🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇦🇪 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-16 yanvar kunlari
rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lmoqda.
◼️Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini BAA vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va boshqa rasmiy shaxslar
kutib oldi.◼️Rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammitining ochilishi va barqaror rivojlanish sohasida Shayx Zoid nomidagi mukofotni topshirish marosimida
ishtirok etdi. 🇺🇿 Marosimda mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida g‘alaba qozongan Toshkent shahridagi Prezident maktabi taqdirlandi.
◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida o‘tayotgan “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida
nutq so‘zladi. ◼️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari sunʼiy intellekt vaziri Umar bin Sulton al-Olama bilan uchrashuv
oʻtkazdi. ◼️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari investitsiyalar vaziri, “ADQ” xoldingi bosh ijrochi direktori Muhammad Hasan al-Suvaydiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv
oʻtkazdi.◼️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv
oʻtkazdi.◼️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga tashrif doirasida “AMEA Power”, “M42” va “IFFCO Group” kompaniyalari rahbarlarini
qabul qildi.#Prezident #DavKadastrPalata Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter