TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.27K photos
1.15K videos
6 files
5.63K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #brifing #xususiylashtirish
FILIAL BOSHLIGʻI ISHTIROKIDA BRIFING

Siz o‘zingiz yashab turgan hovli-joyning yer uchastkasini xususiylashtirishga qaror qildingiz. Bu qanday tartibda amalga oshishidan xabardormisiz?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tumani filiali boshlig‘i F.Ergashev ishtirokida oʻtkazilgan brifingda shu haqda batafsil ma’lumot berildi.

Muhim eslatma: Yer uchastkasiga bo‘lgan mulkdorlik huquqi fuqaroga nafaqat bino-inshoot, balki uning yerini ham alohida sotish imkonini beradi. Shuningdek, bu yerdan garov obyekti sifatida foydalanish mumkin. Yerni mulk sifatida bankka garovga qo‘yib, ipoteka krediti olish imkoniyati ham mavjud.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #Olmazor
OLMAZOR TUMANIDA YANA BIR HOLAT BARTARAF ETILDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi mas’ul xodimlari Yangi Sebzor MFY 4-uy oldida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 55 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

📝 Holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq fuqaroga o‘zboshimcha egallangan yer maydonini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xati berildi.

Yo‘l qo‘ygan xatosining huquqiy oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetgan fuqaro mazkur noqonuniy qurilmani bartaraf etib, qonunchilikda belgilangan ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.

⚠️ Unutmang, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga BHMning 25 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
SIZ UCHUN MA’LUMOT

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish

⚜️ Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

👤 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

📁 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar)

⌛️ Xizmatni ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni davomida.

📝 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 424-son qarori.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zbekistonning aholisi eng zich hududi qaysi
?

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 1 kv.kilometrga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelmoqda.

☯️ Hududlar bo‘yicha tahlil etilganda, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 6 826,7 kishi, so'ngra Andijon viloyatida 792,8 kishi, Farg‘ona viloyatida 603,5 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Navoiy viloyatida 9,7 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,1 kishini tashkil etgan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV BIZ HAQIMIZDA


⭐️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari H.Ochilov 🇺🇿 “Oʻzbekiston” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilgan 📹 “Yuridik klinika” dasturida ishtirok etishdi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #tv

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

⚠️ Qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

💠 O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beriladi hamda imoratni 15 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

SERGELI TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI OAV NIGOHIDA

⭐️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasida tuzilgan Ishchi guruhlar tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

📍Sergeli tumanida zamonaviy texnologiyalar yordamida olib borilgan yer nazorati tadbiri tafsilotlari 📹 "Mahalla" telekanalining "Mahalla yangiliklari" informatsion dasturida yoritildi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #tv

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YUNUSOBOD TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARIDA DRONLARDAN FOYDALANILDI


⭐️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Unda zamonaviy texnologiyalar, kosmik suratlar va dronlar yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq holatlar, noqonuniy qurilishlar aniqlanib, ularni bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

◼️Jumladan, bugun 📍 Yunusobod tumanining “Mirzo Ulug‘bek” hamda “Husniobod” mahallalari hududida oʻtkazilgan yer nazorati tadbirlarida yer qonunbuzilish holatlari dronlar yordamida aniqlandi.

💬 Tafsilotlar haqida batafsil maʼlumot beriladi.

Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar!

⚖️ Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik borligini unutmang!

#Kadastr #yer_nazorati #dron #Yunusobod

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Mirobod
BIZNING MANZILLAR: MIROBOD TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Mirobod tumani filiali

🎲 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

📍 Manzil: Yakkasaroy tumani, Askiya ko'chasi, 29-uy.

📍Lokatsiya

🤙 Murojaat uchun telefon: (+99871) 254-86-86.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #karyera_kuni
BITIRUVCHI YOSHLAR UCHUN YANA BIR IMKONIYAT

💠 Yoshlar bandligini ta'minlash hamda Universitet talabalarini ishga joylashishlariga ko'maklashish maqsadida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan joylarda mehnat yarmarkalari tashkil etib kelinmoqda.

🤔 Jumladan, bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib o‘tgan "Karyera kuni" mehnat yarmarkasida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari masʼullari sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

💠 Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar boshqarma hamda hududiy bo‘limlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ularga qo‘yiladigan talablar va ishga qabul jarayonlari haqida ham kerakli tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM