya, ta’magirlik kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

❇️ Yig‘ilish davomida boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov ayni yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib, barchani bu illatga qarshi birdam va hamjihat bo‘lib kurashishga chorladi.

❇️ Shuningdek, yig‘ilishda joriy yil uchun belgilangan chora-tadbirlarni bajarish bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

👉🏼 Ixtisoslashishini o‘zgartirish — bino va inshootlarni yoki alohida xonalarni, shu jumladan, qurilishi yakunlanmaganlarini ularning dastlabki loyiha-smeta va kadastr hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadli yo‘nalishining rekonstruksiya qilingan va rekonstruksiya qilinmagan o‘zgarishi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #statistika
3 790 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maʼlumot.

🔰 Ushbu maʼlumotda 2023-yilning 15-22 fevral oraligʻida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar soni bilan tumanlar kesimida tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Mirobod #murojaatlar
TUMANLARDA MUROJAATLAR O‘RGANILGANDA

🏢 Davlat kadastrlari palatasi
Toshkent shahar boshqarmasining Mirobod tumani filiali xodimlari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida jismoniy va yuridik shaxslarning kadastrga oid murojaatlarini o‘rganish, ularni hal etish borasidagi ishlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchiman. Menga boʻsh yer kerak. Qanday maslahat berasiz?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23-moddasiga asosan tadbirkorlik va shaharsozlik uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar elektron onlayn-auksion orqali ijara va mulk huquqi asosida ajratiladi.

Yerlarni auksion orqali sotish tartibi Vazirlar Mahkamasining 71-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshiriladi.

E-auksion.uz sayti orqali yer uchastkalarini sotib olish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Hafta davomida 8 490 ta kadastr pasporti shakllantirilgan▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati jamoatchilikka o‘z faoliyati va xizmatlari bo‘yicha muntazam ma’lumotlar berishda davom etadi.

📃 Navbatdagi ma’lumotda ko‘chmas mulkning kadastr pasportini shakllantirish yizasidan bir hafta davomida respublika bo‘yicha kelib tushgan arizalar va tayyorlangan kadastr pasportlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni mazkur infografika orqali ko‘rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #matbuot_anjuman

🟥🟥🟥🟥🟥🟥

⚡️ 24-fevral KUNI O‘zbekiston Milliy matbuot markazida 🌟Kadastr agentligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

Soat: 15:00 da,

🟢 Mavzu: “Georafik obyektlar nomalari hamda kartografiya sohasida 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023 yil rejalari”.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

⭕️ Ushbu matbuot anjumaniga jurnalistlarni, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #yangi_qurilishlar
YANGI OBYEKTLAR QURILISHI

🔷 Yangi obyektlar qurilishida Toshkent shahri katta ulushga ega bo‘lmoqda.

📊 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha bajarilgan ishlar ulushi 21,1 % ni tashkil etdi.

❇️ Shuningdek, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida ham yuqori ulushlar qayd etilib, mos ravishda 7,2 va 7,0 % ni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ayni_dam #sayyor_qabul
SAYYOR QABULDA MUROJAATLAR O‘RGANILMOQDA

🔴 Ayni dam, Sergeli tumani aholisining kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazilmoqda.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari hamda soha mutaxassislari murojaatchilarning masalalarini oʻrganishmoqda.

🔷 Qabul tafsilotlari haqida yana batafsil maʼlumot beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #bekatlar
O‘ZLASHTIRILGAN BEKATLAR YO‘LOVCHILARGA QAYTARILDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan umumiy foydalanishga moʻljallangan bekatlar muntazam oʻrganib kelinmoqda.

❇️ Yunusobod tumani, “Xiyobontepa” MFYda joylashgan bekatning umumiy maydoni 36 kv.m. Bekat majmuasi hududidagi umumiy 12 kv.m. yer maydoni tadbirkorga ajratilgan.

Biroq o‘rganishlarda tadbirkor tomonidan fuqarolarning umumiy foydalanishida bo‘lgan bekat qismining 12 kv.m. yer maydonidan do‘kon sifatida foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

⚜️ Vazirlar Mahkamasining 14.04.2022-yildagi 183-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq Boshqarmaning Yunusobod tumani boʻlimi inspektorlari tomonidan tadbirkorga oʻzboshimcha egallangan yer maydonini 15 kunlik muddatda ixtiyoriy bartaraf etish va umumiy bekat qismini oʻz holatiga qaytarish yuzasidan ogohlantirish xati berilgan.

Natijada tadbirkor belgilangan muddatda bartaraf qilish ishlarini amalga oshirgan.