TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.21K subscribers
9.25K photos
1.14K videos
6 files
5.61K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #muhim_sanalar #ona_tilim_faxrim
21-OKTABR – O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI

◼️Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush-tarzi, tarixidir.

🇺🇿 Bugungi kunda o‘zbek tili barcha jabhalarda – davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlarda yangramoqda.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi yurtdoshlarimizni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi va O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy qutlab, barchani millatning eng qadrli boyligi bo‘lgan ona tilimizni doimo qadrlash, uning rivojlanishi uchun munosib hissa qo‘shishga chorlab qoladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

21- oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
 
✏️Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir.

📝 Mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi, desak,mubolag'a bo'lmaydi. Xususan, 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
 

⭐️🌟Kadastr sohasida ham davlat tili me'yorlariga amal qilinishini ta'minlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kadastr idoralaridagi barcha hujjatlarning davlat tilida yuritilishiga qat'iy rioya qilinmoqda. Aholi yashash punktlari, mahallalar, ko'chalar, ziyoratgohlar kabi geografik obyektlarning O‘zbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari va merosi bilan bog‘liq nomlari asralishini ta’minlash, ularning asossiz qayta nomlanishini oldini olish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda.

📚Xabaringiz bor, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda tizim tashkilotlari tomonidan 21-oktabr “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Ona tilim-faxrim shiori ostida “Kitob marafoni” tadbirlari boshlangan edi. Mazkur xayrli marafon hududlarda ham davom etdi:

▫️Jizzax viloyati
▫️Farg'ona viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Surxondaryo viloyati

💐 📃 Ushbu millatimiz g'ururi, mustaqillik belgisi bo'lgan "O‘zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz. Ona tilimiz hamisha mag'rur yangrasin va abadiy yashasin!
 
#DavKadastrPalata #ona_tilim_faxrim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM