TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #savol_javob

Savol: Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarga qachon kadastr pasporti shakllantiriladi?

Javob videoda 👉

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #savol_javob

Savol: 🏠O‘zimning uyimga qo‘shimcha qurilish qilib tugatdim. Menga qo‘shimcha qurilishimni kadastr hujjatlarimga kiritishda to‘lovlar uchun yengillik bormi

Javob: 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qaroriga asosan, agar siz I-II guruh nogironlari va ikkinchi jahon urushi qatnashchilari toifasiga kirsangiz ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari umumiy qiymatining 50 foizini to'laysiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #savol_javob

Savol: Turar joy toifasini oʻzgartirish qay tartibda amalga oshadi?

Javob videoda 👉

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #savol_javob

Savol: Biz yashayotgan xonadonimiz katta buvimizdan vasiyatnoma asosida meros bo‘lib qolgan. Shu xonadonimizni qanday qilib nomimizga rasmiylashtirsak bo‘ladi?

Javob videoda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #savol_javob

Savol: Uyimni kadastr qilganimdan keyin hovlimda qo‘shimcha qurilish bo‘lgan. Bu holatda kadastr hujjatini yangilashim kerakmi?

Javob videoda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #savol_javob

Savol: Kadastr hujjatining yo‘qotib qo‘yilishi jarima to‘lashga sabab bo‘ladimi?

Javob videoda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #savol_javob

Savol: Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?

Javob videoda

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Men uyimni 2020-yilda kadastr qildirganman lekin endi ko'chani nomi o'zgardi. 2023-yilda qo'shimcha turar joy qurdim, uy raqami uchun qaytadan to'lov qilamanmi?

✍️ JAVOB: Murojaatingizga ko'ra, ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1010-son qarori ga muvofiq, manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Auksionda yer yutib olganman, lekin men yutib olgan yerimdan 100 -150 metr nariroqdagi yerga qurilish qilmoqchiman. Shuni qanday qonuniy qilsa bo'ladi ? Umuman olganda, auksionda yer yutib olib uni boshqa joyga ko'chirish imkon bormi ?

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, elektron onlayn auksionda yutib olingan yer uchastkasi alohida koordinatalar asosida, tegishli xulosalar berilib, belgilab berilgan bo'ladi. Ushbu yerdan tashqariga bino-inshoot qurish noqonuniy hisoblanadi. Agar yutib olgan yer maydoningizga qo'shimcha tarzda yonidagi bo'sh turgan maydonni qo'shib olmoqchi bo'lsangiz, qaytadan "Yerelektron ATT" platformasi orqali taklif kiritishingiz tavsiya qilinadi. Ushbu holatda, taklifingiz vakolatli organlar tomonidan ko'rib chiqilib, ijobiy xulosa berilganda, mazkur yer maydonini sotib olish ehtimolingiz mavjudligini ma'lum qilamiz.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️  SAVOL: Ko'chma savdo do'konlari uchun kadastr pasporti tayyorlashni qanday shartlari bor?

✍️JAVOB: 

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasiga ko'ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi,

Qonunchilikka ko'ra, ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyini ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈  yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga  mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

SAVOL: Ko'p qavatli uydan kvartira sotib oldim. Kadastr ro'yxatidan o'tkazishni 47 kv. metrli uyni ham 100 kv. metrli uyni ham narxi bir xil to'lanar ekan, shu to'g'rimi?

✍️ JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra, Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kv. m gacha bo'lgan turarjoy ko'chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko'chirmalarga BHM ning 1.25 baravari miqdorida to'lov undiriladi. Shu sababdan, 100 kv. m gacha o'lchovda bo'lgan uylarga bir xil to'lov amalga oshirilgan.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📤 SAVOL: Avval davlat ro'yxatidan o'tkazilgan noturar obektlar "Uzkad" tizimiga necha kunda òtkaziladi va to'lovi qancha miqdorda bo'ladi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga ko'ra, "Uzkad" integratsion tizimiga kiritish noturar obyektning maydonidan kelib chiqib, 5-25 ish kuni etib belgilangan va obyektning faqat o'zgartirish kiritilgan qismigagina to'lov undiriladi.

◼️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish muddati 2 ish kunini tashkil etib, avval ro'yxatdan o'tgan ko‘chmas mulk obyekti bo‘lsa, bepul amalga oshiriladi.

👔Ma'lumot uchun: Noturar obyektlarni "Uzkad" tizimiga o'tkazishda kadastr pasportini shakllantirish hamda unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kompozit xizmati joriy etilganligini ma'lum qilamiz.

****

👉@Dkpuz_bot 👈  yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga  mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📧 SAVOL: Mening uyim ko'p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan va derazam ostida hech kim foydalanmayotgan yer mavjud. Shu yerni o'z nomimga olib qarovsiz yotmasligi uchun obodonlashtirib, foydalansam bo'ladimi?

✍️ JAVOB: Ko‘p kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanishga ajratish tartibini belgilaydi.
Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.

◼️Foydalanishga topshirilgan ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi, agar u ko‘p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli bo‘lmasa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM