TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.3K subscribers
10.2K photos
1.3K videos
6 files
6.3K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash tartibi belgilandi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (124-son, 11.03.2024 y.) bilan 🏙 "Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:

◾️ tuman (shahar) hokimliklarida tibbiyot birlashmalari, kadastr bo'limi, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va fuqaroning doimiy yashash joyi bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakillaridan iborat tarkibda;

◾️ idoraviy uy-joy fondi bo'lgan tashkilotlarda ularning mas'ul xodimlari va kasaba uyushmasi vakilidan iborat tarkibda turar joy masalalari bo'yicha komissiya tuziladi.

😄 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o'zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXPda ro'yxatdan o'tadi.

📃 Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lgan vakili Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan bo'lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish bo'yicha so'rovnomani elektron tarzda to'ldiradi.

So'rovnomada ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni ariza beruvchidan talab qilish ta'qiqlanadi.

🪙 Davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun yig'im undirilmaydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio
RADIODA KADASTR XIZMATLARI MAVZUSI

📻 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi Bahromjon Abdumalikov 🇺🇿 “Oʻzbekiston” radiokanalida efirga uzatilgan “Oqshom to‘lqinlarida” eshitirishida ishtirok etdi.

🎙Mutaxassis dastur davomida “Kadastr xizmatlarini koʻrsatish muddati va murojaat qilish tartibi” mavzusida tinglovchilar tomonidan yuborilgan savollarga javob qaytardi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda 148 819 ta ko'chalar mavjud

🌟 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati tizim faoliyatiga doir qiziqarli statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

🕔 2024-yil 1-mart holatiga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tuman, shaharlarida jami 148 819 ta ko'chalar mavjud.

🫥 Batafsil mazkur infografika orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #planshet
YERGA OID QONUNBUZARLIKLAR PLANSHET ORQALI ELEKTRON RASMIYLASHTIRILMOQDA

🔷 Kadastr agentligi tomonidan Toshkent shahrida davlat yer nazorati tadbirlarini amalga oshirishga moʻljallangan 48 ta maxsus planshetlar yer nazoratchi inspektorlarga yetkazildi.

🔷 Endilikda mazkur qurilma orqali yer qonunbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritib, elektron koʻrinishda maʼmuriy bayonnomani oʻsha joyning oʻzida rasmiylashtirish imkoni yaratildi.

🔷 Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy sayti muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.

👉 Batafsil UzA maqolasida 👈

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
KO‘CHMAS MULK TARIXI HAQIDA MA'LUMOT OLISH

💻 Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

👥 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

🗞 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
talab etilmaydi

⌛️ Xizmatni ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni davomida

📝 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sayyor_qabul #Yashnobod
🔸 DIQQAT E’LON! 🔸

📣 Poytaxtimizning Yashnobod tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

🏢 Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Yashnobod tumani filialida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida o‘tkaziladi.

📆 Kuni: 2024-yil, 19-mart, soat 10:00 dan.

☎️ Qabulga yozilish uchun: (+99871) 296-67-61, 296-44-80.

📌 Manzil: Yashnobod tumani, Alimkent 1-tor ko‘chasi, 3-uy.

📍Lokatsiya.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

🏪Hisobot davri: 7-14-mart, 2024-yil

📁 Jami kelib tushgan: 12 738 ta
       Shakllantirilgan: 3 856 ta

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from my.gov.uz
📣Eʼlon!

❗️my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

📱21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

⚙️ Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

🟡 Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!

📱Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.

my.gov.uz egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook 📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📢📢📢📢📢

◾️ 2024 yilning 16-18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi ◾️

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishiga ko‘ra, Respublikada “Navro'z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, 🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

#kadastr #hashar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #umumxalq_xayriya_hashari
XAYRIYA HASHARIDA KADASTRCHILAR HAM FAOL

⚜️ Xabaringiz bor, mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

🏢 Ushbu ezgu va savobli tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, uning tarkibidagi barcha tuman-filiallar xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

🔷 Jumladan, bugun erta tongdan boshqarma xodimlari bahoriy bayramona kayfiyat hamda o‘zaro hamjihatlik ruhida hashar tadbirini boshlab yubordilar.

🔷 Hashar davomida ariqlar tozalanib, bino joylashgan hudud yon-atrofi yanada orasta holatga keltirildi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Eslatma
NAVRO‘Z BAYRAMIDA O‘ZBEKISTONLIKLAR NECHA KUN DAM OLISHADI?

📆 Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

🔷 21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

🔷 22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

🔷 23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

🔷 24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #umumxalq_xayriya_hashari
OBOD VA FAYZLI MAHALLA – YURT KO‘RKI

💐 Har bir inson o‘z yashash manzili, ish joyini saranjom-sarishta saqlasa, bundan ko‘zlar quvonib, dillar quvonchga to‘ladi. Zero, ozodalik bor joyda qut-baraka, ishning unumi bo‘ladi. Ushbu jihatlar xalqimizning birligi, ahilligini namoyon qiluvchi hashar tadbirida yanada yorqinroq aks etadi.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining barcha tuman bo‘lim-filiallar xodimlari ham umumxalq xayriya hasharida uyushqoqlik bilan qatnashdilar.

🌳 Hashar davomida binolar atrofi, xizmat xonalari yana bir bor ko‘zdan kechirilib, obodonlashtirish yumushlari amalga oshirildi. Xususan, hudud atroflari chiqindilardan tozalandi, daraxtlar tartibga keltirilib oqlandi.

🇺🇿 Obodlik avvalo ostonadan boshlanadi. Yurtimiz, mahallalarimiz hududining yanada ko‘rkam, obod va fayzli bo‘lishi uchun har birimiz mas’ulmiz!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube