TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.13K subscribers
9.13K photos
1.12K videos
6 files
5.53K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #huquqiy_asos #servitut
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

💠 Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qoʻshni boʻlgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

◻️Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

👉🏼 oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;

👉🏼 oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish;

👉🏼 oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish;

👉🏼 oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olish;

👉🏼 oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish.

‼️ Servitut toʻgʻrisidagi kelishuv davlat roʻyxatiga olinishi lozim.

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, 30-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr_pasporti #statistika #tahlil
52 MINGDAN ZIYOD KADASTR HUJJATI TAYYORLANDI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallariga 2022-yilda koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini tayyorlash boʻyicha jami 77 613 ta ariza kelib tushgan.

📊 Shundan 👉🏼

52 312 tasi ijobiy hal boʻlgan,

24 679 tasi rad etilgan,

♻️ 622 ta ariza jarayonda.

↗️ Kadastr hujjatini tayyorlash boʻyicha eng koʻp buyurtma (17 308 ta) Sergeli tumani ahli hissasiga toʻgʻri kelgan.

↙️ Eng kam buyurtma esa (2 691 ta) Yakkasaroy tumani aholisidan kelib tushgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaatlar
MUROJAATCHI HUZURIDA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev “Yoshlar” telekanali muxbiri hamrohligida aholi murojaatlarini oʻrgandi.

☝️Ushbu video orqali fuqaroning eʼtiroziga sabab boʻlgan holat qanday yechim topganini bilib olishingiz mumkin.

💠 Davomi bor...

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Bektemir #nazorat_tadbiri
BEKTEMIRDAGI NAZORAT TADBIRLARI

🔷 Poytaxtimizning Bektemir tumanida mahallalar bo'ylab obodonlashtirish va nazorat tadbirlari davom etmoqda.

🏢 Mazkur jarayon xususida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i J.Karimov intervyu berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Bektemir #nazorat_tadbiri
NOQONUNIY QURILMALAR BARTARAF ETILMOQDA

🔶 Poytaxtimizning Bektemir tumanidagi nazorat tadbirlari davomida noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda.

👉🏼 Batafsil mazkur reportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prokuratura #tabrik
8-yanvar - Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni

🇺🇿 Jamiyatda adolatni qaror toptirish, inson huquqlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash sharafli vazifadir.

🇺🇿 Prokuratura organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

🇺🇿 Ularga qonun ustuvorligi, xalq manfaatlarini taʼminlash yoʻlidagi oʻta masʼuliyatli vazifani sidqidildan ado etishda kuch-quvvat, yangi marralar hamroh boʻlishini tilab qolamiz.

Hurmat bilan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #murojaatlar #statistika #tahlil
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 4-7-yanvar oraligʻida yuridik shaxslardan 22 ta, jismoniy shaxslardan 92 ta, jami 114 ta murojaat kelib tushdi.

Ushbu murojaatlarning

20 tasi qanoatlantirildi;
☝️ 22 tasiga tushuntirish berildi;
➡️ 5 tasi taalluqliligi boʻyicha yoʻnaltirildi;
🔹 67 tasi ijroda.

☎️ Maʼlumotlar yuzasidan (+99871) 231-68-51 orqali 212 ichki raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #statistika #tahlil

🏢 2022-yil davomida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Toshkent shahridagi 125 138 ta yer uchastkasi va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va tuzilgan bitimlar, shundan 5 870 ta qurilishi yakunlangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish haqidagi dalolatnomalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Shundan

🏠 29 944 ta yakka tartibdagi turar joy;

🏪 14 343 ta noturar joy koʻchmas mulk obyektlari;

🏬 80 559 ta koʻp qavatli turar joylar (kvartiralar);

🏚 292 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

👉🏼 “E-AUKSION” elektron savdo platformasi
— elektron onlayn-auksion tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion jarayoniga kirish va ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2022 yildagi 685-son qarori.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaatlar
MUROJAATCHI HUZURIDA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev “Yoshlar” telekanali muxbiri hamrohligida aholi murojaatlarini oʻrgandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sud_masalalari #statistika
KADASTRGA OID SUD MASALALARI

🏢 Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi vakillari ishtirokida Toshkent shahrining fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlari, maʼmuriy sudlari, iqtisodiy sudida 2022-yil davomida jami 3 726 ta ish koʻrilgan.

Shundan,

🔷 2 089 tasi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlarida,

🔷 616 tasi maʼmuriy sudlarda,

🔷 1 021 tasi iqtisodiy sudda koʻrilgan.

⚜️ Shuningdek, 560 ta holatda Majburiy ijro byurosi tomonidan sud qarorlarini ijro etish uchun boshqarma xodimlari mutaxassis sifatida ishtirok etishga jalb qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savol: Yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib olish uchun toʻlov qilgandik. Uy bitgan boʻlsa ham kadastri chiqmayapti. Bunga nima sabab boʻlishi mumkin?

Javob – videoda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #qordan_tozalash_ishlari

❄️ Yurtimizda anomal sovuq kuzatilayotgani barchaga ma’lum. Poytaxt tumanlarida piyoda va haydovchilarning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

🏢 Eʼtiborlisi, ushbu jarayonda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, uning tarkibidagi barcha tuman-filiallari xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

❄️❄️ Yoʻllar qordan tozalanib, maxsus qorishma sepilmoqda. Bu orqali idoraga murojaat qilib keluvchi fuqarolarga qulaylik yaratishga harakat qilinyapti.

⚜️ Zero, kadastr xodimlari har qanday ob-havo sharoitida ham doimo xalq xizmatidadir.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида саноатни ривожлантириш ҳамда қўшимча захираларни аниқлаш масалалари бўйича видеослектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития промышленности и выявления дополнительных резервов.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #zaxiralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter