TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.21K subscribers
9.31K photos
1.16K videos
6 files
5.67K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr_agentligi #geodeziya

🧭Geodezik punktlar qanday maqsadlardan foydalanilishini bilasizmi

〰️ Geodeziya punkti - yer yuzasiga (yerga, bino yoki boshqa sunʼiy inshootga) maxsus tarzda o‘rnatiladigan va geodezik usullar bilan aniqlangan koordinatalari aniq bo‘lgan nuqta.

🔎 Geodeziya punkti geodeziya tarmog‘ining elementi bo‘lib, u yer relefini topografik suratga olish va bir qator boshqa geodeziya ishlari uchun geodezik asos bo‘lib xizmat qiladi va maqsadiga ko‘ra rejali, balandli va gravimetrik usullarga bo‘linadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #infografika
YER NAZORATI TADBIRLARI RAQAMLARDA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 7 oyi davomida yer nazorati yo‘nalishida olib borilgan ishlar to‘g‘risida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Auksionda yer yutib olganman, lekin men yutib olgan yerimdan 100 -150 metr nariroqdagi yerga qurilish qilmoqchiman. Shuni qanday qonuniy qilsa bo'ladi ? Umuman olganda, auksionda yer yutib olib uni boshqa joyga ko'chirish imkon bormi ?

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, elektron onlayn auksionda yutib olingan yer uchastkasi alohida koordinatalar asosida, tegishli xulosalar berilib, belgilab berilgan bo'ladi. Ushbu yerdan tashqariga bino-inshoot qurish noqonuniy hisoblanadi. Agar yutib olgan yer maydoningizga qo'shimcha tarzda yonidagi bo'sh turgan maydonni qo'shib olmoqchi bo'lsangiz, qaytadan "Yerelektron ATT" platformasi orqali taklif kiritishingiz tavsiya qilinadi. Ushbu holatda, taklifingiz vakolatli organlar tomonidan ko'rib chiqilib, ijobiy xulosa berilganda, mazkur yer maydonini sotib olish ehtimolingiz mavjudligini ma'lum qilamiz.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos #bekatlar
YANGI BEKATLARDA DO‘KONLARNI JOYLASHTIRISH TAQIQLANADI

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, Toshkent shahrida bekatlar yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali olgan tadbirkorlarga:

mazkur bekatlarda faqatgina reklama vositasi, bankomatlar va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga mo‘ljallangan o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish (vending) avtomatlarini joylashtirishga ruxsat etiladi;

yangi va rekonstruksiya qilinadigan bekatlar joylashtiriladigan yer maydonlarida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish taqiqlanadi (o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish (vending) avtomatlari bundan mustasno).

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – DAVR TALABI

🔷 Bugun Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari podpolkovnik U.Nasriddinov, kapitan O.Xodjayev boshchiligida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari, tizim xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

🔷 Dastlab so‘zga chiqqan IIV mas’ul xodimlari o‘z ma’ruzalarida davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish eng muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladilar.

🔷 Shuningdek, yigʻilishda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov hamda DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i J.Karimov tomonidan soha xodimlari orasida poraxoʻrlik, manfaatlar toʻqnashuvi, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi salbiy holatlarning oldini olish, tizimni “Korrupsiyadan holi soha”ga aylantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ham maʼlumot berildi.

🔷 Darhaqiqat, joylarda hamkorlikda tashkil qilinayotgan bu kabi davra suhbatlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad, davlat xizmatchilarining huquqiy bilimlarini oshirish, korrupsion holatlarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish, bu borada kelgusidagi zarur chora-tadbirlarni belgilab olishdan iboratdir.


Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #murojaatlar
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA

🏢 Davlat kadastrlari palatasi
Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 7 oyi davomida ko‘rib chiqilgan murojaatlar va ularning natijalari haqida ushbu infografikada tanishasiz.

‼️ Muhim eslatma: Agar Sizda kadastr sohasiga oid murojaat bo‘lsa, DKP Toshkent shahar boshqarmasining ☎️ (+99871) 231-68-51 orqali 212 ichki raqamiga qoʻngʻiroq qilib, mutaxassislarimizdan javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Uy sotganimda soliqdan xat keldi▪️

➡️ Uy sotilganda soliq to'lanadimi?

➡️ Agar to'lansa qancha miqdorda va qay shaklda to'lanadi?

➡️ Meros yoki hadya bo'lib nomingizga o'tgan uyni sotish uchun ham soliq hisoblanadimi?

🌟 Kadastrga bo'ladigan murojaatlarni aksariyati ham shu mavzuda.

Davlat solq qo'mitasi tomonidan tayyorlangan mazkur video orqali savollaringizga batafsil javob topishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #statistika
2 069 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maʼlumot.

🔰 Ushbu maʼlumotda 2023-yilning 2-9-avgust oraligʻida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar soni bilan tumanlar kesimida tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#matbuot_anjuman

11-avgust kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📝Mavzu: “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmon ijrosi tahlili.

Ishtirok etadi:
🌟Kadastr agentligi mas'ullari.

📢 Matbuot anjumanga ommaviy axborot vositalarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYA – HALOKATGA ELTUVCHI YO‘L

🔷 Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari podpolkovnik U.Nasriddinov, kapitan O.Xodjayev boshchiligida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari rahbarlari, tizim xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

🔷 Davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish kabi muhim jihatlar muhokama qilingan tadbir tafsilotlari mazkur videoreportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ma_rifat_soati
“SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI”

❇️ Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bugun davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.

🏢 Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, uning tarkibidagi barcha tuman-filiallar xodimlari faol ishtirok etishdi.

Bugungi “Siyosiy-maʼrifat soati”da:

👉 Davlat xizmatchilari sog‘lom ovqatlanishi uchun muhim tavsiyalar mavzusida ekspert sharhi,

👉 “Konstitutsiyaviy savodxonlik” hamda “Mutolaa vaqti” ruknlari tinglovchilar e’tiboriga taqdim qilindi.

💠 Shuningdek, oʻquv soatida yurtimiz va xorijda roʻy berayotgan ahamiyatga molik voqealar haqida ham maʼlumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube