TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #yer_nazorati #Sergeli
YER NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari yer munosabatlarini tartibga solish, undan maqsadli foydalanish borasida zarur chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

❇️ Jumladan, boshqarmaning Sergeli tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari vaqtida Shukrona MFY, 268-maktab oldida o‘zboshimchalik bilan egallangan 180,0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlangan.

📝 Yuqoridagi holat yuzasidan qonunchilikka asosan fuqaroga o‘zboshimcha egallangan yer maydonini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xati berilgan.

Natijada fuqaro o‘z qilmishining huquqiy oqibatlarini tushunib yetib, belgilangan muddatda mazkur noqonuniy qurilmani bartaraf etdi. Shu sababli u javobgarlikdan ozod etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar O‘zbekiston24 telekanalining Tahlilnoma dasturida.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Diqqat, e’lon!

📶 “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlarida rejali modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan 2023-yilning 28-noyabr va 1-dekabr kunlari soat 00:00dan 06:00gacha my.gov.uz orqali ko‘rsatiluvchi elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

▪️Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar
TOSHKENT SHAHRIDA JOYLASHGAN KADASTR IDORALARINING MANZILLARI

🏢 Kadastr agentligi
va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari hamda uning bo‘lim-filiallarining manzillari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

📌 Bektemir tumani

📌 Mirobod tumani

📌 Mirzo Ulug‘bek tumani

📌 Sergeli tumani

📌 Olmazor tumani

📌 Uchtepa tumani

📌 Shayxontohur tumani

📌 Yashnobod tumani

📌 Chilonzor tumani

📌 Yunusobod tumani

📌 Yakkasaroy tumani

📌 Yangihayot tumani

📌 Toshkent shahar boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #anons #ochiq_muloqot
KADASTRCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

📻 Bugun Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Sergeli tumani bo‘limi boshlig‘i A.Hakimov hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Uchtepa tumani filiali boshlig‘i S.Bashrullayev ishtirokida “Oʻzbekiston” radiokanali jonli efirida ochiq muloqot tashkil etiladi.

🎙Mutaxassislar “Shu kunning mavzusi” eshitirishida sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berib, tinglovchilarning kadastrga oid savollariga javob qaytarishadi.

🕰 Siz ushbu dasturni FM 103.1 to‘lqinida soat 12:00 dan boshlab tinglashingiz, ☎️ (71) 286-31-32, (71) 233-92-04 telefon raqamlari orqali oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

🇺🇿 Hukumat qarori (612-son, 20.11.2023 y.) bilan “Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti” qabul qilindi.

📝 Unga ko‘ra, ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXP (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi.

Arizalar YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Shayxontohur
KADASTR – AHOLI MANFAATLARI YO‘LIDA

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari xodimlari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida “Mahallabay”, “Xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Shayxontohur tumani filiali mutaxassislari “Huvaydo”, “Bo‘ston”, “Taxtapul”, “Jangoh” mahallalarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar.

Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

❇️ Toshkent shahrida kadastr yo‘nalishida aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🟢So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🟢Shu sababli 🌟Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TA'MAGIRLIK XOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
📌Ogohlik davr talabi!!!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев фармацевтика ва электротехника саноатида ишлаб чиқаришни янада қўллаб-қувватлаш, корхоналарнинг экспорт салоҳиятини ошириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам дальнейшей поддержки производства и повышения экспортного потенциала предприятий в фармацевтической и электротехнической промышленности.

#Mirziyoyev #yigilish #farmatsevtika #elektrotexnika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #huquqiy_asos
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YERLARNI QAYTARISH

1️⃣ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

2️⃣ Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

3️⃣ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, 91-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda onlayn audio muloqotlar davom etadi!

▶️ Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!

🌟 Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqotlar o‘tkaziladi.

Ushbu infografikada joriy yilning dekabr oyida rejalashtirilgan ochiq audio muloqotlar sanasi bilan tanishishingiz mumkin.

⚡️ Jonli efirlar rejaga muvofiq quyidagi hududiy boshqarmalarning rasmiy telegram platformasi orqali o‘tkaziladi:

▫️Samarqand viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Toshkent shahri

➡️ Kadastrga oid savollaringiz bilan o'z hududingizning telegram kanali orqali o'tkaziladigan audiomuloqotda qatnashing va hududiy mutaxassislarimizga to'g'ridan-to'g'ri savolingizni berib, javob oling!

#DavKadastrPalata #audio_ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Shayxontohur
NOQONUNIY QURILMA BARTARAF ETILDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari vaqtida O’zbekiston MFY, Jarariq 1 mavzesi, 69-uy manzilida o‘zboshimchalik bilan egallangan 196,0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi.

📝 Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube