TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.47K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Yunusobod 13-daha aholisi bong urmoqda: bu yerda qabristonga taqab aholi uchun turarjoylar qurilmoqda” sarlavhasi ostidagi murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning arxiv hujjatlariga muvofiq, Toshkent shahar Yunusobod tumani, 13-mavzeda joylashgan 17-sonli avtoturargoh obyekti birlamchi hujjatlarga ko‘ra avval Toshkent shahar hokimining 2008-yil 30-apreldagi qaroriga asosan “AVTOMOTOHAVASKOR TЕXNIKA SERVIS” MCHJga 0.25 ga yer maydoni avtomobillarni saqlash joyi tashkil etish uchun ajratib berilgan va 2013-yil 23-yanvarda “AVTOMOTOHAVASKOR TЕXNIKA SERVIS” MCHJga egallab turgan 3255.0 kv.m. yer maydoniga inventar kadastr hujjatlari shakllantirib berilgan.

⬜️ 2020-yil 7-dekabrdagi dalolatnomaga asosan maydoni 1146.0 kv.m. ga teng ikkita bino va ikkita inshoot foydalanishga qabul qilingan va 2020-yil 9-dekabrda “AVTOMOTOHAVASKOR TЕXNIKA SERVIS” MCHJga mulk huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

⬜️ Chilonzor tumani xususiy notarial idorasi tomonidan 2020-yil 16-dekabrda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan yuqoridagi bino-inshootlar “SOUTH LAND” MCHJga o‘tadi va 2020-yil 21-dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

‼️ Ma'lumot uchun: qurilishga ruxsat berish, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga huquqiy baho berish yoki ularni bekor qilish Kadastr idoralarining vakolatiga kirmasligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #infografika
DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TGAN OBYEKTLAR STATISTIKASI

📊 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 2023-yilning 10 oyi davomida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar bilan mazkur infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿Prezident Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023 y.) bilan ayrim qonunchilik hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Shunga ko‘ra:

💠 Sudyalar oliy kengashi raisi va aʼzolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibi belgilandi;

💠 yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanishiga oid talabdan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardagi bunday cheklovlar bekor qilinadi;

💠 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olinadi.

💠 Vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

Bunda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiladi:

⚡️mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlash, shu jumladan, mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;

⚡️insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy taʼsir choralarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️uy-joy daxlsizligi huquqini taʼminlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish;

⚡️O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Birlashgan Мillatlar Тashkilotining Global Geofazaviy Axborot Boshqaruvining Osiyo va Tinch okeani forumi o'tkazilmoqda


🌱 Joriy yilning 6–10 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali shahrida bo‘lib o‘tayotgan 12- yalpi majlisda "Barqaror dunyo uchun geofazoviy innovasiyalarni qabul qilish” mavzusida forum a’zolari - Milliy geofazoviy agentliklar, geofazoviy sanoat va Indoneziyaning Bali shahrida yig‘ilgan hamjamiyat uchun qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishishmoqda.

🇺🇿 Mazkur forumda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev "O'zbekiston rivojlanishida Geofazoviy innovatsiyalardan foydalanish" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Unda dunyo mamlakatlari vakillariga Kadastr agentligi tizimi faoliyati yo'nalishlari, Fazoviy ma'lumotlar Milliy infratuzilmasi, kadastr tizimi moddiy texnik bazasi, Respublikadagi yer fondi toifalari hamda ko'chmas mulk obyektlari haqida ma'lumotlar taqdim qilindi.

⭐️ 🌟 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi raisi taqdimot so'nggida Fazoviy ma'lumotlar milliy infratuzilmasi va kadastr tizimini yanada rivojlantirish uchun kelgusidagi maqsad va rejalari bilan ham tanishtirib o'tdi.

#DavKadastrPalata #geofazoviy_forum

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #brifing
BRIFING

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi O‘.Saliyev ishtirokida boʻlib oʻtgan brifing.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos #attestatsiya
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZUVCHILARNI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH TARTIBI

📝 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim muassasalarini tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

🔷 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun Kadastr agentligida kamida besh nafardan iborat tarkibda attestatsiya komissiyasi tuziladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul #Yakkasaroy #Mirobod
SAYYOR QABUL – AHOLI MANFAATLARI UCHUN

🏢 Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i J.Karimov tomonidan Yakkasaroy hamda Mirobod tumanlari aholisining kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.

🔷 Unda 10 dan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

🔷 O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🔷 Bundan tashqari, yig‘ilganlarga qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida ham batafsil ma’lumot taqdim qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube