TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.26K subscribers
9.44K photos
1.21K videos
6 files
5.79K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
172601@ygk.uz, 172602@ygk.uz
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

🌐 Yer uchastkalari hamda ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalari bilan, mavjud chegaralarning o‘zgarishi va yangi uchastkaning shakllantirilishi bilan bog‘liq ravishda mazkur uchastkani bo‘lish yoki uning boshqasi bilan qo‘shilib ketishini keltirib chiqaruvchi operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida yer uchastkalariga hamda ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalariga belgilangan tartibda yangi kadastr raqami beriladi.

⚠️ Avvalgi berilgan kadastr raqamlari yo‘qotilgan hisoblanadi va ulardan qayta foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

✔️ Bunda bino yoki inshootlarning kadastr raqamlari o‘zgartirilmaydi. Agar bino yoki inshootning bir qismi yangi tashkil etilgan yer uchastkalarida joylashsa, bino yoki inshootning qismini anglatuvchi kadastr raqami qo‘llaniladi.

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555-sonli qarori.

#Kadastr_agentligi #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 14, 2024
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 16, 2024
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Idoraviy arxiv hujjatlarining saqlash me'yorlari infografikada

🫥 Arxiv ishi sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 15.06.2010 yildagi O‘RQ-252-sonli "Arxiv ishi to'g'risida"gi Qonuniga asosan tartibga solinadi.

📃 Ushbu Qonunga asosan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxiv hujjatlarini, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini saqlash ular tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.

❗️Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari doimiy (muddatsiz) saqlanishi lozim va ularni yo‘q qilib tashlash taqiqlanadi.

◼️Batafsil Idoraviy arxiv hujjatlarining saqlanish me'yorlari bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 16, 2024
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

✔️Joriy yil davomida 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi chegarasini belgilash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti infografikada.

#Kadastr_agentligi #infografika #41_bayon_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 16, 2024
#Kadastr #bizning_manzillar #Sergeli
BIZNING MANZILLAR: SERGELI TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Sergeli tumani filiali

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◾️ Manzil: Sergeli tumani, Saadiy ko‘chasi, 1-uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 231-03-04.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 16, 2024
#Kadastr #tashkiliy_yig_ilish #tayinlov
TAYINLOV

⭐️Kadastr agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Shomansurov, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Olimov boshchiligida🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov hamda tizimdagi barcha xodimlar ishtirokida tashkiliy yig‘ilish o'tkazildi. Tuman filiallari mas’ullari masofadan ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar.

◼️Yig‘ilishda⭐️Kadastr agentligi direktori buyrug‘iga ko‘ra, Yuldashev Timur Nurullovich🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.

◼️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi jamoasi T.Yuldashevning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 16, 2024
#Kadastr #atamalar

🫥 Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri — manzillar, ularning geokodlari, o‘zgarish tarixi va hozirgi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona axborot tizimi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 17, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Malaka imtihonlari qanday o‘tmoqda!?


⭐️🌟Avval xabar berganimizdek, ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihonilari boshlangan.

🫥 Imtihonlar 2024-yil, 16-17-sentabr kunlari, 4 mahaldan o'tkazilishi haqida e'lon berilgandi. Kuni kecha imtihonlarda qatnashgan talabgorlardan, imtihon jarayonlari haqida mazkur videoni tomosha qiling. ▶️👆

📹 Bugungi Imtihon jarayonlarini esa Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 17, 2024
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

📃 Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

💠 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

💠 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

💠 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

💠 ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

💠 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 17, 2024
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

✔️Kadastr sohasida kadrlarni tayyorlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti infografikada.

#Kadastr_agentligi #infografika #41_bayon_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 17, 2024
September 17, 2024