TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.27K subscribers
9.46K photos
1.21K videos
6 files
5.8K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ketma-ketligi

⚜️ Binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

⚜️ Binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ular joylashgan binoga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

⚜️ Mulkiy majmua sifatida butun korxonaga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bu korxona tarkibiga kiradigan yer uchastkalariga, binolarga va inshootlarga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #seminar_trening #jamoatchilik_bilan_aloqalar
JAMOATCHILIK BILAN ALOQALAR TEXNOLOGIYALARI

🔷 Kadastr agentligi
hamda Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati xodimlari va respublikaning barcha tuman, shahar filiallari rahbarlari hamda agentlik tizim tashkilotida Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida faoliyatga mas’ullar uchun “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusida seminar-trening tashkillashtirilgani haqida xabar bergan edik.

👉 Mazkur loyihada Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman filial-bo‘lim rahbarlari ham faol ishtirok etishdi.

📹 🎙Uch kun davomida tinglovchilar ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, kamera hamda jamoatchilik qarshisida o‘zini erkin tutish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘plab nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #matbuot_anjumani
📣 DIQQAT EʼLON 📣

🔷 Joriy yilning 23-avgust kuni, soat 11:00 da Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.

Mavzu: Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2023-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar.

🔷 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

☎️ Matbuot anjumanida ishtirok etish uchun +99 007-23-55 telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtishingiz soʻraladi.

📍Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, KXAY koʻchasi, 9-uy.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️“Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida” sarhisobi▪️

🎲 “Kadastr xalq xizmatida” loyihasi davomida hozirgi kunga qadar jami 2 500 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilgan. Shulardan 1 742 nafar fuqarolarning murojaati ijobiy hal bo‘lgan, qolganlariga esa huquqiy tushuntirishlar berildi.

➡️ Bu haqda batafsil mazkur videoda. 👆

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar
OBYEKTNING KADASTR RAQAMI

👉 Obyektning kadastr raqami — yer uchastkasining, binoning yoki inshootning O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan o‘ziga xos raqami bo‘lib, ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirish chog‘ida beriladi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlanib turadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda
KOʻCHMAS MULKNI O‘Z VAQTIDA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZING

📌 Ko‘chmas mulk obyektlari deganda nimalar nazarda tutiladi?

📌 Ko‘chmas mulkni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

👉 Ushbu savollarga Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i B.Abdumalikovning Ochun.uz internet sayti hamda telegram ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan maqolasidan javob olishingiz mumkin.

💻 BATAFSIL O‘QISH UCHUN

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#mini_futbol #kadastr

⚽️ MINI FUTBOL-2023 ga start berildi.

🟢 Oldin xabar berganimizdek 22-26-avgust kunlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan 🌟Kadastr agentligi tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida "MINI FUTBOL-2023" musobaqasiga start berildi.

Guruh o'yinlarining birinchi kungi natijalari bilan infografika orqali tanishib olishingiz mumkin.

➡️ Musobaqaning birinchi 3 kunida guruh o'yinlari o'tkaziladi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!!!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM