TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

🔲 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

👉 qonuniylik;

👉 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning majburiyligi;

👉 davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning ustuvorligi;

👉 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi;

👉 taqqoslanuvchanlik va muvofiqlik.

🇺🇿 “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 4-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirishga ruxsat qanday tartibda olinadi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 200-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning” maʼmuriy reglamentiga muvofiq qurilish ishlarini olib borish uchun ruxsat olinadi.

Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXP (my.gov.uz)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Qurilish qilish uchun, yer maydoniga huquq turi mavjud boʻlishi shart.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Huquqiy_bilim

🟢 Bugundan "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni rasman kuchga kirdi

➡️Ushbu Qonunning maqsadi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

➡️Qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni, yaʼni yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga hamda mulkiy majmua sifatidagi korxonaga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi.

➡️Mazkur qonun bilan Kadastr agentligi - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib, 🌟Kadastr agentligining 👍Davlat kadastrlari palatasi - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ etib belgilangan.

➡️Unda 👍Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridagi ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi mutaxassislar tomonidan ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi yoki Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazkur qonundagi asoslarga ko‘ra rad etadi.

➡️Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – vositachilar etib belgilandi.

➡️Ushbu Qonun bilan ko‘chmas mulklarga oid nizolarni sudgacha hal etish komissiyasi va apellyatsiya komissiyalarini tashkil etilishi va ish yuritish tartibi belgilab qo‘yildi.

➡️Ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘luvchi 60 dan ortiq huquqiy hujjatlarning aniq ro‘yxati qonunda keltirilgan, yaʼni barcha davrlarda, 2021-yil 1-avgustdan keyingi davrdagi, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilingan davrdan keyingi va undan oldingi davrlarda asos bo‘luvchi hujjatlarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilgan.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

🔲 Kuni kecha Effect.uz saytida “Uy olib qo‘rquvda qolgan fuqarolar!” sarlavhasi ostida videomaterial e’lon qilinib, “Real house” brendi ostida “Touro trading” yangi qurgan uylariga nega kadastr bermayapti? degan savol o‘rtaga tashlangan edi.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi ushbu videomaterial yuzasidan arxiv hujjatlari va elektron bazaga muvofiq quyidagilarni maʼlum qiladi:

◻️ Toshkent shahar Yunusobod tumani, Abdulla Qodiriy koʻchasida joylashgan 1.5 gektarli yer maydoni Toshkent shahar hokimining 07.08.2013-yildagi 621-sonli qaroriga asosan “TOUROS TRADING” MCHJga Koʻp qavatli turar-joy va ijtimoiy, savdo obyektlari qurish uchun ajratib berilgan.

◻️ Bugungi kunda, ushbu hududda 7, 7-A va 7-B–uylar manzillari ostida 3 ta koʻp qavatli turar-joy binolari barpo etilgan.

◻️ Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan koʻp qavatli bino 28.12.2019-yildagi 15493039-sonli va 10.11.2022-yildagi 63457671-sonli foydalanishga qabul qilish dalolatnomalariga asosan foydalanishga qabul qilingan. Kadastr hujjatlariga koʻra, bino 10 qavatli va yertoʻladan iborat boʻlib, binoning yertoʻla 1- va 2-qavatlari qismi noturar-joy sifatida kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan. Binoning turar-joy qismining umumiy foydalanish maydoni - 18 939,15 kv.m.ni tashkil etib 220 ta xonadondan iborat, noturar-joy bino qismi umumiy maydoni - 8477.0 kv.m.ni tashkil etadi.

◻️ Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy koʻchasi, 7-A-uy manzilida joylashgan koʻp qavatli bino 28.12.2019-yildagi 63454446-sonli foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan foydalanishga qabul qilingan. Kadastr hujjatlariga koʻra, bino 10 qavatli va yertoʻladan iborat. Binoning turar-joy umumiy foydalanish maydoni - 10 937,18 kv.m.ni tashkil etib, 109 ta xonadondan iborat.

◻️ Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy koʻchasi, 7-B-uy manzilida joylashgan koʻp qavatli bino 04.11.2022-yildagi 63454184-sonli foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan foydalanishga qabul qilingan. Kadastr hujjatlariga koʻra, bino 10 qavatli va yertoʻladan iborat. Binoning turar-joy umumiy foydalanish maydoni - 5 453,68 kv.m.ni tashkil etib, 59 ta xonadondan iborat.

👉 Bugungi kunda mazkur turar-joylarga kadastr hujjati rasmiylashtirilgan boʻlib, xonadonlar kesimida jami 388 ta xonadon kadastr elektron bazasiga maʼlumotlar kiritilgan, shundan 209 ta xonadonlar tegishli tartibda tuzilgan notarial shartnomalar asosida fuqarolar nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, qolgan 179 ta xonadonlar mulkdor “TOUROS TRADING” MCHJ nomida.

“TOUROS TRADING” MCHJga soliq organi tomonidan qoʻyilgan taqiq mavjudligi sababli, taqiq toʻliq yechilmagunga qadar notarial harakatlar amalga oshirishning va davlat roʻyxatidan oʻtkazishning imkoni yoʻqligini maʼlum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #statistika
2 419 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maʼlumot.

🔰 Ushbu maʼlumotda 2023-yilning 22-fevral – 1-mart oraligʻida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar soni bilan tumanlar kesimida tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #sayyor_qabul
OAV BIZ HAQIMIZDA

📻 “Oʻzbekiston”
radiokanalidagi “Oqshom to‘lqinlarida” eshitirishida Sergeli tumani aholisining kadastr sohasi bilan bogʻliq murojaatlari koʻrib chiqilgan sayyor qabul haqida keng yoritildi.

🎙 Dasturda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev, DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i J.Karimov hamda fuqarolarning fikr-mulohazalari efirga uzatildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️Kadastr filialining yangi binosi▪️

⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Jarqo‘rg‘on tuman filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi.

💰 Ushbu tantanali ochilish marosimida Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosari Ahmadjon Suyunov, tuman hokimligidan vakillar hamda tizim mutasaddilari ishtirok etib, binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

🏛 Ushbu zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan binoda jami 17 ta xona mavjud bo‘lib, unda majlislar zali, arxiv xona va ma'naviyat xonalari hamda boshqa bo‘limlar uchun ish xonalari qurilib, yangi mebellar, zamon talablariga javob beradigan turli texnik vositalar bilan ta'minlandi.

#DavKadastrPalata #yangi_bino

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #dronlar_shousi

👌 OFK U-20 Osiyo kubogi ochilish marosimida Dronlar shousi 💫

🟢 Joriy yilning 1-mart kunida U-20 Osiyo kubogi 2023-musobaqasining ochilish marosimida 🌟Kadastr agentligining Geoinovatsiya DUK markazi tomonidan 💫"Dronlar shousi" o'tkazildi.

⭕️⭕️⭕️⭕️Mazkur tadbir dunyo bo'ylab 100 dan ortiq mamlakatlar televideniyasi orqali jonli teletranslyatsiya qilindi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #qurilish
TOSHKENT SHAHRIDA 49,5 % INVESTITSIYALAR YANGI QURILISHLARGA YO‘NALTIRILDI

📊 2022-yil yanvar-dekabr oylarida Toshkent shahrida jami 56,7 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Ulardan 49,5 foizi yangi qurilishlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha 28,0 foiz hamda boshqa xarajatlarga 22,5 foiz investitsiyalar yo‘naltirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ma_rifat_soati
“SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI”

⚜️ Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bugun davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.

🏢 Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, uning tarkibidagi barcha tuman-filiallar xodimlari faol ishtirok etishdi.

👉 Bugungi “Siyosiy-maʼrifat soati”da:

🔷 Davlat dasturiga munosabat

🔷 Tashkilotlarda inson resurslarini samarali boshqarish (HRM) jarayonini tashkil etish mavzularida ekspertlar sharhi, “Bir chimdim maʼnaviyat” rukni tinglovchilar e’tiboriga taqdim qilindi.

◻️ Shuningdek, oʻquv soatida yurtimiz va xorijda roʻy berayotgan ahamiyatga molik voqealar haqida ham maʼlumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Uyimni kadastr qildirmoqchiman. Qayerga murojaat qilish kerak?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Maʼmuriy reglamenti talablariga muvofiq, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazi orqali, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda qayd etilgan huquq turining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlardan birini taqdim etgan holda, Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilib kadastr hujjatlarini shakllantirish va huquq turini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #803_son_qonun
QONUN VA IJRO

🔷 Xabaringiz bor, 2023-yil 1-mart sanasidan boshlab “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirdi.

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi xodimlari tomonidan ham mazkur qonun talablari asosida ishni to‘g‘ri tashkil qilish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan buyurtmalar ijrosini ta’minlash, kelgusida ko‘chmas mulklarga oid yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube