TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #sayyor_qabul
OAV BIZ HAQIMIZDA

◻️Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Yunusov boshchiligida Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul haqida o‘zbek va rus tillarida tayyorlangan lavhalar 📺 “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturida efirga uzatildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Men uyimni 2020-yilda kadastr qildirganman lekin endi ko'chani nomi o'zgardi. 2023-yilda qo'shimcha turar joy qurdim, uy raqami uchun qaytadan to'lov qilamanmi?

✍️ JAVOB: Murojaatingizga ko'ra, ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1010-son qarori ga muvofiq, manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #Prezident_qarori

🇺🇿O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qaroriga muvofiq Qurbon hayitining birinchi kuni joriy yiilning 28-iyun – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #xizmatlar
KOʻCHMAS MULK BILAN BOGʻLIQ XIZMATLAR

📊 Statistika agentligi
ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida respublikamizda koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 3 449,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 108,9 % ga yetdi.

📈 Oʻz navbatida, ushbu xizmatlarning eng yuqori ulushi Toshkent shahri (52,3 foiz) hamda Toshkent viloyati (8,0 foiz) hissalariga toʻgʻri kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Quyosh panellari Toshkent shahar kadastr binosida▪️

🌐 Xabaringiz bor, Respublikamizning Namangan, Andijon hamda Toshkent viloyatlarida kadastr tashkiloti binolarida quyosh panellari o‘rnatilgan.

◼️ Kuni kecha esa, energiya tejovchi manbalardan samarali foydalanish maqsadida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari ma’muriy binosi hamda yordamchi binolarning tom qismiga 110 dona panel o‘rnatildi. Ushbu panellar soatiga 60 kVt energiya quvvati ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

➡️ Hududlarda mazkur yo'nalish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar boyicha yana ma'lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #noqonuniy_qurilmalar
MIRZO ULUG‘BEK TUMANIDAGI O‘RGANISHLAR

⚜️ Yer bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda aholi o‘rtasida o‘tkaziladigan targ‘ibot va tashviqot ishlarining samarasi katta.

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi boʻlim xodimlari tomonidan ayni yo‘nalishda muntazam chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔷 Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanida Ishchi guruhi tomonidan noqonuniy ravishda qo‘shib olingan va o‘z ehtiyojlari uchun qo‘shimcha qurilmalar qurib olgan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

🎥 Batafsil mazkur reportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #DXMdagi_xizmatlarimiz
SIZ UCHUN MA’LUMOT

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish

⚜️ Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

👤 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

📁 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar)

⌛️ Xizmatni ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni davomida

📘 Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarori.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_seminar #xalqaro_hamkorlik

🌟Kadastr agentligi mutaxassislari 🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish seminarlarida ishtirok etishdi.

🟢 Joriy yilning may-iyun oylarida 🌟Kadastr agentligi xodimlari 🇨🇳 Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Geoaxborot tizimlari”, “Fuqaro aviatsiyasi yo‘nalishida maxsus ICAO ingliz tili darajasi” hamda “Muzokara san’ati” yo‘nalishlarida tashkil etilgan bir qator onlayn seminar-terninglarda, shuningdek, "Davlat xususiy sherikchilik" yo‘nalishida oflayn tashkil qilingan seminarlarda ishtirok etdilar.

➡️Seminar Xitoyning mazkur yo‘nalishlarda bosib o‘tgan yo‘li, rivojlanish tendensiyasiyalri hamda o‘ziga xos tajribasi mavzularini qamrab oldi. Kurs yakuniga ko‘ra ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida eʼlon qilingan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◻️ Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bratislava ko‘chasi, 2a-uy manzilida joylashgan noturar-joy hududi tegishli huquqiy hujjatlarga asosan “VINERA TOWER” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

◻️ Oʻrganish natijasida, jamiyat tomonidan noqonuniy yer maydonini egallab olinganligi o‘z tasdig‘ini topgan.

◻️ Ushbu holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ma’muriy ta’sir choralari ko‘rish choralari ko‘rilmoqda.

◻️ Jamiyat rahbari tomonidan aniqlangan yer qonun buzilish holati belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmagan taqdirda sud organlariga daʼvo arizasi kiritish choralari ko‘riladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube