TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.27K subscribers
9.48K photos
1.21K videos
6 files
5.81K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🎬🎬🎬🎬

MALAKALI KADRLAR - TASHKILOT TARAQQIYOTINING ASOSI


◼️Bugungi kunda davlat idoralarida zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan yosh kadrlarni kamol toptirish, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun barcha sharoitlarni yaratish muhim vazifa hisoblanadi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ham ushbu yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️Batafsil o‘qish uchun

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yoshlar #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DA’VO ARIZASIGA ILOVA QILINADIGAN HUJJATLAR

◼️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:

1) qonunchilik talablari buzilganligi to‘g‘risida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma;

2) o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish to‘g‘risidagi ogohlantirishi;

3) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

4) huquqbuzarlik sodir etilganligi to‘g‘risidagi hujjat.

#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_997

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E’TIBOR VA E’TIROFDAGI KADASTR AYOLLARI

💐 Bugun ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida yigitlar jamoasi tomonidan maxsus bayramona dekoratsiyalar tayyorlanib, ayol hamkasblar jonli musiqa sadolari ostida kutib olindi.

◼️8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabati bilan “Aziz va muqaddas ayol” shiori ostida tashkil etilgan tadbir avvalida boshqarma boshliqlari M.Fayzullayev, A.Yunusov tomonidan poytaxt kadastri sohasida faoliyat yuritayotgan jonkuyar va fidoyi xotin-qizlar bahor bayrami bilan qutlanib, ularning sha’niga ezgu tilaklar bildirildi.

🌷Yosh iste’dod egalarining chiqishlari, qiziqarli shartlar, maxsus videorolik namoyishi hamda esdalik sovg‘alari kadastrchi opa-singillarimizga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.

#Kadastr #ayolga_ehtirom #tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️Xotin-qizlar kuni va Navro‘z munosabati bilan necha kun dam olinadi?

➡️8-mart (shanba) — Xotin-qizlar kuni;
➡️9-mart (yakshanba) — dam olish kuni;
➡️10-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
➡️21-mart (juma) — Navro‘z bayrami;
➡️22-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
➡️23-mart (yakshanba) — dam olish kuni.

🔖Mehnat kodeksining 208-moddasiga asosan dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.


#Kadastr_agentligi #Bayram_kunlari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MILLIY LIBOSDAGI KADASTR AYOLLARI

🇺🇿 Xabaringiz bor, haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” etib belgilangan.

◼️Bugun ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tizimida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, o‘zbek milliy liboslarida ish joylariga tashrif buyurdilar.

Ularning atlas va adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslari nafaqat estetik go‘zallik, balki xalqimizning boy madaniy merosini ifoda etib, ish muhitiga o‘zgacha fayz, bayramona shukuh bag‘ishladi.

#Kadastr #milliy_liboslar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MILLIY LIBOSLAR – MILLAT KO‘ZGUSI

◼️Xalqimizning ko‘p asrlik o‘tmishi, qadriyatlari va milliy madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz qadriyatlarimizning muhim qismi. Milliylikni ajdodlardan avlodlarga yetkazish yo‘lida esa barchamiz birdek mas’ulmiz.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari, uning tuman bo‘lim-filiallaridagi xodimlari bugungi “Milliy liboslar kuni”da faol ishtirok etib, milliy liboslarimizni kiyish va qadrlash an’anasini davom ettirishdi.

#Kadastr #milliy_liboslar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi yurtimizdagi barcha opa-singillarimizni, shu jumladan, kadastr sohasida faoliyat olib borayotgan xodimalarni nafosat bayrami bilan samimiy qutlaydi.

Hurmatli ayollar!

🌷Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilaymiz. Qalbingiz hamisha sevinch va muhabbatga to‘la bo‘lsin!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik #ayolga_ehtirom

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Chilonzor
BIZNING MANZILLAR: CHILONZOR TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Chilonzor tumani filiali.

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◾️Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 22/2-uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 279-21-06.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM