TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!


➡️ Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

🗓 Imtihon kuni: 2024-yil, 21-22-oktabr
🕔 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

📍 Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📹 Imtihon jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

📃 Malaka imtihonida 71 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #infografika #yer_fondi_toifalari
TOSHKENT SHAHAR YER FONDINING TOIFALARI BO‘YICHA TAQSIMLANISHI

◼️2024-yil 1-oktabr holatiga Toshkent shahrining umumiy yer maydoni 43 467 gektarni tashkil etadi.

📊 Poytaxt hududidagi yer fondining toifalari bo‘yicha taqsimlanishi mazkur infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #arxiv_raqamlashtirish #Mirobod
ARXIV HUJJATLARI RAQAMLASHTIRILMOQDA

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom ettirilmoqda.

📍 Boshqarmaning Mirobod tumani filiali arxivida jami 50 524 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanadi.

Shundan:

📊 Turar joy arxiv hujjatlari – 45 889 ta.
📊 Noturar joylar arxiv hujjatlari – 4 635 ta.

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish doirasida bugungi kunga qadar jami 12 474 ta kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirishga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari
TALABALAR UCHUN AMALIY MASHG‘ULOT

◼️Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida ⭐️Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

◼️Unga muvofiq 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi binosida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi filiali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

◼️Haftaning har shanba kuni mazkur ta’lim dargohining Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun “Ko‘chmas mulk kadastri” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari o‘tkazilmoqda.

🧊 Navbatdagi amaliy mashg‘ulot davomida talabalar mutaxassislar ko‘magida kadastr sohasida qo‘llaniladigan zamonaviy, yangi avlod o‘lchov vositalari, ulardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Kadastr sohasiga qiziquvchi talaba yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish barobarida qurilmalardan foydalanish ko‘nikmasiga ham ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning yagona aloqa markazi

⭐️🌟 Kadastr agentligining 1097 - ishonch raqamlari va Davlat kadastrlari palatasining yagona aloqa markazi fuqarolarga kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlariga malakali mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berilishini ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.

📞 (71) 207 00 03 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish yoki @Dkpuz_bot telegram boti orqali murojaat qilish orqali yagona aloqa markazi bilan bog'lanishingiz mumkin.

▶️ Ushbu videorolikda Davlat kadastrlari palatasining yagona aloqa markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #call_center

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

MUROJAATLAR TAHLILI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2024-yilning 9 oyi davomida ko‘rib chiqilgan murojaatlar va ularning natijalari haqida ushbu infografikada tanishasiz.

#Kadastr #infografika #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga ko'ra, Olimov Shovkat Komil o'g'li– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari etib tayinlandi.

◼️Shovkat Komil o'g'li – 1990 -yil Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tavallud topgan. 2013 - yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini hamda 2024 - yilda - O'zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi Sh.Olimovning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tayinlov

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM