TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.33K subscribers
10.3K photos
1.33K videos
6 files
6.43K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUN

◼️O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevral sanasida tavallud topgan.

◼️Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mukammal. Ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.


◼️Bobur hayoti, faoliyati, ilmiy va badiiy asarlari bilan nafaqat sharq madaniyati, balki gʻarb maʼnaviyati rivojiga va umuman, dunyo tamadduniga hissa qoʻshgan ulugʻ shaxslardan biri hisoblanadi. Shuning uchun uning shaxsi, merosi barcha davrlarda ulugʻlangan.

#Kadastr #muhim_sana #Boburga_ehtirom

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🤝1
8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi yurtimizdagi barcha opa-singillarimizni, shu jumladan, kadastr sohasida faoliyat olib borayotgan xodimalarni nafosat bayrami bilan samimiy qutlaydi.

Hurmatli ayollar!

🌷Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilaymiz. Qalbingiz hamisha sevinch va muhabbatga to‘la bo‘lsin!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik #ayolga_ehtirom

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🔥1
NAVRO‘Z AYYOMI MUBORAK BO‘LSIN!

💐Navro‘z - insonlarni ezgulikka, bunyodkorlikka, mehr-oqibatga chorlovchi qadriyatlarimiz gultoji.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni bahor ayyomi - Navroʻz umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

💐Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
RAMAZON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy qutlaydi.

◼️Bag‘rikenglik va shukronalik timsoli bo‘lgan, o‘zaro hurmat va ahillik muhitini olib kelgan mehr-saхovat ayyomi – Ramazon hayiti muborak!

🇺🇿 Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik #Ramazon_hayiti

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
BUGUN SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN

◾️Qutlugʻ sana munosabati bilan sohibqiron Amir Temurning hamma davrlar uchun birdek ahamiyatli bo‘lgan oʻgitlaridan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz:

Shijoatli kishilarni do‘st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.

Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim.

Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim.

Chin do‘st uldirki, do‘stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham, uzrini qabul qiladi.

Bir kunlik adolat — yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.

Adl-u ehson bilan jahon gulshani obod bo‘ladi.

Davlat — lashkarlar-u fuqarolarning sadoqati va fidoyiligi-la qudratlidir.

Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi.

#muhim_sana #Temurga_ehtirom

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22-APREL – BUTUNJAHON YER KUNI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" bayrami bilan samimiy qutlaydi.

💠 Aziz vatandoshlar!

🌿🌳 Tabiatga ozor bermaslik, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, yashash manzilimizni pokiza tutish – bu har birimiz uddalay oladigan oddiy, shu bilan birga umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan vazifalardir. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.

☯️ Keling, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish, Yerdan to‘g‘ri hamda oqilona foydalanish, saxovatli zaminimizga ziyon yetkazmay, uni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishda har birimiz namuna bo‘laylik!

#Kadastr #muhim_sana #Yer_kuni #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

💠 Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayot. Xotira kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – kitob misoli hayotimizni yoritadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga jasorat bag‘ishlaydi.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

🇺🇿 Vatan ravnaqi, xalq osoyishtaligi uchun xizmat qilgan el fidoyilari ezgu amallari sabab umrbod kishilar yodidan o‘chmaydilar. Nomlari hamisha e’zoz bilan tilga olinib, xotiralari mangulikka muhrlanadi.

#Kadastr #muhim_sana #tabrik #Xotira_va_qadrlash_kuni

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
15-MAY – XALQARO OILA KUNI

🗓15-may jahon miqyosida Xalqaro oila kuni bo‘lib, ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentabrdagi "Xalqaro oila yili" to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994-yilning 15-mayidan buyon muntazam nishonlanib kelinadi.

Maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog‘liq muammolarga qaratishdir.


🇺🇿 Bilamizki, Oilani muqaddas dargoh sifatida e’zozlash xalqimizga xos bo‘lgan ezgu fazilatlardan. Vatan ichra moʻjaz vatan jamiyat taraqqiyotida, yoshlar tarbiyasida va keksa avlodni qoʻllab-quvvatlashda katta ahamiyatga ega.

◼️Tilagimiz – yurtimizdagi barcha oilalarda tinchlik-totuvlik, o‘zaro ishonch, baxt va shukronalik muhiti hukm sursin!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

◾️Qurbon hayiti bayrami ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin tutib, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag'rikenglik va saxovat ifodasi hisoblanadi.

⭐️ Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi ushbu barokatli va nurafshon kunda barcha yurtdoshlarimizni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etadi.

🎁 Qalbingizdagi barcha ezgu tilaklar ro‘yobga chiqsin! To‘kin-sochinlik va farovonlik mudom barqaror bo‘lsin!

🇺🇿 Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik #Qurbon_hayiti

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
BAYRAMINGIZ BILAN HURMATLI MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan barcha soha fidoyilarini samimiy muborakbod etadi.

◼️Qadrli Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

🌷Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, bugungi kun mavzusini odil, xolis va tezkor yoritishda aslo charchamang. Xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, mas’uliyatli va sharafli ishlaringizda esa yangi yutuqlar tilaymiz.

#Kadastr #muhim_sana #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
30-IYUN – YOSHLAR KUNI

🇺🇿 30-iyunYoshlar kuni mamlakatimizda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va rolini e’tirof etish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi avlodni ilm-fan, san’at, sport va innovatsiyalar sohalariga keng jalb etish maqsadida nishonlanadi. Ushbu kun – kelajak bunyodkorlariga bo‘lgan ishonchning ramzi!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi bugungi sana munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlarini samimiy qutlaydi.

⚜️Aziz yoshlar! Fursatni va imkoniyatni qoʻldan boy bermang, faqat olgʻa intiling. Omad va muvaffaqiyat doimo hamrohingiz boʻlsin!

#Kadastr #muhim_sana #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
2-IYUL – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN

🌏 Gerb – har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10-sessiyasida qabul qilingan.

🇺🇿 Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro davlat ramzlari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi qonunchilik bilan belgilab qo‘yilgan.

💠 Zero, davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.

#Kadastr #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3