TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.31K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.41K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌐 “22-aprel — Xalqaro yer kuni” munosabati bilan joriy yil 16-17-aprel kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda geomatika sohasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

😄 Ushbu konferensiyada mazkur Universitet professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatorlari, Qo‘mita raislari hamda hamkor tashkilot va korxonalar vakillari, shu jumladan 🌟Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari A.Abdullayev ham ma’ruza bilan ishtirok etmoqda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Kadastr #matbuot_tadbiri
📣 DIQQAT, EʼLON 📣

📆 “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan joriy yilning 19-aprel kuni soat 11:00 da Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi majlislar zalida “Kadastr sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar: raqamlashayotgan kadastr” mavzusida matbuot tadbiri bo‘lib o‘tadi.

💻 Unda mas’ullar tomonidan kadastr sohasidagi raqamlashtirish jarayonlari, “E-yer nazorat” hamda “Uzkad” dasturlarining afzalliklari, Toshkent shahridagi “Namunali arxiv” loyihasi haqida ma’lumot beriladi.

🔶 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

📲 Matbuot anjumanida ishtirok etish uchun +99 007-23-55 telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtishingiz soʻraladi.

📌 Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, KXAY koʻchasi, 9-uy.

📍 Lokatsiya.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📄Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🧊 Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🚜 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🏢 Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🗺 Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari;

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qarori.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Hokimiyat va kadastr “Yashil makon”ga qarshimi?” sarlavhasi ostida, Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Katta Jarariq MFY, 320-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining bir qismi auksionda sotib yuborilibdi mazmunidagi murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

◻️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, ochiq auksionga chiqariladigan bo‘sh yer maydonlarini materiallarini tayyorlash, ko‘rib chiqish, kelishish yoki rad etish faqat hokimiyat va kadastr idoralarigina emas, balki Qurilish, favqulodda vaziyatlar, barcha kommunal sohalar, sanitariya-epidemiologiya, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi hamda barcha mutasaddi tashkilotlarining ijobiy xulosalari olingandan so‘nggina auksion savdolariga chiqarilishi belgilangan.

◻️ Yuqoridagi qaror talablariga asosan, Katta Jarariq MFY, 320-sonli maktab hududining 0,16 ga bo‘sh yer maydonini auksionga chiqarish bo‘yicha tegishli materiallar tayyorlanib “Yer-elektron” axborot almashuv tizimiga kiritilgan hamda belgilangan tartibda kelishishi lozim bo‘lgan mas’ul tashkilotlarning ijobiy xulosalariga asosan, ushbu yer maydoni ochiq auksion savdolariga chiqarilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍5
#Kadastr #Butunjahon_yer_kuni #onlayn_viktorina
DIQQAT, E’LON!

🌏 22-aprel - “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan joriy yilning 18-aprel kuni soat 15:00 da Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining telegram platformasi orqali “Bizning yer, bizning kelajak” shiori ostida onlayn viktorina o‘tkaziladi.

🎁 Savollarga eng ko‘p to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar boshqarma tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

💻 Marhamat, Siz ham ushbu onlayn viktorinada faol qatnashib, o‘z bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing. Barchaga omad yor bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4🔥1
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

HURMATLI FUQAROLAR!


🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

‼️ Agarda Siz, kadastr tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz 👉🏼 @mykadastr_bot manziliga yoki ☎️ (71) 233-14-88, (71) 231-68-51 (ichki 246) telefon raqamlariga murojaat qiling.

‼️ MUROJAATCHI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #tv
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏗🏠 Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish zarur, ushbu uylarga qachon kadastr pasporti shakllantirib beriladi?

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi O‘ktam Saliyev "Milliy" telekanalining "Gapirmasak bo‘lmaydi" tok-shousida ishtirok etib, yuqoridagi savollarga javob berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#huquqiy_ma_lumot

📝 Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

🏠 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣ ko‘p kvartirali uydagi kvartira -3 ish kunigacha.

2️⃣ yakka tartibdagi turar joy - 5 ish kunigacha.

🏢 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha.

2️⃣umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha.

3️⃣umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha -10 ish kunigacha.

4️⃣umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha.

5️⃣umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha - 20 ish kunigacha.

6️⃣umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq - 25 ish kunigacha.

7️⃣ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha - 3 ish kunigacha.

💳 Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (31 minutes)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulk bozori sarhisobi

🇺🇿 Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari mart oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorini sarhisob qildi.


📉 Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha 17,8 mingta shartnoma tuzildi, bu fevral oyiga nisbatan 20%ga kam.

📊 Mart oyida poytaxtning uy-joy ijara bozorida xaridorlarning faolligi 2,2%ga kamaydi va 1 kv.m. uchun 8,6 dollarni tashkil etdi.

📈 Narxlarning eng ko‘p pasayishi qayd etilgan tumanlar Yashnobod 10,3%, Mirobod 10,9% va Yakkasaroy 13,3% bo‘ldi.

📉Mart oyida ikkilamchi uy-joy bozori fevral oyidagi 0,8%ga nisbatan 0,5%ga o‘sdi. Yillik shartlarda ikkilamchi bozor narxlar 14,1%ga oshdi.

🇺🇿 Poytaxtda ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi ham sekinlashdi.

◼️ Umuman olganda, yil davomida poytaxtdagi ikkilamchi uy-joy bozori 14,3%ga o‘sdi.

#DavKadastrPalata  #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4