TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.47K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Prezident

Аукционда олинган давлат активлари ва ер участкалари қийматини бўлиб тўлаш муддати 3 йилдан 5 йилгача узайтирилади.
Бунда камида 15 фоиз миқдорида дастлабки тўловни бирйўла амалга оширганда, қолган суммага йиллик фоизлар ҳисобланмайди.

🇺🇿 Президент тадбиркорларнинг барқарорлик рейтингини жорий қилиш бўйича тақдимот билан танишди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlatimiz rahbari tuman va shaharlarning master rejalarini ishlab chiqishga oid taqdimot bilan tanishdi.

🌏 Bu haqda joriy yil 16 yanvarda bo‘lib o‘tgan iqtisodiyotdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Mutasaddilar shu borada qilingan dastlabki ishlar, master rejalardan kutilayotgan natijalar to‘g‘risida axborot berdi.

◼️ O‘tgan vaqtda 14 ta tuman va shahar bo‘yicha master reja ishlab chiqilgan. Ularda 759 ta ko‘p qavatli uy-joy, 22 ta savdo majmuasi, 800 dan ziyod xizmat ko‘rsatish obyekti barpo qilish imkoniyati aniqlangan.

◼️ Shu tarzda 112 ta tuman va shahardagi drayver yo‘nalishlar asosida yana 136 ta master reja tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.

◼️ Masalan, aholisi tez o‘sayotgan 38 ta tuman markazlari va shaharlarda yetarli uy-joylar qurish, aholi sayr qilishi va dam olishi uchun qulay maskanlar va istirohat bog‘lari barpo etish zarur.

◼️ Turistik salohiyati yuqori 20 ta tumanda mehmonxonalarni ko‘paytirish, plyaj, ekologik, tibbiyot, sport va ekstremal turizmni rivojlantirish orqali sayyohlar oqimini 2,5 karra oshirish imkoniyati bor. Hududidan magistral yo‘llar o‘tgan 68 ta tumanda 400 dan ziyod motel, kemping, oshxona, do‘kon va avtoservislar tashkil etish mumkin.

◼️ Umuman, master-rejalar asosida bo‘ladigan loyihalar hisobiga 40 mingta ish o‘rni yaratilishi, budjetga yiliga qo‘shimcha 350 milliard so‘m daromad tushishi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari aholi uchun qulay infratuzilma, savdo va ko‘ngilochar joylar, yuqori daromadli ish o‘rinlari tashkil qilishni hozirdan boshlash lozimligini ta’kidladi.

◼️ Master rejalar ishlab chiqilishi va monitoringi bo‘yicha vertikal tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌏 Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi.

◼️ Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini ta’kidladi.

◼️ “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQShning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

◼️ Prezident maktabi baholash tizimi 500 ta maktabda joriy qilinishi hisobiga bir yilni o‘zida bilimlarni o‘zlashtirish 53 foizdan 60 foizga oshdi.

◼️ Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini “nol”dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.

◼️ Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

◼️ Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.

◼️ Nogironligi bo‘lgan yoshlarga chet tilidan imtihon topshirish yengillashadi.

◼️ Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.

◼️ Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.

◼️ Bugungi kunda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar – frilanserlar 50 mingdan oshdi.

◼️ Endilikda IT sohasida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga IT park rezidenti maqomi beriladi.

◼️ Yoshlarni katta daromad keltiradigan kasblarga o‘rgatish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha ham katta o‘zgarishlar bo‘ladi.

◼️ Jamg‘arma hokimlar bilan birgalikda 14 ta tumanni tanlab, “to‘rtinchi sanoat” kasblariga o‘qitish markazi ochadi va to‘liq jihozlab beradi.

◼️ Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.

◼️ “Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni o‘zida 10 million dollar yo‘naltiriladi.

◼️ Magistral yo‘llar bo‘yida 50 mingta ko‘chma savdo nuqtalari tashkil qilinib, yoshlarga ijaraga beriladi. Bunda, dastlabki 6 oyda yoshlarga ijara haqi va soliqdan imtiyoz beriladi.

◼️ Mamlakatimizda qiyin ahvolga tushgan, alohida e’tiborga muhtoj yoshlar ham bor.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 🇷🇺Россия Федерациясига амалий ташрифи:

🟢 "Внуково" аэропортида давлатимиз раҳбарини Россия Федерацияси Президентининг ёрдамчиси Максим Орешкин ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

🟢 Президент Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Москвада бўлди.

🟢 Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Москва шаҳрида МДҲ Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтди.

🟢 Давлатимиз раҳбари Москвада ўтаётган МДҲ саммитида иштирок этди.

🟢Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этди.

🟢 Президент Шавкат Мирзиёев Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигининг навбатдаги саммитида иштирок этди.

🟢Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги саммитида иштирок этиш учун Москва шаҳрига қилган амалий ташрифи якунланди. Давлатимиз раҳбари Тошкентга қайтди.

#Kadastr_agentligi #Prezident #MDH

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM