#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT
◼️ Ijtimoiy tarmoqda eʼlon qilingan Toshkent shahri Sergeli tumani, Habibiy mahallasida qurilgan ko‘p qavatli uylardagi xonadon egalarining videomurojaati yuzasidan 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
◼️ Toshkent shahar hokimining 2017-yil 20-dekabrdagi qaroriga asosan, Sergeli tumani, Sergeli-5 mavzesida ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan “M.F.” MCHJ ga 12 000 kv.m. yer maydoni ajratib berilgan. 2020-yilning 22-iyunda “M.F.” MCHJ va “S.T.” MCHJ o‘rtasida o‘zaro tuzilgan mulkni topshirish shartnomasi va topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan “S.T.” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
◼️ Mazkur obyekt joyiga chiqib o‘rganilganda, Sergeli tumani qurilish bo‘limining 2020-yil 16-iyuldagi ruxsatnomasi, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2021-yil 5-noyabr hamda 2023-yil 6-iyundagi xulosalariga asosan bitta 5 qavatli va uchta 9 qavatli turar-joy qurilib, undagi kvartiralar o‘zaro shartnoma asosida fuqarolarga sotib yuborilganligi aniqlandi.
◼️ Ushbu ko‘p qavatli turar joy binolarga tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanish uchun ruxsatnoma berilgandan so‘ng, notarial shartnomalar rasmiylashtirilgach, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarini vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi sotdi va h.k.) bilan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojat etilgan taqdirda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazib beriladi.
◼️ Qo‘shimcha ravishda, ko‘p qavatli uyni kommunal (gaz, suv, elektr) xizmat ta’minotiga ulash masalasi bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish maqsadga muvofiqligi bildiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI
❌ O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
❌ Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.
❌ O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #rasmiy_munosabat RASMIY MUNOSABAT
◼️ “Milliy” telekanalining “Millar” dasturi orqali "Kadastr hujjati qachon beriladi?" sarlavhasi ostida efirga uzatilgan lavha yuzasidan 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.
◼️ 19.01.2001 yilda berilgan yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat akti, 27.08.2020 yilda o‘zaro tuzilgan topshirish (berish) shartnomasi va qabul qilish topshirish dalolatnomasiga asosan “T.B.C.” MCHJ nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tgan Mirobod tumani, Qo‘yliq ota ko‘chasi manzilida joylashgan umumiy maydoni 20 552 kv.m.dan iborat bo‘lgan yer uchastkasida jami 6 ta 5 va 7 qavatdan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurilgan.
◼️ Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamenti talablariga muvofiq, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga nisbatan 03.12.2024 yilda kadastr pasportlari shakllantirilgan hamda Vazirlar Mahkamasining 1010-sonli qaroriga asosan 3, 5, 7, 9, 11 va 13-uy raqamlari berilgan.
◼️ Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi “Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq, binoni foydalanishga qabul qilish yuzasidan berilgan buyurtma Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan rad etilgan.
◼️ Bugungi kunga qadar ushbu ko‘p qavatli turar joy binolariga tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan foydalanishga ruxsat berilmaganligi sababli davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirish dalolatnomasi tasdiqlanganidan so‘ng notarial shartnomalar rasmiylashtirilgach, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarini vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi sotdi va h.k.) bilan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojat etilgan taqdirda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.
▶️ Avvalroq, boshqarma Axborot xizmati tomonidan yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilishdagi muhim jihatlar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida kadastr idoralarining vazifalari haqida foydali videolavha e'lon qilingan edi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu ko‘p qavatli turar joy binolari foydalanishga topshirish dalolatnomasi tasdiqlanganidan so‘ng notarial shartnomalar rasmiylashtirilgach, sotib oluvchilar (fuqarolar) huquqlarini vujudga keltiruvchi hujjatlar (oldi sotdi va h.k.) bilan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojat etilgan taqdirda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yangi_yil_shukuhi BOLAJONLARGA BAYRAM QUVONCHI ULASHILDI
😴 Har bir bayram bolajonlar bilan totli. Ayniqsa, Yangi yil shodiyonalari ularga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.
⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari xodimlarining farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
🎁 Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari, bir-biridan qiziqarli o‘yinlar, jajji o‘g‘il-qizlar ijrosidagi she`r va qo`shiqlar bayramona davraga yanada fayz ulashdi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sarhisob #yilnoma
POYTAXT KADASTRIDA 2024-YIL SARHISOBI
⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar haqida ushbu video orqali tanishishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
POYTAXT KADASTRIDA 2024-YIL SARHISOBI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
📃 Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?
✅ Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
💠 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
💠 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
💠 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
💠 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #qutlov #yangi_yilingiz_bilan
YANGI 2025-YIL MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli yurtdoshlar!
⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi Sizlarni yangi 2️⃣ 0️⃣ 2️⃣ 5️⃣ -yil bilan samimiy muborakbod etadi.
◼️ Sizga va yaqinlaringizga oilaviy xotirjamlik, ko‘tarinki kayfiyat, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyat hamroh bo‘lishini tilaymiz.
🎁 Yangi yil har bir xonadonga yaxshilik, farovonlik, xushxabarlar, baxt va quvonch olib kelsin!
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
YANGI 2025-YIL MUBORAK BO‘LSIN!
Hurmatli yurtdoshlar!
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Mirzo_Ulug_bek
BIZNING MANZILLAR: MIRZO ULUG‘BEK TUMANI FILIALI
▶️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Mirzo Ulug‘bek tumani filiali.
📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha
◼️ Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Ahillik ko‘chasi 3-uy.
📍 Lokatsiya.
🤙 Murojaat uchun telefon: (+99871) 286-23-01.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
BIZNING MANZILLAR: MIRZO ULUG‘BEK TUMANI FILIALI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ISO #sertifikatlashtirish
DKP TOSHKENT SHAHAR BOSHQARMASI IKKI YO‘NALISHDA ISO SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI
🌟 Davlat kadastrlari palatasi Raisining 2024-yil 31-yanvardagi 10-05 buyrug‘i bilan tasdiqlangan 2024-yilgi Chora-tadbirlar ish rejasining 5-bandiga muvofiq DKP Toshkent shahar boshqarmasi va uning tuman filiallarida Xalqaro standartlarga asoslangan boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida bir qancha vazifalar belgilangan edi.
◼️ Shunga ko‘ra, boshqarma xodimlari va tashqi konsultantlar bilan birgalikda 2024-yilning avgust oyidan buyon “ISO 9001 – Sifat menejmenti tizimi” va “ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari” xalqaro standartlari talablariga muvofiq faoliyatni olib borishda zarur bo‘lgan hujjatlar ishlab chiqildi va faoliyatga joriy etildi.
◼️ “Cert international” tashkiloti mutaxassislari tomonidan 2024-yilning 18-19 hamda 23-24-dekabr kunlari boshqarma va uning tuman filiallarida auditorlik tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruv natijasiga muvofiq 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning 12 ta tuman filiallari ikki yo‘nalishda ISO sertifikatiga loyiq deb topildi.
◼️ Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Integrallashgan boshqaruv tizimi bo‘yicha ma’sul mutaxassis B.Axmedov, DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev hamda tizim xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ushbu sertifikat “CERT ACADEMY GROUP” Xalqaro trening kompaniyasi bosh auditori Riad Ibragimov tomonidan topshirildi.
✅ Ma’lumot uchun: integratsiyalashgan boshqaruv tizimi joriy qilinib, xalqaro sertifikatning qo‘lga kiritilishi poytaxt kadastri tizimida xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
DKP TOSHKENT SHAHAR BOSHQARMASI IKKI YO‘NALISHDA ISO SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH
◾️ Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.
👨💻 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar.
📃 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar).
🕔 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni davomida.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.
Jismoniy va yuridik shaxslar.
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar).
2 ish kuni davomida.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar
▶️ Qurilishi tugallanmagan obyektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin muayyan kunga kelib tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, lekin foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵 Facebook |📷 Instagram | 🎬 YouTube
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#Kadastr_agentligi #infografika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM