TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.23K subscribers
9.21K photos
1.14K videos
6 files
5.59K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida Shayxontohur tumanida joylashgan “Kamolon kabob markazi“ rahbarining videomurojaati e’lon qilindi. Murojaat muallifining so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilda mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan mazkur manzildagi bo‘sh yotgan tashlandiq yer tadbirkorlik uchun hech qanday xat-hujjatlarsiz ajratib berilganligi, kredit mablag‘lari hisobiga kabob markazi barpo qilganligi va hozirgi kunda sud qaroriga ko‘ra majburiy tartibda buzilayotganligini ma’lum qilgan.

⬜️ Mazkur murojaat yuzasidan Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning Shayxontohur tuman bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan, tumanning Qozirobod 1-tor ko‘chasi, 61b-uy atrofida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirida fuqaro B.Y. o‘ziga huquqiy hujjatlarga asosan tegishli bo‘lgan 240 kv.m yer maydonidan tashqari 70 kv.m. yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olganligi va noqonuniy qurilish qilinganligi aniqlangan.

⬜️ Shuningdek, ushbu qurilish uchun vakolatli organlardan hech qanday ruxsatnoma olmaganligi sababli tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini va unda qurilgan noqonuniy qurilmani belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilgan.

⬜️ Biroq, fuqaro davlat organining qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli, unga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi qo‘llanilib, noqonuniy qurilmani buzish hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bo‘shatish yuzasidan belgilangan tartibda sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilingan. Sud tomonidan da’vo talablari to‘liq qanoatlantirilib, qayd etilgan noqonuniy qurilmalarni buzish hamda yer maydonini bo‘shatish yuzasidan qaror qabul qilingan.

⬜️ Bugungi kunda sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganligi sababli, Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘limi tomonidan mazkur qarorni majburiy ijro etish choralari ko‘rilmoqda.

⬜️ Shuni alohida ta’kidlash joizki, videomurojaatda “Kamolon kabob markazi“ to‘liq majburiy tartibda buzilmoqda deb aytilgan fikr haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki faqatgina o‘zboshimchalik bilan egallab olingan davlat zaxirasidagi 70 kv.m. yer maydonidagi noqonuniy qurilmani majburiy tartibda buzilishi sud qarorida qayd etilgan va ijroga qaratilgan.

⬜️ Noqonuniy egallangan 70 kv.m. yer maydonidagi qurilmaning belgilangan tartibda majburiy buzilishi hujjatlarda keltirilgan bo‘lsa-da, murojaat muallifi butun bir tadbirkorlik subyektining buzilayotganini iddao qilmoqda. Bu esa “pashshadan fil yasash” bilan teng xolos. Aslida “Kamolon kabob markazi“ qonun hujjatlariga ko‘ra 240 kv.m. yer maydonida o‘z faoliyatini olib borishiga qonunchilikda hech qanday to‘siqlar mavjud emas.

⬜️ Xulosa o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlar talablariga rioya qilib faoliyat yuritayotgan har bir tadbirkor hamda fuqarolar davlat himoyasida. Qonun talablaridan chetga chiqish esa e’lon qilingan videomurojaatdagi kabi ortiqcha muammo va dilxiraliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki qonunni bilmaslik, javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!


🫥 Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

📆 Imtihon kuni: 2023-yil, 21-dekabr,
🏪 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

⬇️ Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📱 Imtihoni jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

Malaka imtihonida 40 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul #Chilonzor #Uchtepa
🔸 DIQQAT E’LON! 🔸

📣 Poytaxtimizning Chilonzor hamda Uchtepa tumanlari fuqarolari va tadbirkorlari!

🏢 Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Chilonzor tumani filialida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📝 Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari ishtirokida o‘tkaziladi.

🗓 Kuni: 2023-yil, 21-dekabr, soat 10:00 dan.

☎️ Qabulga yozilish uchun: (+99871) 279-21-06.

📍Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 22/2 uy.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi


🇺🇿 Hukumat qarori (660-son, 14.12.2023 y.) bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📃 Nizomga ko‘ra, davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs (tashabbus ko‘rsatuvchi) tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.

◼️Bunda tashabbus ko‘rsatuvchi bevosita Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga yoki uning hududiy boshqarmalariga (ijaraga beruvchiga):

▫️davlat mulkining tavsifi va joylashgan joyini;
▫️balansda saqlovchini (bunday ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatgan holda taklifini yozma yoki elektron taqdim etadi.

◼️Takliflar shu kunning o‘zida ko‘rib chiqish uchun ijaraga beruvchiga yuboriladi.

Shunga ko‘ra, ijaraga beruvchi 2 kun muddatda balansda saqlovchiga davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha munosabat bildirish yuzasidan so‘rov yuboradi.

Ijaraga beruvchi balansda saqlovchining arizasi kelib tushgandan 2 kunda davlat mulkini “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali onlayn-auksion savdosiga chiqaradi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/davlat-mulkini-ijaraga-berish-tartibi-belgilandi/

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_savodxonlik
HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI

🔷 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalarida xodimlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

🔷 Unda DKP Toshkent shahar boshqarmasi bosh yuristkonsulti O.Anvarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 15.11.2023 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 878-son Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

🔷 Bo‘lib o‘tgan o‘quv seminari davomida mavzuga oid targ‘ibot materiallaridan samarali foydalanilib, qonun bilan joriy etilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❄️ Kadastr xizmatlari uchun sovuqda yurishingiz shart emas!

🌨 Yurtdoshlarimiz kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun my.gov.uz portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📝 Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur
NOQONUNIY QURILMA BARTARAF ETILDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari vaqtida O‘zbekiston MFY, Paxtachi va Jarariq ko‘chalari kesishmasida o‘zboshimchalik bilan egallangan 32,0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi.

📝 Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga qonunchilikka asosan o‘zboshimcha egallangan yer maydonini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Natijada bugungi kunda fuqaro tomonidan mazkur noqonuniy qurilma bartaraf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Yunusobod
KADASTRDA AHOLI MANFAATLARI USTUVOR

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari xodimlari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Yunusobod tumani filiali mutaxassislari “Bobodehqon”, “G‘ayratiy” hamda “Sharq haqiqati” mahallalarida bo‘lib, fuqarolarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar. Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #DXMdagi_xizmatlarimiz
SIZ UCHUN MA'LUMOT

⬜️ Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi

Murojaatlar qabul qilinadi:

👉🏼 Davlat xizmatlari markazi;
👉🏼 YIDXP – my.gov.uz orqali.

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:

⚜️ Ijara shartnomasi

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

1 ish kuni.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Jamoatchilik fikrini o'rganamiz


🫥 Xabaringiz bor, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari, tuman, shahar filiallari aholiga kadastr xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Fuqarolarga samarali va sifatli xizmat ko'rsatish, murojaatchilarning muammolariga tegishli yechimlar berish tashkilotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

💠Shu boisdan aholi va tadbirkorlarning kadastrchilar faoliyati, xizmat ko'rsatish sifati va tezkorligini baholash maqsadida murojaatchilar fikriga qiziqdik. Har bir bildirilgan fikrlar inobatga olingan holda, ko'rsatilayotgan xizmatlar va aholiga yaratilayotgan sharoitlar bo'yicha targ'ibot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligi anglandi.

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📚📚📚📚

Ijtimoiy tarmoqlarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bosh mutaxassisi E.Safarov firibgarlik hamda pora berishda gumonlanib hibsga olinganligi haqida xabarlar tarqaldi.

‼️ Bosh mutaxassis E.Safarov hozirda ish faoliyatini idorada davom ettirayapti.

Shu o‘rinda eslatma:
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 6-moddasida Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan.

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM