TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.3K photos
1.33K videos
6 files
6.44K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Jarayon #sayyoramiz_soati
“YER VAQTI” AKSIYASI

🌍 "25-mart — Yer vaqti kuni" munosabati bilan bugun yurtimizda “Yer soati” aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

🏢 Aksiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tashkilotlarida ham elektr energiyasini bir soatga o‘chirilishi belgilangan bo‘lib, shu jumladan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari binosida chiroq, kompyuter texnikalari ma'lum muddatga elektr energiyasidan o‘chirib qo‘yildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
#Kadastr #audio_muloqot
DIQQAT, E’LON!

Hurmatli poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari!

🔹Sizning kadastr xizmatiga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida onlayn audio jonli muloqot o‘tkaziladi.

🔹Mavzu: “Kadastr xizmatlarini koʻrsatish muddati va murojaat qilish tartibi”

🔹Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🔹Vaqti: 2024-yil 27-mart, soat 15:00 da.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

‼️ Xabaringiz bor 🌟Kadastr agentligi vakillari 🇰🇷Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi LX korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirayotganligi to'g'risida xabar bergan edik.

🟢 Malaka oshirish davomida 🌟Kadastr agentligi vakillari 🇰🇷Koreyada yer boshqaruvi va geofazoviy axborot yo'nalishi bo'yicha bilim va tajriba almashishmoqda.

➡️24-mart kuni:

💠 Fazoviy ma'lumotlar yo'nalishida kadrlarni tayyorlash siyosatini joriy etish;
💠 Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati yuzasidan seminar bo’lib o’tdi.
Shuningdek,
Agentlik mas'ullari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

💬 Kunning ikkinchi yarmida LX fazoviy ma'lumotlar akademiyasi sharoitlari bilan tanishildi va talabalarning dars jarayonlari kuzatildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Chilonzor #Yangihayot
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DAVR TALABI

📌 Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

📍Navbatdagi davra suhbatlari Chilonzor hamda Yangihayot tumanlarida tashkil etildi.

🔷 Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan xodimlarga mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, tizimda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ro'yxatdan o'tkazuvchilar malakasi oshirilmoqda


🌟 Davlat kadastrlari palatasi raisi topshirig'iga ko'ra, hududiy boshqarmalar Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'limlarining bosh ro'yxatdan o'tkazuvchi va ro'yxatdan o'tkazuvchilar malakasini oshirish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi binosida Markaziy apparat mutaxassislari tomonidan o'quv seminarlari o'tkazilmoqda.

◼️Seminarlar joriy yilning 25-29-mart sanalarida o'tkazilib, bunda hududiy boshqarma mutaxassislarning kasbiy salohiyati hamda UZKAD tizimida ishlash bilimini yanada oshirish ko'zda tutilgan.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Sergeli
MAHALLABAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari xodimlari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Sergeli tumani filiali mutaxassislari “Oltin vodiy” hamda “Yuqori Darxon” mahallalarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar.

🔷 Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍7👎1
#Kadastr #bizning_manzillar #Chilonzor
BIZNING MANZILLAR: CHILONZOR TUMANI FILIALI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Chilonzor tumani filiali.

📝 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

📌 Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 22/2-uy.

📍Lokatsiya.

☎️ Murojaat uchun telefon: (+99871) 279-21-06.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xorijda yer munosabatlari

🇸🇬 Hududining kichikligi bo‘yicha dunyoda 20-o‘rinda turuvchi Singapur davlatining umumiy maydoni 733 kv.kmni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, bu Tokiodan 3 barobar, Londondan esa 2 barobar kichik deganidir. Singapurda yer o‘ta taqchil va noyob resurdir.

📹 Batafsil ushbu videoda...

#DavKadastrPalata #xorijda_yer_munosabatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

🔷 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

‼️ Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4