TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT


⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani, Sebzor dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylar oldidagi qurilmalar haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan ⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning Olmazor tumani bo‘limi inspektorlari “Yuqori Sebzor” MFY hududida o‘tkazgan yer nazorati tadbirlarida Sebzor M17/18 dahasi, 2a-uy oldida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 36 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma (do‘kon) qurilganligi aniqlangan.

⬜️ Shundan so‘ng tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoni hamda noqonuniy qurilmani belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilgan.

⬜️ Biroq fuqaro davlat organining qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli unga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi (jarima) qo‘llanilib, noqonuniy qurilmani buzish hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bo‘shatish yuzasidan belgilangan tartibda sudga da’vo arizasi bilan murojaat etilgan.

⬜️ Natijada bugungi kunda sudning hal qiluv qarori bilan tegishli idoralar tomonidan noqonuniy qurilmani bartaraf etish hamda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish choralari ko‘rilayotganligi bildiriladi.

⚖️ Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaat
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

☯️ Poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

🫥 Agar Sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining 🤙 (+99871) 231-68-51 (ichki 212 yoki 206) telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki 💠 @kadastruzb_bot ga murojaat yoʻllash bilan mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

📍 Shuningdek, bevosita Boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda qancha mulk erkaklarga tegishli?

🌟Davlat kadastrlari palatasining 2024-yil 1-may holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha erkak mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 5 468 471 tani tashkil etadi.

◼️Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida, eng kam mulk egalari esa Sirdaryo viloyatida ekanligini ushbu infografikada  ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi #gender

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Mirzo_Ulug_bek
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DAVR TALABI

💬 Korrupsiya illatining oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish muhim hisoblanadi.

💬 Shu maqsadda ⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi shunday tadbir DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘I v.v.b. A.Islamov hamda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov boshchiligida📍Mirzo Ulug‘bek tumanida tashkil etildi.

💬 Unda xodimlarga o‘ziga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish, murojaatlarni vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, ta’magirlik, korrupsiya kabi salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

💬 Darhaqiqat, korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq. Unga qarshi kurashish esa dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolaveradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

⭐️ Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Olmazor tumani bo‘limi inspektorlari “Yuqori Sebzor” MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida Sebzor M17/18 dahasi, 2a-uy oldida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 36 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydilar.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

🤔 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada bugungi kunda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.

#Kadastr #yer_nazorati #Olmazor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #auksion
"E-AUKSION" PLATFORMASI ORQALI SOTIB OLING!

🌐 "E-auksion" platformasida ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini sotib oling!

🫥 Toshkent shahrida 16 ta (ko'rish)

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Ko‘chmas mulkka bo‘lgan qanday huquq yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak?

Javob: Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

🫥 mulk huquqi, doimiy egalik qilish huquqi, doimiy foydalanish huquqi, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi, ijara huquqi, ikkilamchi ijara huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi, operativ boshqarish huquqi, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi, bepul foydalanish huquqi, renta, ipoteka, servitut, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

KADASTR XODIMLARI MAHALLALARDA

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari xodimlari tomonidan "Kadastr xalq xizmatida" shiori ostida “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganishlar olib borilmoqda.

💠 Jumladan, boshqarmaning 📍Yangihayot tumani filiali mutaxassislari “Humo”, “Olchazor” hamda “Mash’al” mahallalarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlarning kadastrga oid masalalarini o‘rgandilar. Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

🗣Toshkent shahrida kadastr yo‘nalishida aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Yangihayot

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

UCHTEPA TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI


⭐️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan zamonaviy texnologiyalar, kosmik suratlar va dronlar yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.

🔵 Jumladan, 📍 Uchtepa tumanining “Katta Cho‘ponota”, “Zarafshon” hamda “Ko‘ksaroy” MFYlari hududida oʻtkazilgan navbatdagi yer nazorati tadbirlarida yer qonunbuzilish holatlari dronlar yordamida aniqlandi.

📃 Aniqlangan holatlar yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, tegishli tartibda ogohlantirish xatlari berildi.

💬 Toshkent shahrida kuchaytirilgan tartibdagi yer nazorati tadbirlari davom etadi.

#Kadastr #yer_nazorati #dron #Uchtepa

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📆Joriy yilning 14-19 may kunlari Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Qozon shahrida “Rossiya-Islom dunyosi: Kazanforum” xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

🌐Forum dasturidan islom moliyasi, investitsiya, ishlab chiqarish, logistika, turizm, texnologiya, xalqaro hamkorlik, diplomatiya, biznes imkoniyatlar kabi mavzular bilan bir qatorda fazoviy maʼlumotlar infratuzilmasini rivojlantirish hamda ulardan strategik maqsadlarida foydalanish masalalari ko‘tarildi.

🫥Tadbir doirasida “Mamlakatlarni geofazoviy maʼlumotlar sohasida qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamkorlik” mavzusida panel muhokamalari o‘tkazildi hamda Rossiya va Islom dunyosi mamlakatlari o‘rtasidagi geodeziya va kartografiya sohasidagi hamkorlikning dolzarbliligi kabi masalalarni muhokama qilindi.

🌟Kadastr agentligi⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori A.S.OmonovO‘zbekiston Respublikasida fazoviy maʼlumotlarni rivojlanishi” mavzusi bilan spiker sifatida ishtirok etdi.

➡️Bunda Kadastr agentligida kadastr, geodeziya va kartografiya ishlarida masofadan turib zondlash va geofazoviy maʼlumotlarni rivojlantirishda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

#Kadastr_agentligi #Aerogeodeziya

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM